Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 O‘rgatish bosqichlari va uslublari



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   317
fayl 2055 20211105

 

6.3. O‘rgatish bosqichlari va uslublari 

 

Birinchi  bosqich  –  o‘rganiladigan  harakat  texnikasi  bilan  tanishish.  Bunda, 



aytib  berish,  ko‘rsatish  va  tushuntirish  uslublari  qo‘llaniladi.  O‘qituvchi  shaxsan 

ko‘rsatish bilan birga ko‘rgazmali qurollardan foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, 

rasm, maydon maketi va hokazo. 

Namoyishni tushuntirishlar bilan qo‘shib olib borish kerak. O‘qituvchilarning 

dastlabki urinishlari ularda birlamchi harakat sezgisini shakllantiradi. 

Ikkinchi  bosqich  –  texnikani  soddalashtirilgan  (oddiylash-tirilgan)  holatda 

o‘rganish.  Mazkur  o‘rganish  bosqichida  muvaffaqiyat  ko‘p  holatlarda 

yondoshtiruvchi  mashqlarning  to‘g‘ri  tanlanganligiga  bog‘liqdir.  Ular  o‘zining 

tuzilishi  shakliga  ko‘ra  o‘rganilayotgan  harakat  texnikasiga  yaqin  va  o‘quvchilar 

bajara  oladigan  bo‘lishi  kerak.  Murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lgan  harakat  (hujum 

zarbasi),  uni  tashkil  qiluvchi  asosiy  zvenolarga  (qismlarga)  ajratib  beriladi.  Bu 

bosqichda  boshqarish  uslublaridan  foydalaniladi  (buyurish,  ko‘rsatma  berish, 

ko‘rish  va eshitish, ko‘rib ilg‘ash, texnik  vositalar va hokazo)  hamda ko‘rgazmali 

harakat (o‘qituvchining bevosita  yordami,  yordamchi jihozlarni qo‘llash), axborot 

(to‘pga bo‘lgan zarba kuchi, tushish aniqligi, yorug‘lik yoki ovozni belgilash) kabi 

uslublar alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Uchinchi bosqich – texnikani murakkablashtirilgan sharoitda o‘rgatish. Bunda 

quyidagilar qo‘llaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab sharoitlarda bajartirish, 

o‘yin  va  baholash  uslubi,  qo‘shma  uslub,  «davra  aylana»  mashqlari.  Takrorlash 

uslubi  bu  bosqichda  eng  asosiydir.  Ko‘p  marotaba  takrorlashgina  malakani 




 

122 


 

shakllantiradi.  Malaka  hosil  qilish  uchun  takrorlash  turli  sharoitlarda  mashq 

bajarishni  (harakat  sharoitini  o‘zgartirishni,  asta-sekin  murakkablashishni)  taqazo 

etadi. Hattoki charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, qo‘shma va o‘yin uslublari 

bir  vaqtni  o‘zida  texnikani  sayqallashtirishga  hamda  maxsus  jismoniy  sifatlarni 

o‘stirish  masalalarini  hal  qilishga  hamda  texnik-taktik  tayyorgarlik  va  o‘yin 

mahoratini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. 

To‘rtinchi  bosqich  –  harakatni  o‘yin  jarayonida  mustahkam-lashni  ko‘zda 

tutadi.  Bunda  bajarilgan  harakatlarni  talqin  qilish  uslubi  qo‘llanadi  (rasmlar, 

jadvallar,  o‘quv  filmlari,  tasviriy  filmlar),  o‘yin  jarayonida  texnik-taktik,  maxsus 

tayyorgarlik topshiriqlari, o‘yin va «bellashish» usullari (5-jadval). 

Tayyorgarlik  va  o‘quv  o‘yinlarida  har  bir  usulni  (malakani)  o‘rganish,  uni 

takomillashtirish 

va 


mukammallashtirish 

ko‘zda 


tutiladi. 

Malakani 

mustahkamlashning eng yuqori vositasi – bu musobaqalashishdir. 

8-jadval 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə