Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Boshqaruvchilik (mashqlantirish) funksiyasi



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   317
fayl 2055 20211105

2.2. Boshqaruvchilik (mashqlantirish) funksiyasi 

 

Ta’lim-tarbiya  muassasalarida,  jismoniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlarida 

“tarbiyachi”,  “o‘qituvchi”,  “rahbar”,  “trener”  atamalari  tez-tez  qo‘llanib  turadi. 

Hatto  shu  kasb  toifalariga  mos  alohida  shtat  lavozimlari  ham  belgilangan. 

Mutaxassislarni mazkur toifalarga mansub shtat lavozimlariga bo‘linishi, hatto ular 

barchasi  ham  tarbiya,  o‘rgatish  (o‘qitish),  ham  uslubiy,  ilmiy  va  tashkiliy  ishlar 

bilan  shug‘ullansalarda,  bari-bir  ularning  funksional  faoliyati  bir-biridan  farq 

qiladi.  Masalan,  maktabgacha  ta’lim-tarbiya  muassasalarida,  dam  olish 

maskanlarida  va  shunga  o‘xshash  tashkilotlarda  “tarbiyachi”  lavozimida  faoliyat 

yurituvchi  mutaxassislar  asosan  xulq-atvor,  odob-axloq,  ma’naviy-madaniy, 

umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tarbiyalash ishlari bilan shu-g‘ullanadilar. 

O‘qituvchilar  ta’lim  muassasalarida  ham  o‘qitish  (o‘rgatish),  ham  tarbiya 

ishlari  bilan  shug‘ullanadilar.  Ammo,  sport  maktablari,  sport  klublari  va  terma 

jamoalarda  faoliyat  yurituvchi  mutaxassis-trener,  ushbu  mavzu  doirasida  ijod 

qilayotgan  deyarli  barcha  mualliflar  fikriga  qaraganda,  ham  tarbiyachi,  ham 

o‘rgatuvchi,  ham  tashkilotchi,  ham  shug‘ullanuvchilarga  ota,  “o‘rtoq”,  masla-

hatchi  va shifokordir (M.I. Stankin, 1998; A.Ya. Korx, 2000; M.V. Sanaya, 2010; 

Yu.D.  Jeleznyak,  2013).  Shuning  uchun  ta’kidlash  joizki,  trener  “tarbiyalash 

asosida  mashqlantirmaydi”,  aksincha,  “mashqlantirish  asosida  tarbiyalaydi”. 

Bunday  yondashuv  aynan  trenerning  serqirra,  keng  qamrovli  va  mashaqqatli 

ffunksional faoliyatini ifodalaydi. 

Agar  bola  bog‘chada  faqat  kunduzi,  ish  kunlari  ta’lim-tarbiya  olsa,  agar 

o‘quvchi va talabalar darsdan keyin uylariga ketsa, ular o‘qituvchining nazoratidan 



 

20 


 

chetda qoladilar va ota-onaning nazoratiga o‘tadilar. Lekin, trener nafaqat kunduzi 

o‘z  shogirdlarini  mashqlantirish  asosida  tarbiyalaydi,  balki  musobaqalarda  va 

o‘quv-mashg‘ulot  yig‘inlarida  kechayu-kunduz  kuzatib  boradi,  nazorat  qiladi, 

ovqatlanish, dam olish, uxlash va harakat me’yorlariga rioya qilishni talab qiladi. 

Savol tug‘iladi: “Nima uchun trener mashqlantirish asosida tarbiyalaydi, lekin 

aksincha  emas?”  Gap  shundaki,  psixologiyada  shunday  fikr  ilgari  suriladiki, 

“inson”  o‘ziga  xos  xususiyatini  tinch  holatda  emas,  balki  biror-bir  amaliy 

faoliyatda  (suhbat,  qo‘shiq  aytish,  biror  mashqni  bajarish  va  h.k.)  oshkor  etadi. 

Binobarin,  faqat  so‘z,  suhbat,  ko‘rsatma  yoki  talab  orqali  sportchini  “to‘laqonli” 

tarbiyalab  bo‘lmaydi  (aslida  bu  ham  kerak  chora),  uning  xarakteri,  irodasi, 

qat’iyatliligi, matonati va boshqa shu kabi xislatlarni shakllantirish imkoniyati o‘ta 

chegaralangandir. Aksincha, ushbu  xislatlar kundalik  mash-g‘ulotlar,  musobaqalar 

ta’sirida  sayqal  topadi,  shakllanadi.  Ma’lumki,  “trener”  va  “trenirovka”  atamalari 

o‘zining  etimologik  mohiyati  bilan  inglizcha  “

treening

”  so‘zidan  olingan  bo‘lib, 

“o‘rgatish”,  “o‘qitish”,  “o‘zlashtirish”,  “takomillashtirish”,  “tarbiyalash”  kabi 

ma’nolarni anglatadi. 

Trenerning  “trenirovka”  o‘tkazish  davomida  nafaqat  axloq-odob,  xulq-atvor, 

ruhiy-jismoniy  iroda,  ma’naviy-madaniy,  etik-estetik  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

shakllanadi,  tarbiyalanadi,  balki  qaddi-qomat  va  harakat  madaniyati,  estetikasi, 

funksional  organlar  (yurak,  o‘pka,  buyrak,  mushak  tolalari  va  h.k.)  shakli  va 

ularning ish qobiliyati o‘zgaradi – kuchayadi, jismoniy sifat, harakat malakalari va 

sport  mahorati  (“formasi”)  tarbiyalanadi.  Trenirovka  o‘z  mohiyati  va  mazmuni 

bilan  “dressirovka”  (fransuzcha  – 

dresser

  –  o‘rgatish  ma’nosini  anglatadi) 

jarayoniga  aylanib  qolishi  mumkin  emas.  Boshqacha  aytganda,  trenerning 

trenirovka  qildirish  (mashqlantirish)  funksiyasi  tarkibidan  “harakatni  reflektiv 

(avtomatik  –  ongsiz  ravishda)  tarzda  qayta-qayta  tayyorlash”  prin-sipini  chiqarib 

tashlash  zarur.  Bunday  yondashuv  asosida  harakatni  mashq-lantirish  sportchini 

“robot”  qilib  qo‘yadi,  u  musobaqa  vaqtida  mustaqil  qaror  qabul  qilish  va  uni  ijro 

etishni eplay olmaydi. 




 

21 


 

Trener  trenirovka  qildirish  asosida  yuqorida  qayd  etilgan  barcha  sifatlar, 

xislatlar,  fazilatlar,  hayotiy  zarur  harakat  ko‘nikmalari  (yurish-yugurish,  o‘tirish-

turish, 


to‘xtash, 

sakrash


 

va

 



h.k.),

 

sport 



malakalarini 

“trener


sportchi


trener


sportchi”  sxematik  prinsipda  tarbiyalashi  darkor.  Bu 

borada  u  (trener),  albatta  shug‘ullanuvchilar  yoshi,  jinsi,  jismoniy  va 

psixofunksional  imkoniyat-larini  e’tiborga  olishi  shart  1-rasmda  o‘qituvchi-

trenerning boshqaruvchilik-mashqlantirish funksiyasini ifodalovchi tasnifiy andoza 

aks ettirilgan. 

 

 

1-rasm. Boshqaruvchilik-mashqlantirish funksiyasining tasnifiy andozasi 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə