Umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu: Individ, shaxs, individuallik tushunchalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/14
tarix28.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#103421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
QO`SHBOYEVA SARVINOZ

9. Mavzu: Individ, shaxs, individuallik tushunchalari
shaxsning malaka va odatlari
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! — ajralmas, alohida zot degan ma`no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog`lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo`q, oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan akli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an`ana tusiga kirib qolgan, chunki o`sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo`la oladi. Individ sifatida yorug` dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta`sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog`idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo`lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a`zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning og`ushida, ularning qalb to`risida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog`liq bo`lmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish o`ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o`zlashtirish jarayoni odamning o`zicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va uning bilan qan-day maqsad ko`zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali namoyon bo`ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko`nik-malarida ko`zga tashlanadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa`y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o`z istiqbo-li uchun yo`l-yo`riqtanlashda, uni o`zlashtirishda, hayotda o`z mavqei va o`rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning o`zi kimdadir ruhiy hisni uyg`otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta`sir qiluvchi barcha tashqi qo`zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig`in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo`ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya`ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig`in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg`u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yo`nalishi bilan izohlash mumkin.




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə