Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Dastlabki o‘rgatish va uning mohiyati



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   317
fayl 2055 20211105

6.2. Dastlabki o‘rgatish va uning mohiyati 

 

Sport  malakalariga dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport tayyorgarligi 



tizimining poydevori bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki o‘rgatish o‘z tashkiliy, uslubiy, 

ilmiy  va  moddiy-texnika  nuqtayi  nazaridan  qanchalik  puxta  asoslangan  bo‘lsa, 

sifatli  bo‘lsa,  shunchalik  sport  o‘rinbosarlarini  tayyorlash  yo‘li  qisqaroq  va 

osonroq bo‘ladi. Ammo bu, albatta,  mutaxassisning  bilimiga, kasbiy ko‘nikma  va 

malakalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga 

mo‘ljallangan  o‘quv  dasturining  eng  e’tiborli  va  asosiy  bo‘limlaridan  biri 

boshlang‘ich o‘rgatish uslubiyati (texnologiyasi) bo‘lib hisoblanadi. 

Musobaqa  jarayonida  samarali 

natijaga  erishishning  asosiy  shart-

sharoitlaridan  biri  –  bu  voleybolchining  texnik  tayyorgarligi,  texnik  mahorati 




 

120 


 

takomillashgan  darajada  bo‘lishidir.  Demak,  o‘rgatish  jarayonining  dastlabki  va 

asosiy maqsadi bu o‘yin texnikasini mukammal o‘zlashtirishdir. 

Harakat-o‘yin  malakalari  –  to‘pni  uzatish,  qabul  qilish  (himoya),  to‘pni 

o‘yinga  kiritish,  zarba  berish,  to‘siq  qo‘yish  –  belgilangan  bosqichlarda,  ma’lum 

uslublar 

va 

vositalar 



yordamida 

o‘zlashtiriladi, 

mukammallashtiriladi, 

takomillashtiriladi.  Mazkur  jarayon  pedagogik,  biopsixologik  va  biomexanik 

qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 

O‘rgatish  jarayoni  –  bu  pedagogik  jarayon  bo‘lib,  murabbiy-o‘qituvchidan 

katta  mahorat,  kasbiy  tayyorgarlikni  talab  qiladi.  Lekin  shunday  bo‘lsa-da, 

harakatni  (o‘yin  malakasini)  ijro  etish  texnikasiga  o‘rgatish  boshqa  ahamiyatli 

sabablarga ham bog‘liqdir: bolaning faolligi, mashg‘ulotlarning soni, sifati, davom 

etish  muddati,  yordamchi  texnik  uskunalar,  mashg‘ulot  o‘tkaziladigan  joyning 

shart-sharoitlari, bolaning qiziqishi, harakat «boyligi», tajribasi va hokazo. 

Shuni  ham  aytish  zarurki,  harakat texnikasini  o‘zlashtirish  muddati  bolaning 

oilaviy  sharoitiga,  uning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  imkoniyatiga  hamda  ruhiy  holatiga 

ham bog‘liqdir. 

Yuqorida  keltirilgan  ma’lumot  va  o‘rgatish  jarayonida  e’tiborga  olinadigan 

omillar  ma’lum  uslubiy  tartibda  asoslangan  rejalashtiruv  hujjatlaridan  joy  olishi 

kerak.  Bundan  tashqari,  bolaning  ichki  «sirli»  imkoniyatlarini  hamda  mavjud 

omillarni aniqlash tanlov dasturi va  mashqlari yordamida amalga oshirilishi zarur. 

Olingan  natijalar o‘rgatish  uslublarini, bosqichlarini  va texnologiyasini qo‘llashda 

tayanch omil bo‘lib xizmat qilishi kerak. 

Dastlabki  o‘rgatish  jarayoni  bir  necha  bosqichlarda  amalga  oshiriladi  va  bu 

bosqichlarni har biri o‘ziga xos uslub va vositalarni o‘z ichiga oladi. 

Umumiy  rivojlantiruvchi  mashqlar  o‘yinchida  jismoniy  barkamollik  va 

o‘yinchi  uchun  zarur  bo‘lgan  harakat  ko‘nikmalari  va  malakalarini  sayqallash 

uchun qo‘llaniladi. 

Barcha  mashqlar  o‘z  yo‘nalishiga  mos  ravishda  birlashgan  holda  mashq 

qilishning  maxsus  tayyorgarligi  asosiy  qismlarini  tashkil  etadi:  umumiy  jismoniy, 

maxsus  jismoniy,  texnik,  taktik,  o‘yin  tayyorgarligi.  Har  bir  tayyorgarlik  turida 




 

121 


 

o‘zining  yetakchi  omillari  borki,  ular  yordamida  ko‘zlagan  maqsadga  erishiladi. 

Shu  bilan  birga  barcha  turdagi  tayyorgarliklar  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq.  Misol 

uchun,  agar  o‘quvchi  jismoniy  yaxshi  tayyorlanmagan  bo‘lsa,  u  hujumda  zarba 

berish texnik  mashqini  yaxshi bajara olmaydi.  Bunday  holda o‘quvchini jismoniy 

tomondan  chiniqtirish,  zarba  berish  usulini  ko‘p  marta  takrorlashdan  ko‘ra 

foydaliroqdir. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə