Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317
fayl 2055 20211105

 

 


 

KIRISH 



 

Mamlakatimizda  jismoniy  tarbiya  va  sportning  bugungi  salohiyati,  uni 

butunjahon  sport  harakatida  yuksak  o‘rinlarga  erishib  kelayotganligi  yurtimiz 

mustaqilligining  asoschisi,  taniqli  davlat  arbobi,  birinchi  Prezidentimiz  I.A.Kari-

mov  tomonidan  amalga  oshirilgan  ulkan  islohotlar  bilan  bog‘liqdir.  Ana  shu 

islohotlar,  ayniqsa  o‘zbek  sportini  Olimpiya  va  Osiyo  o‘yinlari,  jahon  va  Osiyo 

chempionatlari  hamda  boshqa  nufuzli  musobaqalar  shoxsupalaridan  joy  olishiga 

poydevor  yaratuvchi  chora-tadbirlar  ko‘lamini  yanada  kengaytirishga  urg‘u  berib 

kelayotgan Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ommaviy sportdan profes-

sional  sport  cho‘qqilariga  olib  chiqishga  qodir  mutaxassis-kadrlar,  o‘qituvchi-

trenerlar  tayyorlash  ishlariga  alohida  e’tibor  qaratmoqda.  Ta’kidlash  joizki,  ushbu 

soha  davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  amalga  joriy  etilgan  “O‘zbekiston 

Respublikasini  2017-2021-yillarda  rivojlantirishning  beshta  ustu-vor  yo‘nalishini 

amalga  oshirishga  mo‘ljallangan  harakatlar  strategiyasi”,  ijtimoiy  va  ma’naviy-

ma’rifiy  sohada  joriy  etilgan  Prezidentimizning  beshta  tashabbusi,  2017-yil  3-

iyundagi  “Jismoniy  tarbiya  va  ommaviy  sportni  yanada  rivojlantirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-3031-sonli  qarori,  2018-yil  5-martdagi  “Jismoniy 

tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-5368-sonli  Farmoni  va  boshqa  shu  kabi  konseptual 

hujjatlar  talablari  doirasida  shakllanib  bormoqda.  Lekin,  bu  borada  erishilgan 

yutuqlar tarix sahifasiga mansubdir. Taraqqiyot “g‘ildiragi” to‘xtab qolmaganidek, 

sport  natijalari  ham  raqobat  ta’sirida  o‘smay  qolmaydi.  Demak,  o‘zbek sportining 

mamlakatimizda  va  jahon  arenalaridagi  taqdiri  hamda  salohiyati  bo‘lajak 

mutaxassis-kadrlarning  kasbiy-pedagogik  bilimlari  va  amaliy  mahorati  bilan 

belgilanadi.  Mazkur  darslikning  strategik  maqsadi  jismoniy  tarbiya  va  sport, 

xususan  voleybol  bo‘yicha  o‘qituvchi-trenerlik  kasbini  egallash  niyatida  muvofiq 

oliy  ta’lim  maskanlariga  o‘qishga  kirgan  talabani  milliy  istiqlol  g‘oyasi, 

“O‘zbekiston  konstitutsiyasi”,  “Ta’lim  to‘g‘risida”,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”,  “Jismoniy  tarbiya  va  sport  to‘g‘risida”gi  Qonunlar  talablari  doirasida 



 

 



oilasi,  xalqi  va  yurtiga  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatuvchi,  ularga  sidqidildan  xizmat 

qiluvchi,  mustaqil  fikrlovchi,  jismonan  baquvvat  va  aqlan  teran,  yuksak 

madaniyatli,  o‘z  kasbiga  xos  sir-asrorlarni  chuqur  o‘zlashtirgan,  milliy  va 

umumbashariy  qadryatlarni  e’zozlovchi,  ijodkor  va  tashabbuskor  shaxs  sifatida 

tarbiyalash hamda unda kasbiy bilim va mahoratni shakllantirishga qaratiladi. 

Amaliyotga  taqdim  e’tilayotgan  ushbu  darslik  “O‘zbekiston  davlat  jismoniy 

tarbiya  instituti”  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.  Mirzi-yoyev 

tomonidan 

qabul 

qilingan 



Farmonga 

(PF-5368, 

05.03.2018) 

muvofiq 



Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə