Umumiy pedagogika


II.2. To’garaklarda interfaol usullardan foydalanish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/12
tarix25.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#106867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
umum talim maktablari 1-4 sinflarida mehnat talimini oqitishning interfaol usullari

II.2. To’garaklarda interfaol usullardan foydalanish.

Umumta'lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalarning bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari darsdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning texnik ijodkorligi rivojlantirish faoliyati o‘zining shakli, mazmuniga ko‘ra xilma-xildir. Shunday bo‘lsa ham keyingi o‘n yillar ichida ana shu faoliyatning quyidagi asosiy yo‘nalishlari aniqlandi:


1-4 sinflarda o‘quvchilar texnik ijodkorlik bilan bog‘liq mehnatga qiziqish va jamoa mehnatiga ishtiyoq uyg‘otish, ana shu yoshlar guruhidagi o‘quvchilarni yasama texnik o‘yinchoqlar, modellar va turli jiqozlarni konstruksiyalash bilan bog‘liq faol texnik o‘yinlar, musoboqalar va konkurslarga qatnashtirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga va tajribachilik ishining eng oddiy shakllariga jalb etish, bolalarda texnika, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sohalaridagi texnik havaskorlik, ijodkorlik va tajribachilikka intilishni tarbiyalash.
O‘quvchilarni maktablar va maktabdan tashqari muassasalardagi texnik ijodkorlik jarayonida ommaviy ishchi ijodkorliklariga yo‘naltirish.
O‘quvchilarning u yoki bu turdagi amaliy faoliyatga qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirishning dastlabki pog‘onasida o‘qituvchi individual ish olib boradi, suhbatlashadi, adabiyotlarni tavsiya etadi, o‘quvchini to‘lqinlantirgan ishni muhokama qiladi, qiziqarli fan va texnika kechalarini, fan va texnika tarixidagi atoqli kunlarga bag‘ishlangan kechalarni tayyorlash va hokazolar bo‘yicha individual topshiriqlar beradi. Shundan keyin, o‘qituvchi ana shu o‘quvchilarni to‘garakka birlashtiradi. Bunda ular jamoa topshiriqlarini ham bajara oladilar.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar to‘garaklarida Rahbar bilan o‘quvchilarning didaktik o‘zaro hamkorligi o‘yin faoliyati shaklida tashkil qilinadi. Konstruktorlik to‘garaklarida o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda bu hamkorlik vujudga kelgan amaliy vazi-falarni (masalan, texnika to‘garaklarida texnik vazifalarni bajarishda, qandaydir texnik qurilmani, model, maket, tajriba namunasini ishlab chiqish va tayyorlashda) bosqichma-bosqich hal qilish jarayonida tashkil etiladi.

Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida o‘quvchilar texnik ijodkorligi to‘garaklarining quyidagi turlari vujudga kelgan:
1. Tayyorlov texnika to‘garaklari (kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun). Ularda o‘quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog‘oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish bo‘yicha olgan boshlang‘ich ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. O‘quvchilar texnik o‘yinchoqlar, mashina va mexanizmlarning sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar, maktab hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari va hokazolarni tayyorlaydilar.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun tayyorlov texnika to‘garaklari orasida ko‘pincha boshlang‘ich texnik modellashtirish to‘garaklari, elektrlashtirilgan o‘yinchoqlar to‘garaklari, transport texnikasini boshlang‘ich modellashtirish to‘garaklari tashkil qilinmoqda.

  1. Predmet (fan-texnika) to‘garaklari: fizika, fizika-texnika, ximiya, ximiya-texnologiya, agroximiya, astronomiya va boshqa to‘garaklar. Bunday to‘garaklar o‘quvchilarning maktab o‘quv rejasidagi turli predmetlar bo‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustaqkamlash, ta'lim xonalarini to‘ldirish uchun asbob-uskunalar yasash va shu asosda o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish maqsadlarida tashkil qilinadi.

  1. Sport-texnika to‘garaklari maktablarda, ko‘proq maktabdan tashqari muassasalarda faoliyat ko‘rsatadi. Bular aviamodel, raketa-kosmik modellashtirish, avtomobil modelchiligi, kema modelchiligi, temir yo‘l modelchiligi, radio boshqarish, suv-motor va boshqa to‘garaklar.

Mazkur to‘garaklarda o‘quvchilar modellarni va ishlaydigan tex-nikani konstruksiyalash va tayyorlash bilan shug‘ullanadilar, keyin esa ana shu modellar bilan sportning texnik turlari bo‘yicha modelchi-sportchilarning musoboqalarida qatnashadilar.
O‘quvchilar sport-texnika to‘garaklarida tegishli texnika tarmo-g‘ining tarixi, uning xalq xo‘jaligida va mamlakatimiz mudofaasida qo‘llanishgai bilan, Vatanimizdagi havo yo‘llari transportlari samolyotlar, avtomobillar, suv yo‘llari transporti, radio apparatlari va boshqa texnikalar bo‘yicha buyuk konstruktorlar texnik tafakko’rining xususiyatlari bilan tanishadilar.
Yuqoridagi to‘garaklardan tashqari metallchilar, duradgor konstruktorlar, texnolog ixtirochilar, shuningdek, elektrotexnika, radiotexnika, elektron avtomatika, texnika, kibernetika, rabotexnika, kichik o‘lchamli qishloq xo‘jalik texnikasini konstruksiyalash, texnikani jihozlash va o‘lchov texnikasi klublari keng tarqalgan.
O‘quvchilarning ana shu to‘garaklardagi faoliyati, eng avvalo, texnikani o‘rganish bilan, o‘rganilgan mashinalarda ishlashni osonlashtiradigan turli ish moslamalarini yaratish, mashinalardagi har xil tizimlarning ishlash prinsipi va tuzilishini tushunishga yordam beradigan ko‘rsatmali qo‘llanmalarni tayyorlash bilan bog‘liqdir.
Maktab texnika to‘garaklari tarmog‘ining rivojlanishi va shu to‘garaklarning yuksak saviyada ishlashi ko‘pincha maktablarda texnika yoki sport texnika, o‘quvchilar ilmiy jamiyatlarining klublari tashkil topishiga olib keladi, o‘quvchilarning mehnat birlashmalari ishlarning mexanizatsiyalashuvi darajasini oshiradi.
Yangi texnik yechimlarni izlash metodlarini o‘zlashtirishga juda qiziqadigan o‘quvchilar ko‘pincha mahalliy texnik ijodkorlik markaz-laridagi mashg‘ulotlarga qatnashadilar, maktabda ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining maktab tashkiloti, maktab konstruktorlik uyushmalari kabi uyushmalarining faoliyati rivoj topadi. Bu birlashmalar pedagoglar va muhandis texniklar jamoatchiligining amaliy yordami bilan o‘quvchilarning ijodiy faolligi, tashabbuskorligi va qavaskorligini rivojlantirish uchun yaxshi hamda yuksak ijodkorlikiy saviyadagi sharoitni yarata oladi. Ularning ishlab chiqarish, ilmiy muassasalar va tashkilotlar, ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining mahalla bilan mustaqkam aloqasini ta'minlaydi.
Bunday ishlarni tashkil qilish va o‘tkazishda mahalliy uyushmalarda hamda yosh texniklar markazlarida shug‘ullanayotgan to‘garak qatnashchilari o‘qituvchiga katta yordam berishlari mumkin. Olimlar va ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, o‘quvchilarning ilmiy-texnik konferensiyalari, texnik ijodkorlik ko‘rgazmalari, olimpiada va konkurslar, sayoxatlar, ilmiy-ommabop ma'ruzalar, yosh ixtirochilarning anjumanlari, har yilgi fan, texnika va ishlab chiqarish haftaliklari mamlakatimizdagi maktablar va maktabdan tashqari muassasalarda an'anaviy tus olgan, o‘quvchilarni texnik ijodkorlikka ko‘proq jalb etadigan ommaviy tadbirlarning shakllaridir.
Ma'lumki, dars o‘quvchilarga tarbiya va ta'lim berishning asosiy shaklidir. Dars qanchalik jozibali, uning shakli va mazmuni qanchalik yorqin bo‘lsa, o‘quvchilar predmetga shunchalik qiziqadilar, ularda ko‘proq savollar tug‘iladi. Predmet bo‘yicha dars mazmunli o‘tilsa, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni ham sifatli o‘tish samaradorligini oshiradi.
Tajribali mehnat ta'limi o‘qituvchilarining fikricha, o‘quvchining qiziqishlari yo‘nalishida, uning o‘qishdan tashqari faoliyati mazmunida bolalar va o‘smirlar ijtimoiy tarbiyasining natijalari yaqqol ko‘rinadi. Shuning uchun bu faoliyatni tashkil etish imkoniyati qanchalik keng bo‘lsa, o‘quvchidagi qiziqish va qobiliyatni shunchalik barvaqt aniqlash, ularning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatish, o‘quvchiga o‘z ishini, o‘zining kelajakdagi ijodkorlikini topishda yordam berish mumkin.
To‘garakdagi ishlar o‘quvchilarga biror ijodkorlikdagi mehnatning mazmunini, ommaviy ishchi ijodkorliklarining eng qiziqarli jihatlarini bilib olishlarida yordam berishi zarur. Shuning uchun maktabdagi to‘garaklarning faoliyatini belgilashda mahalliy ishlab chiqarishning yo‘nalishini hisobga olish kerak.
Rahbar to‘garak jamoasini uyushtirish bilan birga to‘garakda ijodiy ishlab chiqiladigan va tayyorlanadigan ob'ektlarni belgilaydi, to‘garak ishini moddiy jihatdan ta'minlash imkoniyatlarini, shuningdek, bo‘lajak texnik qurilmaning murakkab detallarini tayyorlashda hamda maslaqatchilarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun baza, korxonaning imkoniyatlaridan foydalanish miqyosini aniqlaydi.
Mehnat ta'limi o‘qituvchisi boshqaradigan to‘garakdagi o‘quvchilar mehnatining ob'ektlarini belgilashda asosiy diqqat – e'tibor maktab ustaxonalarini ayrim texnik qurilmalar, texnologik uskunalar, mehnat birlashmalaridagi mehnatning kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta'minlashga, maktab ustaxonalaridagi mavjud uskunalarni ta'mirlash va takomillashtirishda, o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishida yordam beradigan har xil ko‘rsatmali qo‘llanmalarni, elektrlashtirilgan stendlarni, bilishga doir o‘yinlarni ishlab chiqishga haratiladi.
O‘quvchilarning to‘garakdagi ish uchun ob'ektlar tanlashdan oldin o‘quvchilarning o‘zlarini tayyorlash, ularda kishilar uchun kerakli buyumlarni ishlab chiqish hamda yasashga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish kerak.
Ishning muvaffaqiyati o‘qituvchi, to‘garak rahbari to‘garak qat-nashchilari orasida vazifalarning taqsimlanishini qanchalik aniq tashkil etgani, ularning individual va yosh xususiyatlarini, maktab ustaxonalari sharoitida tavsiya qilingan ishni bajarishga amaliy tayyorlik darajasini hisobga olgani bilan ham belgilanadi. Boshlang‘ich sinflarda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijodkorliklar bilan tanishtirish jarayonida asasan mahalliy kablar bilan tanishtirish ko‘zda tutiladi .Davlat ta'lim standartida ham boshlang‘ich sinflarda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijodkorliklar bilan tanishtirish maqsadga muofiqligi ko‘zda tutilgan. Jumladan 5-ta ijodkorlik turi bo‘yicha ijodkorliklar bilin tanishtirishni ko‘zda tutiladi bular inson-tabiat, inson-texnika, inson-inson, inson-belgili tuzilishi, inson-badiiy obraz shuni nazarda tutish kerakki ijodkorliklar bilin tanishtirishda uning qiyin tomonlarini aytmaslik maqsadga muvofiq. Dasturda ko‘rsatilgan amaliy ishlarni har doim ham maktab to‘garaklari faoliyati jarayonida bajarib bo‘lmaydi. Bu juda ko‘p sabablarga, jumladan, ustaxonalarning moddiy texnik bazasiga, o‘qituvchining amaliy tayyorgarligiga ham bog‘liqdir. O‘qituvchi dasturda ko‘rsatilgan vaqtdan mavzular bo‘yicha ajratilgan vaqtlar nisbatini aniqlash uchun mo‘ljal sifatida foydalanishi mumkin.
Dasturlar maktab to‘garagi mashg‘ulotlarini haftada bir marta to‘garak ishining birinchi yili ikki akademik soatdan va ikkinchi yili uch akademik soatdan o‘tkazishni mo‘ljallab tuzilgan.
To‘garak rahbariga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq masalalar qoidaga muvofiq maktab ma'muriyati va baza korxonaning kasaba uyushmasi tomonidan hal qilinadi. Ba'zan maktablardagi texnika to‘garaklari yosh texniklar markazining filiali sifatida tashkil etiladi. Bunday hollarda to‘garak rahbarining ish haqi maktab va tegishli yosh texniklar markazi jamoalarining hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomasi asosida belgilanadi.
To‘garak faoliyati doimo to‘garak rahbari tuzgan va maktab direktori tasdiqlagan ish rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
To‘garak ishining rejasi to‘garakning namunaviy dasturi yoki to‘garak rahbari o‘qituvchining o‘zi tuzgan va maktab direktori tasdiqlagan dastur asosida tuzilishi mumkin.
Ko‘pincha to‘garakning ish rejasi mashg‘ulotlar boshlanishidan ancha oldin, rahbar hali to‘garak qatnashchilari ro‘yxatini aniq bilmaydigan paytda tuziladi va tasdiqlanadi. Aslida esa to‘garakning yillik ish rejasi loyihasinigina oldindan tayyorlash, keyin to‘garak qatnashchi-larini ana shu loyiqa bilan tanishtirish, uni uzil-kesil ma'qullashni esa navbatdagi mashg‘ulotlarda, ya'ni o‘quvchilar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini va o‘zlarini nimalar ko‘proq qiziqtirishini bilib olganlaridan so‘ng amalga oshirish to‘g‘riroqdir.
O‘quvchilarning faol ishtirokida tuzilgan reja eng to‘g‘ri bo‘ladi, chunki bunday reja har bir o‘quvchining ishiga aylanadi.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘lga ega bo‘lishi, xalq xo‘ja-ligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta'limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradordigini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Darsdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning sama-radorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng za-monaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hakozolar bevosita ta'sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta'sir doirasi orqali shaxsni ijodkorlikiy tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta'minlagan holda, uni shaxs sifatida shakl-lanishga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan muqitdan himoya qilish muhimdir.
Ijodkorlikiy tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma'naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy ma'naviy tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tash-kiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Hozirgi paytda axloqiy va ma'naviy jihatdan ijodkorlikiy-tarbiyaviy ishlarni o‘smirlar orasida kuchaytirish talab etiladi. Maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf Rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida doimo o‘quvchilarni ijodkorlikga yo‘naltirish asosida hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turadi.
O‘quvchilarda ijodkorlikiy tarbiyani shakllantirishda kitob va kitobxonlik muhim ahamiyat ijodkorlik etadi. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim. O‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustozu murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Ijodkorlikiy tarbiyani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida umuminsoniy qadriyatlar doimo diqqat markazida bo‘lishi va uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va oshkoralikni himoyalash har bir kishining asosiy vazifasidir. Kundalik tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish zarurki, natijada o‘quvchilar Respublika mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o‘zinikidek qabul qiladigan bo‘lsin. Ularning og‘irligini o‘z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘aysin. Bugungi kunda olib borilayotgan, ko‘zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalardagi tub o‘zgarishlar hammaning fidokorona xizmati tufayligina yuzaga kelishini tushunsin.
Iqtisodiy tarbiyaning umumiy maqsadi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi ijodkor shaxsni hayotiy faoliyat vositasidan unumli foydalangan holda uning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy mada-niyatlilik darajasini oshirishdan iborat.
Shunga muvofiq shaxsning kamol topishi faoliyati vositasida aniq iqtisodga bog‘liq nazariy bilimlar tizimini, shuningdek, iqtisodiy bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisi, o‘rganuvchining iqtisodiy ongiga bevosita ta'sir etishga imkon beruvchi bosqichlarni amalga oshirishdir. Maktablar va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari bolalarning eng oddiy, shuningdek, ancha asosli iqtisodiy bilimlar, hayot me'yorlari va qoidalarini bilib olishlari, tushunchalarni kengaytirishlari hamda mustaqkamlashlari uchun ularga keng sharoit yaratib berishlarini taqozo etadi. Bunda uzluksiz iqtisodiy ta'lim tarbiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqarishda mamlakatimizdagi barcha davlat boshharuv tashkilotlari qatnashishi ko‘zda tutiladi.
Hozirgi kun talablariga javob berish barobarida uzluksiz ta'limning yagona tizimi, umumta'lim tayyorgarligining uzluksiz ta'limdagi ahamiyati, shaxs barkamolligi, mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsata olishda uzluksiz ta'lim, turli faoliyatlardan vosita sifatida foydalanish, iqtisodiy munosabatlarga jalb etish kabi ilmiy harashlar tizimi shakllanadi.
Iqtisodiy ta'lim-tarbiyani takomillashtirishni vaqt bilan qat'iy chegaralash mumkin emas. Uning uzluksizligini ta'minlovchi, iqtisodga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiya tadbirlari tizimidagi markaziy siymo - Jahon andozasiga mos keluvchi ijodkor shaxsdir. Shaxsning kamolotga intilishi ijodkorlikni ta'minlaydi. Ijtimoiy muhit, ehtiyoj ijodkor shaxsni yaratuvchi kuchdir. Eng ilg‘or fikrlar, mafkura, eng takomillashgan tafakkur faoliyat vositasida moddiylashganda, seziladigan narsa tusiga aylangandagina iqtisodiy tarbiyaning omiliga aylanadi. Iqtisodiy tarbiya bo‘yicha darsdan tashqari ishlar o‘quv jarayoni bilan tarkiban va mantiqan uyg‘unlashgan holda bo‘lishi kerak. To‘garak faoliyati, iqtisodiy bilim anjumanlari va baqs-munozaralari o‘quvchilarning yosh va aqliy xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi, umumiy tarbiyaviy jarayonga mos kelishi zarur.
Bunda iqtisodiy tarbiyaning o‘quvchilar ijodkorlikiy shakllanishiga ta'sir ko‘rsatish umumiy mazmunining ajralmas, uzviy hismi ekanligini yodda tutish kerak. Belgilangan maqsadga qaratilgan tushuntirish ishlarini oila, maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o‘rta ta'lim, oliy va o‘rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida, maktabdan tashqari ta'lim maskanlarida, mahallalarda, xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish institutlari va boshqa muassasalarda olib borish, turli tadbirlar o‘tkazish ham muhim o‘rin tutadi.
Yillar davomida va turli bosqichlarda olib boriladigan o‘quvchilarning estetik tarbiyasi turlicha tuziladi. Mashg‘ulot shakli, maqsadi, mazmuni, pedagogik o‘ziga xosligi, shuningdek, ish rejalari fan mantiqini hisobga olgan holda, bolalar yoshi va imkoniyatiga ko‘ra farqlanishi lozim.
O‘quvchilarni serqirra, atroflicha ta'sir etuvchi estetik qadriyatlarga yo‘naltirish foydalidir. Birinchi navbatda milliy qadriyatlar, ona zamin tabiati, milliy xalq san'ati, sharqning, O‘zbekistonning badiiy madaniyati, tarixiga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirish kerak. Bu borada asosiy manba sifatida badiiy estetik qadriyatlar, qadimiy san'at turlarini tanlash zarur. Milliy an'analarga boy adabiyot, tasviriy san'at, ayniqsa, Sharq miniatyura san'ati, qaykaltoroshlik, hunarmandchilik, musiqa va san'atning boshqa turlari (teatr, sirk va q.k.) xalqning o‘tmishdagi va zamonaviy turmush tarzi; yashash joyi, kiyinishi, mehnat qurollari va hakozolar muhim o‘rin tutadi, milliy san'at tarixiga, etnografiyasiga, me'morchiligiga va an'anaviy san'at turlariga alohida e'tibor berish talab etiladi. O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, sharq mutafakkirlarining dono fikr-muloqazalaridan, shuningdek, Jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish ma'qul bo‘ladi.
Bu aniqlangan bilimlar tizimi, estetik tuyg‘ular, qiziqishlarni singdirish, o‘rganish, fikrlash, mulohaza etish, munosabat, qimmatli yo‘nalish, harashlar, baholar, g‘oyalar, faoliyat (ijodiy, estetik), mukammallik, bilimni oshirish va o‘z-o‘zini ijodkorlikiy tarbiyalashdan iboratdir.
Darsdan va maktabdan tashqari ishlarda estetik tarbiya mazmunini, birinchi navbatda, majmuiy, tizimli tatbiq etishga ko‘ra uch xil maqsad uyg‘unligi (ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlanib boruvichi), psixologik va pedagogik jarayonlar mushtarakligiga, ta'lim jarayonida jamiyat talablarini e'tiborga olishga, yangicha bilimlarga amal qilish va hakozo qoidalar asosida tarkib topmog‘i kerak. Ular asosida o‘quvchi shaxsiyatiga nisbatan yo‘nalish belgilanadi.
Bu maqsadga erishish uchun o‘quvchilar bilan to‘garak, fakultativ, mashg‘ulotlarda san'atshunoslik, san'atning ayrim turlarini, Jahon va milliy madaniyatni o‘rganishning har xil shakllaridan foydalanish mumkin.
Kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatadiki darsdan va maktabdan tashqari ishlarda amalga oshirilayotgan va yana qayta tiklanayotgan turli dasturlarda shaxs shakllanishiga, ma'naviy kamolotiga, murakkab hayot chorrahalarida ma'naviy mas'uliyat bilan yashashga o‘rgatishni shakl-lantirishga alohida e'tibor berish talab etiladi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti sharoiti tarkib topayotgan bir kezda o‘quvchilarda turmushga va mehnatga yangicha munosabatni, layoqatni shakllantirish mehnat tarbiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Bunda, albatta, ishlab chiqarishning asosiy shakllarini, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarning yangi-yangi omillarini, ularga tanish turlarini belgilab olish darkor. Bolalarda hunar va ijodkorlikga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish jarayonida ularning ijobiy hislatlarini shakllantirishga ham e'tibor qaratish lozim. O‘quvchilarni quyi sinfdan ijodkorlikga yo‘naltirib, 9-sinfni tugatganlarida akademik litsey yoki ijodkorlik-hunar kollejlariga yo‘llanma berish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni bozor sharoitiga o‘rgatishning o‘zi ularning halol va fidokorona mehnat tufayli foyda olish haqidagi amaliy bilimlarini boyitadi.
Bolalarni jamoa bo‘lib, hamkorlikdagi mehnat natijasida mahsulot soni va xizmat turlarini oshirish mumkinligiga ishontirish muhim hisoblanadi. Bolalarning qurilish maydonchalari, yordamchi yig‘im-terim brigadalari saflarida hunarmandchilik bilan shug‘ullanishlari, usta-shogird maktablariga qatnashib xalq amaliy san'atida, bemorlarga yordam ko‘rsatish va nafaqaxo‘rlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridagi, qovlilarni va ko‘cha-ko‘ylarni tartibga keltirishdagi, sanoat korxonalarida, hisoblash markazlari, shifoxonalar va maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ishlari alohida kullab-quvvatlab boriladi. Ular bu ishlarning barchasidan ma'naviy foyda topish malakasini oshirib boradilar zero, bozor munosabatlari bugungi kunda Jahonda tan olingan moddiy barqarorlik va odamlarning iqtisodiy faoliyatini rag‘batlan-tirib turadigan birdan-bir vositadir. Bu munosabatlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun qat'iy intizomga, texnik va iqtisodiy bilimga, malakali mutaxassislarga, ishni to‘g‘ri tashkil qilishga asoslaniladi. O‘quvchi bozor qarama-qarshiliklarini va ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganib boradi.
Bugungi kunda mo‘qammal iqtisodiy tarbiyani takomillash-tirmasdan ish qilib bo‘lmaydi. Shu bois o‘qituvchi, sinf rahbari, maktabdan tashqari ta'lim muassasasi xodimlari nafaqat bilim berishlari, balki o‘quvchilarda iqtisodiy faoliyat malakasini hosil etish, bozor munosabatlari sharoitida mustaqil fikrlashga o‘rgatish lozim bo‘ladi. Bolalarga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi iqtisodiy termin va tushunchalarni o‘rgatish, ularni qanday kullash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishga ijobiy yondashuvning rivoji, topqirlik, ixtirochilik, ishbilarmonlik, faollik va tashabbus tufayligina yuqori samara beruvchi foyda yuzaga kelishi mumkinligi tushuntirilsa, o‘quvchilar iqtisodiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonadi.
Bozorning axloqiy va huquqiy me'yorlari bu insonning axloq me'yorlarining o‘zginasidir. Bular-halollik, berilgan so‘zning ishonchli va qat'iyligi, batartiblik, ijrochilik, majburiy mehnatni tashkil qilish, kredit va harzlarni qoplash, brokker (vositachi)lik ishlarini olib borish, xushmuomalalik, sherikka, iste'molchiga bo‘lgan hurmat va hakozolar. Bularning barchasi o‘quvchiga singdirilishi lozim.
Maktabda rivojlangan nazoratli bozor munosabatlarini tashkil qilish, bo‘lg‘usi tadbirkor va ishbilarmon kishilarni shakllantirish, uddaburon xo‘jalik yurituvchi, iqtisodiy fikr va mushoqadasi rivojlangan odamni tayyorlash imkonini beradi. Mehnat tarbiyasida bolalarni tizimli iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, iqtisodiy qonunlar va qarama-qarshiliklardan oqilona foydalana oladigan qilib tarbiyalash juda muhimdir.
Bu ishlarning hammasi samarali ijodkorlikga yo‘naltirish ishlarini ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, ijodkorlik tanlagan o‘smirga yordam berish va uning mahoratini, iqtidorini namoyon etish uchun xizmat qiladi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni ijodkorlik-hunarga yo‘naltirishda iste'dodli va zukko bolalarni aniqlash va tarbiyalash muhim ahamiyat ijodkorlik etadi. Iste'dodning o‘z vaqtida namoyon bo‘lishi tarbiyaga va kullab-quvvatlashga bog‘liqdir. har qanday jamiyatga iste'dodli shaxslar zarur. Shu nuqtai nazardan iste'dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o‘qitish respublikaning bo‘lajak aql-zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning yagona manbaidir.
Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun o‘quvchilar iste'dodini aniq tahlil etish, bolalarning o‘ziga xos psixo-logik jihatlari va fazilatlari hisobga olish darkor.
Turli yoshdagi iste'dodli o‘quvchilarni namoyon etishda hozirgi kunda, avvalo, maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostik tajribalardan unumli foydalanishlari zarur. Bunda «Respublika Iste'dod Markazi» xodimlari bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega. Iste'dod markazi xodimlarining faoliyati tajribasidan foydalanish, ularning iste'dodni aniqlashga mo‘ljallangan psixologik tadbirlarini pedagogik tajribalar bilan ishlab chiqish lozim. Bu sohada «Ulug‘bek», «Oltin meros», «Iste'dod» jamg‘armalari bilan hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Yoshlar iste'dodining namoyon bo‘lishiga qobiliyatlarni aniq tahlil etish, bolaning o‘ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirishi imkonini yaratadi. Qobiliyatlarni rivojlantirishning daraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qobiliyatning ma'lum bir darajasi istalgan o‘quvchida mavjud bo‘lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o‘quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
Tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida o‘quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste'dodli va iqtidorli to‘garak a'zolari alohida rag‘batlantirildi, ularga mukammallik uchun sharoit yaratildi, ularning ijobiy qiziqishlari, rang-barangligini oshirish, turli ko‘rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish namunali amalga oshirildi.
Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning ahamiyati yuksak. Ayniqsa, Respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topish va ularning ta'lim-tarbiyasini muntazam ravishda to‘g‘ri yo‘lga kuyish muhimdir.
Iste'dodli bolalarni respublikamiz mintahalarining hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o‘quv rejalari va o‘quv-uslubiy, tarbiya va ta'lim dasturlari bilan ta'minlash lozim. Shuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, topish va tarbiyalash uchun zamonaviy moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan to‘liq ta'minot zarur.
Iste'dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruqiy zarbalardan asrash yo‘llarini aniqlash, ruqan yordam ko‘rsatish, qattiq qayajonlanish holatlarini o‘rganish ularning ijodiy qobiliyatlari rivoji uchun sharoit yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish darkor.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va mutaxassislar, ijodkorlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, to‘garak rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi tuzilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Kengash ijodkorlik-hunarga yo‘naltirish ishlarini muvofiq-lashtirib, yo‘naltirib, tashkil qilib boradi.
Iste'dodli va iqtidorli bolalarning ijodkorlik-hunarga yo‘naltirish ishini tashkil qilishda turlicha o‘quv reja va dasturlariga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq.
Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash, ularni ijodkorlik-hunarga yo‘naltirish uslubiyati, psixologik, pedagogik va tashkiliy sharoitlarni yaratish maqsadida maxsus o‘quv dasturlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishda eng yaxshi pedagog va olimlarning faol ishtiroklari tavsiya etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni chet ellarda umumiy, ijodkorlikiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyatini amalga oshirish; akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste'dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish, rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish zarur.
Mazkur vazifalarni hal qilishda mahalla faoliyati muhim ahamiyatga ega. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mahallaning ustunligi shundaki, ko‘p yillar davomida birga yashagan kishilar yagona do‘st oilaga uyushganlar. Ular bir-birlarini, har bir oila va har bir bolani, ularning ota-onalarini va imkoniyatlarini yaxshi bilishadi. Mahallada an'anaviy tarbiyaning sharqona uslublari tarkib topgan. Masalan, hashar usuli bilan ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilinib, og‘ir daqiqalarda bir-birlariga yordam berishadi. Bu esa so‘zsiz katta tarbiyaviy ahamiyatga ega va ahloqiylikni rivojlantirishga, jamiyatning boshlang‘ich negizi sifatida oilani mustaqkamlashga yordam beradi.
Ta'lim muassasalari negizida pedagogik, ijodkorlikiy, huquqiy, psi-xologik, ma'naviy va ma'rifiy bilimlar beruvchi «Ota-onalar o‘quvi» faoliyatini tashkil etish, bola tarbiyasi yaxshi yo‘lga kuyilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o‘rganib, tajribalarini ommalashtirishni yo‘lga kuyish muhim ahamiyatga ega.
Darsdan va maktabdan tashqari ijodkorlikiy tarbiyani amalga oshirishda quyidagi asosiy tadbirlarga e'tibor qaratish lozim bo‘ladi:
- ijodkorlikiy tarbiya jarayonini tashkil etishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli dasturlar ishlab chiqish;
- ijodkorlikiy tarbiyani zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagog xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- ijodkorlikiy tarbiya vazifalarni hal qilish uchun respublikaning barcha ilmiy kuchlari: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari, fan, tarmoq, davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari hamda ilmiy-pedagog bo‘limlar faoliyatini birlashtirish zarur.
Darsdan va maktabdan tashqari ijodkorlikiy tarbiya mezonini amalga oshirishni davriy tahlil qilish rejali, ayrim ilmiy yoki pedagogik jamoalarning takliflari bo‘yicha o‘tkazilishi ham mumkin. Lekin har qanday vaziyatda tahlil qilishda ham ilmiy, ham amaliyotchi xodimlarning ishtirok etishi shart ekanligini unutmaslik kerak. Davriy ilmiy tahlil asosida tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilash va tuzatishga da'vat etilgan bo‘lsa, uning kundalik va doimiy tashkilotlari qatori amaliyotchi pedagoglarni ham keng jalb qilish lozim. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining uslubiy ishilariga alohida e'tibor berish kerak. Ular bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash bilan shug‘ullanayotgan xodimlarning barcha toifalarini uslubiy yordam bilan ta'minlashlari, ushbu ishlarning ilg‘or tajribasi asosida to‘garaklar va uyushmalar, maktablar va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining dasturlarini ishlab chiqadilar hamda ularni takomillashtiradilar.

Umumiy o‘rta ta'lim va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o‘z ishining ustasi bo‘lgan o‘qituvchi va to‘garak rahbariga muhtoj.


Shaxs sifatida bunday pedagog xodimlarning o‘zi har tomonlama rivojlangan, bilimdon, keng ko‘lamdagi umummadaniy va ijodkorlikkor ma'lumoti, ko‘nikma va malakasiga hamda o‘zligini rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə