Alisher Navoiy hayoti va ijodi



Yüklə 27,68 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü27,68 Kb.
#158053
Alisher Navoiy


Alisher Navoiy


Feruza Aminovna Turakulova
Qo`qon davlat pedagogika instituti katta
o`qituvchisi Naziraliyeva Umida
Qo`qon davlat pedagogika institute
2-(sirtqi)bosqich talabalari
Annotsatsiya: Alisher Navoi haqidaa bo’lin uning hayoti va ijodi yoritilgan. Alissher Navoiy yoshligidan ilmga juda -juda qiziqadi shuning uchun u yoshligidan she’rlar yoza boshlaydi va ko’plab katta olimlar nazariga tushadi. Va keyinchalik ilmga chaqoqligi tufayli ko’plaab kitoblar o’qib va g’azallar va she’rlar yozib ta’niqli g’azal mulkini sultoniga aylanadi ushbu tezisda shu haqida yoritilgan.


Kalit so’zlar: Alisher Navoiy , g’azallar , she’rlar, mutafakkirlar,
KIRISH QISMI:
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo`lgan, ismi ma`lum emas. Alisherning bobosi Temurning o`g`li Umarshayx bilan emikdosh (ko`kaldosh) bo`lgan ekan.
Buyuk shoir o`z asarlarida o`z asarlarida bu qutlug` dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi.


ASOSIY QISM:

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o`sdi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch-to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so`ng uni maktabga berdilar. U bo`lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o`qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.


1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o`rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo`lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, "Zafarnoma"ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.
Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog`liq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho`li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo`ldan chiqib, bo`lajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zo`rlik qilib, uyg`onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to`xtab qoladi.
Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg`onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo`q. Yolg`iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O`n yoshli bola o`zini qo`lga oladi. Otini minib, zehn bilan yo`lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib ko`rinadi. U suv to`la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo`lini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o`g`illlarini yo`qligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim ko`p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go`yo u qayta tug`ilganday, quvonch bilan kutib oladilar.
1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi, notinchliklar bosiladi. G`iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o`qishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo`lajag shoir Sa`diy Sheroziyning "Guliston". "Bo`ston", asarlarini, Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr"("Qush mantig`i")ni so`ngsiz ishtiyoq bilan o`qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o`y-xayolini tamom egallab oldi…
Bir kuni qushlar jam bo`libdi. Har xil: to`ti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. O`rtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, o`zini ta`rifu tavsif etibdi. So`ng u hammani olam podshosi Semrug`ni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. "Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!" – deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurg` bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yo`li Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga g`aeq bo`ldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh bo`lganlar aqlu shuurini yo`qotdilar. Chin mulki esa hashamat(ulug`vorlikka) chulg`andi.
Qushlar zavqu shavq bilan yo`lga tushadilar. Buroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar e`tiroz bildirib, uzr aytib, o`zlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrug`ga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bag`ishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yo`lga tushadilar. Hudhud buy o`lning ishq yo`li ekanligi, unga kirgan odam Shayx San`on singari o`zligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar… Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib o`tadilar va o`zlarining Semurg` ekanligini anglab yetadilar.
"Mantiq ut-tayr" xayoli Alisherga bir umr hamroh bo`ldi. Umrining so`ngida esa "Lison ut-tayr"("Qush tili") nomi bilan kitob yozdi. Bo`lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o`qir edi.
1453-yilda Alisherning otasi G`iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so`ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st – Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she`r yod olganini aytdi. She`r shunchaki nutq o`stirish emas, ma`rifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida o`z she`rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, she`rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o`z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she`r o`qishni iltimos qiladi. Alisher o`zining:
Orazin yopg`och, ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh.
matla`i bilan boshlanadigan g`azalini o`qiydi. She`rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: "Valloh, agar muyassar bo`lsa edi, o`zumning forsiy va turkey tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashtirardim va buni o`zimning katta yutug`im deb hisoblar edim". Bu turkiy (o`zbek) she`riyatiga juda katta iste`dod kirib kelayotganidan nishona edi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga sho`ng`ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o`qishni davom ettirdi. Do`stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi.Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini ta`qib va tayziq ostiga olgan, jumladan, tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste`dodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy - "Mahmud Nuran" deb e`zozlagan bu mashhur shoir va olim o`zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa`diddin Koshg`ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o`sha yerda yashar edi.
Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she`riy maktubi bor. U "Masnaviy" nomi bilan "Xazoyin ul-maoniy"ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga jo`nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo`lgan, lekin uni topmagan. So`ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va o`z otasidek yaqin ko`rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta`rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do`stlarni tashlab ketish og`ir. Xayrlashmay ketish undan ham og`ir. U ulug` do`stiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so`z bilan ulug`dir, "falak jismining joni"-so`z, ayqisa "nazm" (she`r), deydi shoir. Va o`zida she`r yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o`z "Shohnoma"sini 30 yilda yozgan bo`lsa, u o`shanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan "Xamsa"si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yo`q. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yo`q. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yo`ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do`sting bo`lmasa.
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, o`qish uchun keldi, deydi. To`g`ri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek rag`bat va hoiylik ko`rsatadi. Nihoyat, Samarqand o`z go`zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni "firdavsmonand"(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon "gardi fano" o`ltirmasligini – zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465 – 1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, "devon" tuzadilar. Bu kitob bugun "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun bo`lgan jangda Abusaid halok bo`ladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qo`lga oladi va Samarqandga xat yo`llab, Navoiyni o`z yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.
Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo`lib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni o`ziga g`oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To`g`ri, Bayqaro va Navoiy o`rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo`ldi. Lekin o`z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko`p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o`tib, avlodlarga o`rnak bo`ldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o`zida Abusaid Mirzoning o`g`li Yodgor Muhammad taxt da`vosi bilan qo`zg`aldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qo`shin tortadi va g`alaba qozonadi.
1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko`taradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qo`shin bilan yana yo`lga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qo`zg`olon bo`lganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday to`qnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qo`li baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qo`shiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba o`qitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qo`liga o`tadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq ta`sir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. O`sha 1470-yilning o`zida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg`ob daryosi bo`ylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va Bog`I Zog`onda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qo`lga oladi. Shundan keyingina Xurosonda ma`lum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g`oyat nozikta`b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo`lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo`lib, Husayn Bayqaroga bo`lgan ixlos va muhabbatigina uni iste`fo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan ko`plab g`alayonu qon to`kishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo`ldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko`rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa "amir"(vazir)likka qo`ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug` amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo`ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo`ldi. Ulug` amir o`zi bosh bo`lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta`mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.

Xulosa.
Biz xaqli ravishda Navoiyni milliy ong va shuurimizning ulug’ charog’boni va ilhomchisi deya olamiz. Navoiyning umur boqiy merosi el va elatlarni ezgulik, poklik, haqiqat atrofida jipislashtirishga qodir bo’lgan bebaho boyligimizdir

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Aziz Qayumov. “Hayrat ul-abror” talqini. Toshkent 1977 y.

  2. Aziz Qayumov. “Farhod va shirin sirlari”. Toshkent 1979 y.

  3. Aziz Qayumov. “Ishq vodiysi chechaklari”. Toshkent 1985 y.

  4. A.Hayitmetov. “Hamsa” asarining 20 jildligi. Toshkent 1974y.

  5. www.ziyonet.uz




Yüklə 27,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə