Umumiy psixologiya


 Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə30/47
tarix26.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#112913
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Umumiy psixologiya-fayllar.org

4. Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi 
Jahon psixologiyasi ma'lumotlarining ko’rsatishicha, xulq-atvorning muhim
motivlaridan biri bo’lib e'tiqod shisoblanadi. Ba'zi manbalarda unga mana bunday
ta'rif berilgan: e'tiqod-shaxsni o’z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga
muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa
so’z bilan aytganda, e'tiqod shaklida namoyon bo’ladigan eshtiyojlarning
mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar va ularning
muayyan tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy
nuqtai nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u taqdirga
shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi,
ijtimoiy tarixiy taraqqiyot hodisalarining to’g’ri basholanishini, evolyusion
yo’sinda tarkib topishini, axloqiy prinsiplar, didlar yuz berishini, tabiat
hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi
qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.

5. Motivasiya. 
5.1. Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari 
Motiv va motivasiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda
o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy
pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va
yo’nalishlar mujassamlashdi. Shozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib
o’tamiz.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy,
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev,
A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson,
V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur
muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning
qarashlari oldingi shisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga
shojat yo’qdir.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika
mamlakatlarida motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar
mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining
tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv
psixologiya,
bixeviorizm,
geshtalpsixologiya,
psixoanaliz,
strukturaviy
psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya,
gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.


Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh


vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan
mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular
o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tadi. Bixeviorizm
uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab
o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk,
E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor
qilganlar.
Ular o’zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining "quyi darajalari" ni
o’rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va
ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisban namoyon bo’lish xususiyati,
har xil haroitda motivasiyaning kuchi to’g’risida muayyan qonuniyatlar ochishga
intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo’zg’atuvchi sifatida
talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb
shisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar, doayvalar
paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular insonning organik eshtiyojlarini
qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg’unlashuvi tariqasida tashlil etiladi.
Ularning
ta'kidlashiga
ko’ra,
ikkilamchi
qo’zg’ovchilar
organik
qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall
(1871-1938) motivasiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan
holatni asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni
bog’lab tushuntirishga harakat qilgan.
Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham shayvonlarga bir
tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18
tagacha "asosiy instinktlar" sifatida shukm surishi mumkin. Umuman olib
qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:
1. Bixeviorizm motivasiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq
prinsiplarini vujudga keltira borib, shayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq
motivasiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivasiyasi yuzasidan
xulosa chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik
jabshada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy moshiyati tadqiqot
predmetidan chetda qolib ketadi.
3. Bixeviorizm ham insonga, ham shayvonlarga xos bo’lgan xulqning
umumiy prinsiplarini topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi
o’ziga xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izoshlashga moyildirlar.
5. Shayvonlarning xulq motivasiyasi shakllarini juda sodda tarzda
tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat
bosqichidagi motivasiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas.
6. Inson motivasiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma
eshtiyojlar kabilar odamning motivasiya doirasi tuzilishi moshiyatini juda yuzaki
ocha oladi, xolos.


Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivasiya ortganlik ravishda inson


mayllariga xosdir, degan g’oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi
qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi.
Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida
shech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizli ta'limotining asoschisi Z.Freyd xulq
motivalari va eshtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivasiyaning manbai
instinkt, u tur va individning saqlanish hartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni
muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala
shuki, Z.Freyd motivasiya regulyatori va motivasiya energiyasining irsiy manbai
sifatida "u" tushunchasiga qanday ma'no yuklamoqchi. Uningcha, "u"
tushunchasining mazmuni tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq
qonunlari va aql darajalari, ko’rsatkichlari unga shech qanday ahamiyat kasb
etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni
nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning
impulsivlik, taxminiylikning affektiv moshiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy
nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini
mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi
qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd takidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va xossalari
moshiyatida
motivasiyaning
chuqur
asosiy
manbasini
ko’radi.
Uning
konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning
transformasiyasi ustuvor o’rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar
shisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tashlil qilishga o’tamiz.
A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati
maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari shukumatga va qudratga erkdir.
Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan ma'lumotlar
moshiyati
Freyd
tomonidan
kiritilgan
psixika
tushunchasi
va
uning
harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi.
Xorning nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug’ma kuchlarga ega bo’lib, uning
negizi bolalarcha yordamga mushtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi
bezovtalanish tuyg’usida va tug’ma qo’rqinch shissida o’z ifodasini topadi.
Xorning ta'kidlashicha, inson xulqining motivasiyasi boshqa motivlar yordami
bilan aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha
yordamga mushtojlik keltiruvchi) atrof-mushitga nisbatan dushmanlik shissini
tug’diradi, xavfsizlikka eshtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan basholash
va o’z-o’zini basholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham
o’z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan
muammo inson xulqi jabshalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir
o’tkazish jarayonidir. Insonni individualizasiyalash unda tansholik shissini vujudga
keltirishga olib keladi, shuningdek, o’z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi.
Tansholik shissiyotidan forig’ bo’lishga intilish tuyg’usi inson motivizasiyasini va
uning xulq shakllarini aniqlaydi.
Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta'sir qiluvchi intim
omillariga va uning motivasiyasiga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo’lsa-da,


lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tug’ma


kuchlar asosiy o’rinda turadi.
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivasiya o’ziga xos
talqinga ega bo’lib, uning moshiyatini eksperimental tarzda o’rganishga, ochib
berishga intilish ko’rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-
1947) motivlarni eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni
mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada
muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan.
Geshtaltpsixologiya maktabining namoyandalariga obraz tushunchasi
qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv
kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv o’zaro
aloqasiz shukm surishi ta'kidlanadi, motivasiyani amalga oshiruvchi vaziyatning
predmetli, ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xalqni mana bunday
izoshlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita
yaqqol mushit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur
nazariyasida insonda har xil ma'no anglatuvchi ikkita motivasion o’zgaruvchi
shukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug’ma, shayvonlar turtkisiga o’xshash
va turmush davomida egallangan faqat insongagina xos bo’lgan.
Geshtaltpsixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda
xulq motivasiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tashlil
qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport konsepsiyasida
yaqqol ko’zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jishat bu inson xulqini o’zgarish
sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi
motivlarning omillarini tekshirish ham aloshida ahamiyatga ega ekanligini anglab
olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o’ziga xosligi bilan o’zaro ta'sir
o’tkazish o’rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o’rnatish ham ikkinchi darajali
narsa sifatida talqin qilinmaydi.
Sobiq sovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi
shisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan.
Ularning psixologik mexanizmlari, uzluksizligini ta'minlovchi omillar, zarur
hart-haroitlar moshiyati, vujudga kelish imkoniyatlari to’g’risida juda yuzaki
ma'lumotlargina muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma'nodagi motivlar
tabiati izchil ravishda, pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga
asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng
ko’lamda o’rganishga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Motivlarning falsafiy metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab-
oqibat,ichki murakkab bog’lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan tizim
sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o’z navbatida materiya
rivojlanishining oliy mashsuli ekanligi to’g’risidagi xulosaga olib keladi.
Chunonchi, maqsadga yo’naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil
mazmundagi savollar, axborotlar, ma'lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli
xususiyati ta'kidlab o’tilgan mulohazalar moshiyati tarkibiga kiradi. Motivlar
tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo’nalishga qaratish-inson shaxsiga motivasion,
irodaviy, axloqiy, shissiy, kognitiv, regulyativ ta'sir o’tkazishning omilkor
shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur hart-haroitlar


yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab


chiqarishda axloqiy, ma'naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabshalari hamda radio,
televidenie va targ’ibot-tashviqot ta'sirini samarali olib borishi, kasbiy
tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning haroitlari barqarorlashuvi,
takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi
shaxs motiv doirasining o’zgarishiga bog’liq. Shaxsning motiv doirasi uning
eshtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o’z
aksini topadi. Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u
insonlar (gosho shayvonlar xatti-harakati) shayoti va faoliyatini ruhiy jishatdan
boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o’ziga xos turidir. Motiv tushunchasi,
asosan, sut emizuvchi shayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta'kidlab
o’tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo’zg’atuvchilar va
qo’zg’ovchilarning barcha turlari (ko’rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o’z
ichiga oladi (chunonchi, motivlar, eshtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar,
motivlashgan ustanovkalar va boshqalar).
Motiv keng ma'noda xulq-atvor determinasiyasi belgilanishiga qaramay,
ko’pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma'noda talqin qilib, uni
ilmiy jishatdan tekshiradilar, shattoki ular hartsiz reflektor aktlarining miqdorini,
affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator
psixologlar motivni energetik, ma'noviy va ma'naviy tomonlarini o’zaro
solishtiradilar, ular motivni sof ma'nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai
sifatida talqin qilib, uning ma'noviy va ma'naviy jabshalarini shisobga olmay turib,
o’ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939)
motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi.
Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv - bu tajriba va
reaksiyalarning energetik jabshasidan iboratdir (ushbu ta'rifga nisbatan munosabat
o’ta bashsli bo’lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni tadqiqotning
boshqa bo’limida bildiramiz).
Sobiq sovet psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy
qismlarini
belgilashda
dinamik
va
ma'noviy
(ma'naviy)
tomonlarining
uyg’unligidan kelib chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari
qarashlarini tashlil qilish bilan cheklanamiz, xolos.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik moshiyati to’g’risida quyidagi
mulohazalarni bildiradi: motivasiya - bu psixika orqali shosil bo’ladigan
determinasiyadir; motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini
bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi sub'ektiv tarzda aks etish demakdir.
Bizningcha, shaxs o’zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada
bo’ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon
bo’luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o’rin egallaydi.
Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo’nalishi, uning xarakteri,
emosional holati (shis-tuyg’usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish
jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to’plangan nazariy ma'lumotlarning
ko’rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs
motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta'limot mavjud.
Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni


tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma'naviy


va ma'noviy jabshalarini ham yuzaga keltiradi.
Motiv shissiyot bilan ham bog’liq bo’lib, ular xulq-atvor moshiyatidan
tashqarida bo’lmaydi, balki shissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan
uzviy aloqaga egadir. Shissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan
iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun
qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Shissiyotning bu sohadagi
boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo’lib, odamning tashqi olamga,
shaxslararo munosabatga, shis-tuyg’ularga negizlik muammosi shisoblanib, uning
uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog’lovchilik xususiyatiga ega
bo’lgan muloqoti zaif emosional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol,
barqaror, turg’un jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Yuqoridagi
mulohazalardan
tashqari,
motivlar
funksional-energetik
tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi.
Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog’liq
bo’lib, ularning mushitini belgilaydi va dinamik, ma'naviy ta'sir etish munosabatini
o’zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning
bevosita bajarish negizi shisoblangan faoliyat orqali namoyon bo’ladi.
Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro’yobga chiqaruvchi nafaqat
faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi
istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish eshtimoli darajasini
ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va
xuddi shu faoliyatning ob'ektiv tomonlarining yaqqol ro’yobga chiqishi motiv
barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga yo’nalganligi ham faoliyatning
ob'ektiv hart-haroitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning
rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o’zaro ta'siri bilan
tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta'sirning ko’rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi.
Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, eshtiyojlarni
ichdan qayta qo’rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat
doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o’zgarishlar
sodir bo’ladi.
Shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan
yangi ma'lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat mushiti doirasidagi o’zgarishlar
tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni
rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson
kamol topish jarayoniga, faoliyat mushiti va haroiti asta sekin yoki tez o’zgarishi -
motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta'sir etadi. Insonni
mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish
yuqoridagi mulohazalar moshiyatidan iboratdir. Bu o’rinda faoliyat faol vaziyat
shisoblanib, mavjud eshtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan
uzoqlashib boradi, so’ngra yangi qiziqish, eshtiyoj va intilishlarni shakllantiradi,
motivlar moshiyati va shakllarni o’zgartiradi.
Ushbu mulohazani aloshida ta'kidlab o’tish joizki, motivasiyaning faoliyat
darajasidan tashqari chiqishi eshtimoli yoki faoliyatning motivasiya doirasidan
tashqari chiqishi imkoniyati to’g’risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega.


Binobarin, motivasiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivasiyadan


aloshidalikka ega degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni
yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi shayotiy shaqiqatga murojaat qilamiz.
Har bir talaba oliy maktabga o’qishga kirayotganida unda diplom olish motivi
paydo bo’ladi, o’qishga joylashganda esa o’quv predmetlarini o’zlashtirish
jarayoni o’qishga nisbatan intilish, eshtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik
omillar yuzaga keladi.
A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-
harakatlar va operasiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o’zining predmeti va
motiviga ega bo’lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o’rtasida
mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma'nodagi
faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtishondan (reytingdan) o’tish uchungina
birlamchi manbalarni o’qiydi, lekin boshqasi esa o’zini tekshirish va shaqiqiy
bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o’quvchida
motiv imtishonga qaratilgan bo’lib, o’quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir,
xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan
xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o’quv predmetini
o’zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o’sib o’tadi (E.g’.
kursiv bizniki: bu mezon vazifasini o’taydi), degan fikrga kelishga kafolat beradi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə