O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari 
va aniq hadislaridir.
Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini 
o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har 
bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. 
Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi. 
Dialektik usul
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda, 
o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir 
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib 
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo’ladi; 
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos 
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va 
salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va 
makonda o’rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha 
rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat 
jihatidan o’zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga 
rivojlanishning manbai sifatida yondashish. 
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul 
mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o’zaro chambarchas 
bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular doimo sifat va 
miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo’ladi, 
eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Ana shular 
hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo’llashning qanchalik zarurligi 
va muhimligi darhol namoyon bo’ladi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham 
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati 
o’zgarishini o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib 
bo’lmaydi, bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə