Umumiy psixologiya. Mavzu : Hayvonlar psixik faolyatining umumiy tavsifi



Yüklə 223,43 Kb.
səhifə2/3
tarix23.09.2023
ölçüsü223,43 Kb.
#123179
1   2   3
Niyozmetova Gulasal umum psix

Hayvon psixikasini o‘rganadigan fan zoopsixologiya deyiladi. Zoopsixologiyaning ob’ekti hayvonlar psixik faoliyatini o‘rganishdir. Zoopsixologiyaning predmeti- psixik aks etirishning hayvonlar darajasidagi evolyusiyasi va qonuniyatlarini paydo bo‘lishini, hayvonlarda psixik jarayonlarning filo va ontogenetik rivojlanishi va inson ongining paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishini o‘rganadi. Rus olimi L.S.Vыgotskiy V.Gyotening “Hamma o‘simliklar bir o‘simlikdan tarqalgan” iborasini perefraza qilib, “Psixik hodisalarning barcha shakllari ta’sirlanuvchanlikdan kelib chiqqan” degan.

Ilmiy zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII –asrning oxiri va XIX asrining boshlariga to‘g‘ri keladi, o‘sha davrdagi atoqli fransuz biologlari J. L. Byuffona va J. B. Lamarklarning ishlari tadqiqotlari bilan bog‘liq.Byuffon hayvonlarning turli turlarida nafaqat turli morfologik xususiyatlarini, balki xulqiy xususiyatlariniham o‘rgangan. Hasharatlarni o‘rganib (ari, chumoli) ularning harakatlari toza mexanik ekanligini aytadi. Masalan, ari va chumolilar zaxira ozuqa to‘plashi zarurut yoki maqsadli emasligi aytadi.. Bu vaqtda boshqa naturalistlar bunday “aqliy” va “tayyorlanganlik” deb atagan. Ayniqsa CH.Darvinning tadqiqotlari natijasi fanni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Rus olimi A.N Leontev psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida tirik materiya psixikagacha darajada o‘zining “oddiy ta’sirlanuvchanlik” xususiyati bilan xarakterlanishini ta’kidlaydi. Biologik evolyusiya modda almashinuvining murakkablashishi bilan bog‘liq.

Tashqi muhitning ta’siri natijasida ta’sirlanishning har xil turlari vujudga keladi, ya’ni organizm tashqi muhitdan katta miqdorda moddalar va quvvatning shakllarini singdiradi. Leontevning ko‘rsatishicha, ta’sirlanuvchanlikning rivojlanishi evolyusiya natijasida sezuvchanlikni rivojlanishiga turtki bo‘lgan.Inson va hayvon psixikasida katta farqlar mavjud bo‘lib, bu avvalo umum-mehnat faoliyati va nutqga egaligida ko‘rinadi.


Rus zoopsixologiyasining asoschisi V.A Vagner yarim asr oldin inson hayotidagi biologik va ijtimoiy omillarni barcha tomondan tahlil qilgan. Vagner inson va hayvon psixikasidagi umumiy elementlarni inkor qilmagan, lekin inson va hayvon o‘rtasida sifat jihatdan katta farqlarni ta’kidlagan.
Vagner zoopsixologiyada antropomorfizm tarafdori bo‘lgan. Antropomorfizm hayvon va inson psixik hodisalarini analogiya yo‘li bilan tadqiq qilib, ba’zi psixik xossalar faqatgina insonga xos ekanligini ta’kidlaydi.

Yüklə 223,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə