Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


 Tarbiyachilik funksiyasi



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   317
fayl 2055 20211105

 

2.3. Tarbiyachilik funksiyasi 

 

  O‘qituvchi-trenerning  serqirra,  mashaqqatli  va  keng  qamrovli  funksional 



faoliyati  nafaqat  uning  mehnat  jarayonini  vizual  kuzatish  asosida  baholanishi 

mumkin, balki bir qator mualliflar fikriga qaraganda ushbu jarayon turli yo‘nalishli 

tadqiqotlar yordamida o‘rganilishi afzal ekan (G.D. Babushkin, 1993; M.I. Stankin, 



 

22 


 

1998;  A.Ya.  Korx,  2008;  M.V.  Sanaya,  2010;  Yu.D.  Jeleznyak,  2013;  N.V. 

Resheten, 2015). 

O‘qituvchi-trener  shug‘ullanuvchilar  guruhida  yoki  sport  jamoasida  asosiy 

boshqaruvchi  subyekt  bo‘lib,  u  o‘z  faoliyatini  nafaqat  yuqori  malakali  sportchilar 

tayyorlash  ishlariga  qaratadi,  balki  birinchi  navbatda  har  tomonlama  shakllangan, 

sog‘lom,  yuksak  ma’naviyatli,  madaniyatli,  tashabbuskor,  mustaqil  fikrlovchi, 

xalqchil  va  vatanparvar shaxsni tarbiyalay  olishga qodir bo‘lmog‘i  lozim.  Bunday 

ishni  maqsadli  amalga  oshirish  uchun  trener  faqatgina  o‘z sport  turining  ustasi  va 

bilimdoni  emas,  balki  u  sport  trenirovkasining  anatomik,  biomexanik, 

psixofiziologik, hatto bioximik asoslarini ham o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Yuksak 

ma’naviyatli  sportchini  tarbiyalash  uchun  trener  ijtimoiy-gumanitar,  iqtisodiy  va 

boshqa  fanlar  bo‘yicha  yetarli  bilimga  ega  bo‘lishi  maqsadga  muvofiqdir.  Etika, 

estetika,  umumbashariy  va  milliy  qadriyatlarni  bilgan  trener  o‘z  shogirdlariga 

namuna  bo‘ladi,  ular,  ularning  ota-onalari  va  boshqalar  o‘rtasida  obro‘-e’tibor 

orttiradi.  Bugungi  sport  mashg‘ulotlariga  xos  katta  hajmli  va  o‘ta  shiddatli 

yuklamalarga  bardosh  berish,  toliqqanda,  hatto  shikastlanganda  ham  o‘zini 

g‘alabaga  safarbar  qilish  bilan  bog‘liq  iroda,  qat’iyatlik,  matonat  kabi  xislatlarni 

shakllantirish ham trenerning tarbiya-lovchilik funksiyasiga asoslanadi. 

Gap  shundaki,  o‘qituvchi-trener  o‘z  o‘quvchilariga  xarakter,  ong,  diqqat, 

xotira,  idrok,  iroda,  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarni  shakllantirish  bilan  bir 

qatorda,  ularning  yoshi,  jinsi  va  individual  imkoniyatlariga  qarab  mashg‘ulot-

musobaqa  yuklamalarini  tabaqalashtirilgan  holda  qo‘llash  me’yorlarini  bilishi 

zarur.  Chunki,  tarbiya  samaradorligi  faqat  so‘z,  nasihat,  muloqot,  suhbat  vositasi 

orqali ta’minlanmaydi, balki amaliy mashg‘ulot va musobaqalar davomida yanada 

jadallashadi. 

Falsafiy-dialektik  prinsiplarga  muvofiq  ma’lumki,  faqat  mashqlar  yukla-

malarini  maqsadli,  tabaqalashtirilgan  va  miqdorlangan  tartibda  sekin-asta  oshira 

borish  hamda  qo‘llash  harakat  natijasiga  ijobiy  ta’sir  etuvchi  proportsional 

shakllangan  qaddi-qomatni  tarbiyalashga  imkon  yaratadi,  binobarin  harakat 

madaniyati  va  san’ati  sayqal  topadi.  Bunday  yondashuv  doirasida  tarbiyalashga 



 

23 


 

rioya qilmaslik organizmda zo‘riqish, o‘ta toliqish yoki shikastlanish oqibat-lariga 

duchor  qilishi  mumkin.  Boshqacha  qilib  aytganda,  tarbiyalash,  o‘rgatish  va 

mashqlantirish  jarayonlarini  amalga  oshirishda  yuklamalarni  “to‘lqinsimon” 

prinsipda  oshira  borish  falsafaning  “shakl  va  mazmun”  qonuniyatiga  mos  “tana 

shakli”  (qaddi-qomat)  va  “boy  harakat  mazmuni”ni  shakllantirishga  turtki  beradi. 

Aks  holda  falsafaning  ikkinchi  “sabab  va  oqibat”  qonuniyatiga  asosan 

yuklamalarni  zo‘rma-zo‘raki  va  betartib  qo‘llash  “sabab”  bo‘lib,  shikastlanish, 

jarohat yoki zo‘riqish kabi “oqibat”ni yuzaga keltiradi. 

Trenerning  funksional  vazifalari  va  burchlari,  uning  serqirra,  mashaqqatli 

mehnati  jamoali  sport  turlarida  yanada  kengayadi.  Masalan,  voleybol  bo‘yicha 

faoliyat  yuritadigan  trener  faqatgina  bir  voleybolchini  emas,  balki  barcha  jamoa 

a’zolarini  ularning  xarakteridan  qat’i  nazar  yagona  serqirra  maqsad  sari  o‘zaro 

hamjihatlik,  hamkorlik  va  bir-biriga  yordam  ko‘rsatish  xislatlarini  tarbiyalashi, 

jismoniy  sifatlari  va  texnik-taktik  ko‘nikmalarini  zarur  tartibda  shakllantirishi 

kerak  bo‘ladi.  Ushbu  jarayonlarda  foydali  natijalarga  erishish  shug‘ullanuvchilar 

psixologiyasini  muvofiq  tartibda  tarbiyalash,  qiyinchiliklardan  qo‘rqmaslik, 

musobaqalarda  o‘ta  hayajonlanish,  tushkunlikka  tushish  (apatiya,  lixoradka), 

titrash,  befarq  bo‘lish  holatlariga  tushmaslik,  aksincha,  faol  motivatsiya,  ijobiy 

emotsional hissiyotlarni yuzaga keltirish choralarini qo‘llash talab qilinadi. Buning 

uchun  o‘qituvchi-trener  mashg‘ulotlar  davomida  ong,  diqqat,  idrok,  xotira, 

tafakkur,  iroda  kabi  ruhiy-intellektual  xislatlarni  ham  tarbiyalashi  maqsadga 

muvofiqdir (2-rasm). 



 

24 


 

 

2-rasm. O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali tarbiyachilik funksiyasi




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə