Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   317
fayl 2055 20211105

avtoritar

  yondashuv  asosida  rahbarlik  qilish.  Bunday  toifaga 

mansub  trener  faoliyati  –  rahbarlik  qilishi  shuni  anglatadiki, 

trener

  jamoa  uchun 




 

26 


 

buyruq  beruvchi  yagona  subyekt,  “barcha  narsa”  uning  erki,  istak-xohishiga 

bo‘ysunadi, uning gapi yoki ko‘rsatmasi jamoa uchun “qonun” – “shikoyatga o‘rin 

yo‘q”.  Qizig‘i  shundaki,  bunday  trenerlar  aksariyat  hollarda  obro‘-e’tiborga 

sazovor  bo‘lar  ekan.  Ehtimol,  bunday  oqibat  “bir  gap”  trenerning  o‘z  ishiga 

prinsipial  yondashishidadir.  Ushbu  toifaga  mansub  trenerlar  o‘zining  rahbarlik 

faoliyatini  buyruqlar  yoki  ko‘rsatmalar  asosida  tashkil  qiladi.  Jamoa  a’zolari  esa, 

hatto  trener  yordamchilari  ham  buyruq  yoki  ko‘rsatmani  “bekamu-ko‘st”  ijro 

etishlari shart. Faoliyat “trener sportchi” formulasiga binoan olib boriladi. Bunday 

yondashuv asosida jamoani boshqarish, mashg‘ulot yoki musobaqani tashkil qilish, 

ba’zida  ayrim  hayotiy  yoki  oilaviy  muhim  vaziyatlar,  ruhiy  tushkunlik,  o‘ta 

toliqish yoki boshqa holatlarni nazarda tutmaydi. 

Mazkur  toifaga  moslashgan  trenerlar  barcha  muammolarni  o‘zi  hal  qilishga 

odatlangan  bo‘ladi  yoki  boshqa  yuklangan  vazifa  (buyruq)  natijasini  shaxsan 

nazorat qiladi  va to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha qaror qabul qiladi.  Hatto 

bunday  trenerlar  ilmiy  asoslangan  statistik  yoki  tadqiqot  ko‘rsatkichlariga  ham 

shubha  bilan  qarashga  intiladilar  yoki  bu  ko‘rsatkichlardan  qanday  tartibda 

foydalanishni  o‘zlari  hal  qiladilar.  Shunday  bo‘lsada,  avtoritar  yondashuv  asosida 

rahbarlik  qiluvchi  trenerlar  sport  amaliyotida  keng  tarqalgan.  Diqqatni  jalb 

qiluvchi joyi shundaki, aksariyat sportchilar shunday  yondashuv asosida  rahbarlik 

qiluvchi  trenerlarni  yoqtirishadi.  Ehtimol,  bu  sportchini  ortiqcha  mas’uliyatdan 

ozod bo‘lishi bilan bog‘liqdir. 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə