Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Asosiy tushunchalar va atamalar



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   317
fayl 2055 20211105

 

1.3. Asosiy tushunchalar va atamalar 

 

“Voleybol  nazariyasi  va  uslubiyati”  fanida  (shu  jumladan  voleybol 



amaliyotida  ham)  tez-tez  takrorlanib  turadigan  tushunchalar  va  atamalar 

mohiyatini  bilish,  ularning  mantiqiy  ma’nosini  anglab  olish  ushbu  darslik 

mavzulari va materiallarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkonini yaratadi. 

Quyida qator tushunchalar va atamalar mohiyati ochib berilgan. 



Texnika

  –  yunoncha  (tehnus)  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  o‘zbek  tilida 

“san’at”  ma’nosini anglatadi. Sport amaliyotida, va xususan voleybolda “texnika” 

harakat  malakalari,  o‘yin  usullarining  tuzilish  shakli,  mazmuni  va  ijro  etish 

tartibini ifodalaydi. Muayyan harakat (o‘yin usuli – zarba, to‘p uzatish, to‘p kiritish 

va  h.k.)  texnikasi  maxsus  mashqlar  yordamida  qanchalik  ko‘p  va  uzoq  vaqt 

takomillashtirilsa,  u  shunchalik  go‘zal,  chiroyli,  yengil,  bioenergetik  jihatdan 

tejamli, samarali, aniq va “san’at” darajasida ijro etiladi.  



Taktika

  –  yunoncha  (taktikus)  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  o‘zbek  tilida 

“tartiblashtirish” ma’nosini anglatadi.  

Strategiya

  –  yunoncha  (strategia)  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  harbiy  sohada, 

siyosiy  partiyalarda  eng  samarali  yo‘l,  usul  yoki  vositani  tanlab,  g‘alaba  sari  olib 

borish ma’nosini ifodalaydi. 



O‘yin  malakalari

  –  o‘yin  vositalari  (to‘p  uzatish,  to‘p  qabul  qilish,  zarba, 

to‘siq, to‘p kiritish)ni ifodalovchi harakat turlarini anglatadi.  

O‘yin usullari

 – o‘yin malakalarini turlicha usullar (yuqoridan va pastdan ikki 

qo‘llab  hamda bir qo‘llab to‘p uzatish, to‘g‘ri  yo‘nalishda zarba berish  yoki burib 

zarba berish, to‘p kiritish turlari va h.k.)da ijro etishni ifodalaydi. 



Taktik  harakat

  –  samarali  natija  yoki  g‘alabaga  qaratilgan  hamda  yakka, 

guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan malakalarni anglatadi.  



 

12 


 

Texnik tayyorgarlik

 – texnik mahoratni shakllantirishga qaratilgan peda-gogik 

jarayon.  Ushbu  jarayonning  natijasi  texnik  mahoratni  o‘sganlik  darajasini 

ko‘rsatadi.  



Taktik tayyorgarlik

 –  taktik  mahoratni shakllantirishga qaratilgan peda-gogik 

jarayon.  Ushbu  jarayonning  natijasi  taktik  mahoratni  o‘sganlik  darajasini 

ko‘rsatadi.  



Mashg‘ulot  yuklamasi

  –  muayyan  hajm,  shiddat,  muddat,  takrorlanish, 

yo‘nalishda ijro etiladigan va sportchi organizmiga (ish qobiliyatiga) ta’sir etuvchi 

mashqlar yig‘indisini ifodalaydi. 



Musobaqa yuklamasi

 – musobaqa davomida bajariladigan va ish qobiliya-tiga 

ta’sir etadigan o‘yin yuklamasini anglatadi.  

Tanlov  va  o‘yin  ixtisosligi  (amplua)ga  yo‘naltirish

  –  nasliy  va  hayot 

davomida  erishilgan  jismoniy  (bo‘yi,  vazni,  kuch,  tezkorlik,  sakrovchanlik, 

chaqqonlik,  chidamkorlik,  egiluvchanlik  va  h.k.)  va  psixo-fiziologik  (harakat 

reaksiyasi,  ko‘rish  doirasi,  ko‘rish  o‘tkirligi,  diqqatning  jamlanishi,  eslab  qolish 

qobiliyati,  yurakni  qisqarish  chastotasi,  nafas  olish  chastotasi,  arterial  qon  bosimi 

va  h.k.)  ko‘rsatkichlarni  baholash  asosida  sport  turiga  saralab  olish  hamda 

boshlang‘ich  tayyorgarlik  yakuniga  borib  va  o‘quv-trenirovka  bosqichi  davomida 

o‘yin  ixtisosligiga  yo‘naltirish  jarayonlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Tanlov  ko‘p  qirrali, 

keng qamrovli va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, har o‘quv-trenirovka yili yakunida 

o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Terma va klub jamoalariga qabul qilish (saralash) ham 

tanlov asosida amalga oshiriladi. 

Bundan  tashqari  voleybol  amaliyotida  “Zarbaga  qisqa,  uzun,  tezkor  to‘p 

uzatish”,  “Morita”  (yapon  o‘yinchisi  ismi  bilan  atalgan)  finti,  “Kesim”  (krest), 

“To‘lqin” (volna), “Ketma-ket” (eshelon) va boshqa shu kabi atamalar qo‘llaniladi. 

Ularning mohiyati muvofiq boblarda izohlangan.



 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə