|
Umumiy qoidalar-modda. Ma’muriy jazoning turlari22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi23-modda. Ma’muriy jazoning turlari
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi
mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish
huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
Oldingi
tahrirga qarang.
4 ) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuniga
asosan 4 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y.,
03/23/829/0208-son)
5) ma’muriy qamoqqa olish.
Oldingi
tahrirga qarang.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi
hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
(23-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuniga
asosan 6-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining
21-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining
2—6-bandlarida
sanab o‘tilgan ma’muriy jazo choralari
faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
1
2
1
1
(23-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Dostları ilə paylaş: |
|
|