Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317
fayl 2055 20211105

Fanning  maqsadi

  –  voleybol  ixtisosligi  bo‘yicha  bakalavriaturada  ta’lim 

olayotgan  talaba  –  bo‘lajak  o‘qituvchi-trenerda  dasturda  belgilangan  kasbiy-

pedagogik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga qaratiladi.  



Fanning vazifalari

 – voleybol ixtisosligi bo‘yicha trener-o‘qituvchining ko‘p 

komponentli kasbiy-pedagogik funksiyalarining (boshqaruvchilik, mashq-lantirish, 

tashkilotchilik, tarbiyachilik  va h.k.) tarkibiy tuzilishi,  mohiyati,  maz-muni  haqida 

chuqur  va keng tasavvurga ega bo‘lishi,  mavjud  ilg‘or tajribalar  va  ilmiy-tadqiqot 

natijalariga  asoslangan  nazariy  bilimlar,  amaliy  ko‘nikma  hamda  malakalarni 

o‘zlashtirishini 

ta’minlash, 

ularni 

malakaviy 

amaliyotlar 

davomida 

mukammallashtirish,  voleybolga  tanlov  o‘tkazish,  diagnostik,  seleksion-prog-

nostik  ishlar  kabi  kasbiy-funksional  qobiliyatlarga  ega  bo‘lishi,  turli  yoshli  va 

malakaga  mansub voleybolchilar bilan  mashg‘ulot hamda  musobaqalar o‘tka-zish, 

hakamlik qilish va musobaqani boshqarish sirlarini o‘rgatishga mo‘ljal-lanadi.  

Ushbu  fan  dasturiga  asosan  talabaga  quyidagi  malakaviy  talablar  qo‘yiladi. 

Talaba:

  

- “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fani dasturiga kiritilgan barcha ma’ruza 



mavzulari bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, 


 

 



malakaviy  amaliyotlar  davomida  shakllantiriladigan  kasbiy-pedagogik  ko‘nikma 

va malakalarni 



o‘zlashtirishi

-  mazkur  jarayonda  mahalliy  va  xorijiy  mutaxassislarning  ilg‘or  tajribalari, 



innovatsion-pedagogik  va  axborot-kommunikatsion  texnologiyalardan  faol 

foydalanishi

-  fanga  doir  tarixiy-evolyutsion  materiallar,  jismoniy,  texnik-taktik  va 



psixologik  tayyorgarlik  jarayonlarining  mohiyati,  mazmuni  hamda  ushbu  jara-

yonlarni amalga oshirish texnologiyasi, uslublari, vositalari va prinsiplarini 



bilishi

- o‘yin texnikasi va taktikasi, ularga o‘rgatish, tanlov va seleksion ishlar, turli 



yosh  va  malakaga  mansub  voleybolchilar  hamda  jamoalar  bilan  mashg‘ulot 

o‘tkazish texnologiyasini chuqur 



egallashi

- musobaqa qoidalari, hakamlar va hakamlik qilish, musobaqalar tashkil qilish 



va  o‘tkazish,  musobaqa  samaradorligini  ilmiy  asosda  aniqlash,  olingan  natijalar 

yordamida jamoani boshqarish bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni 



o‘zlashtirishi

;  


-  tayyorgarlik  turlari  mohiyati  va  mazmunini  bilish,  ularni  rivojlantirish, 

ularni  shakllanish  dinamikasini  ilmiy-pedagogik  uslublar,  test  mashqlari  yorda-

mida baholash ko‘nikmalari va mezonlarini bilish hamda qo‘llash malakalariga 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə