Umumiy psixologiya. Mavzu : Hayvonlar psixik faolyatining umumiy tavsifi



Yüklə 223,43 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü223,43 Kb.
#123179
  1   2   3
Niyozmetova Gulasal umum psix

Umumiy psixologiya.

Mavzu : Hayvonlar psixik faolyatining umumiy tavsifi .


Slayd yaratuvchi : Niyozmetova Gulasal.
Guruh :23-6 Psixologiya

Qiyosiy psixologiya – psixologiya sohasi. Psixikaning filogenetik (kelib chiqish), ontogenetik (inson umriga oid) holatlar va ularning shakllarini tadqiq qiladi. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, ularning xulq-atvoridagi o‘xshashliklar va tafovutlarning sabablari tekshiriladi, harakatlantiruvchi biologik va tabiiy kuchlar, ijtimoiy muhitdagi ta’sir o‘tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning asosiy bo‘limi (tarkibiy qismi)dan iborat bo‘lib, u turli guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-harkatlarini o‘rganadi. Etologiya – biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan iborat bo‘lib, hayvonlarning xatti-harakatidagi tug‘ma (irsiy) alomatlar, mexanizmlar insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o‘rganuvchi soha.

Qiyosiy psixologiya insonda ongning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muammolarni qamrab oladi. SHuningdek, u inson xatti-harkatining biologik, ijtimoiy, turmushda orttirilgan jabhalarini tadqiq etuvchi psixologiya tarmog‘i. Insonda mehnat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvi, kishilik jamiyatining rivojlanishi, odamlar orasida o‘zaro munosabat vositasi sifatida nutkning paydo bo‘lishi ijtimoiy-psixologik omillar, shart-sharoitlar turkumini tashkil qiladi. Insonda ongning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini o‘zi anglashini aniqlovchi psixologik omillarni hisobga olish, bola kamoloti to‘g‘risidagi qonuniyatlarga asoslanish qiyosiy taxdilning mahsulidir. MGU professori Kurt Ernestovich Fabri (1923-1990) Venada tug‘ilgan, 1932 yilda SSRga ko‘chib o‘tadi. Nadejda Nikolaevna Ladыgina-Kotsning shogirdi. 1940-1960 yillarda zoopsixologiya “yolg‘on fan”ga chiqarilgan, 1966 yilda A.N.Leontev Fabrini MGUga chaqiradi. 1971 yilda kafedra katta o‘qituvchisi, keyin dotsent, 1983 yilda professor bo‘lgan. 1977 yilda Fabri “Zoopsixologiya asoslari” kitobi uchun fan doktori darajasini oladi.


Yüklə 223,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə