Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   317
fayl 2055 20211105

2.6. Loyihachilik funksiyasi 

 

 



O‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari, o‘quv-trenirovka yig‘inlari va umuman turli 

musobaqalarga  sportchilarni  tayyorlash  jarayonlari  ilmiy  asosda  ishlab  chiqilgan 

rejalashtiruv  hujjatlari,  dasturlar,  me’yoriy  talablar  va  xorijiy  tajribalar  yordamida 

amalga  oshirilishi  har  bir  trenerning  asosiy  funksional  vazifasidir.  Binobarin, 

zamonaviy  trener  sportchilar  faoliyati,  mashg‘ulotlarni  o‘tkazish,  ularni  turli 

musobaqalarga  tayyorlash  va  rahbarlik  qilayotgan  jamoani  samarali  boshqarish 

uchun  yuqorida  qayd  etilgan  barcha  hujjat  va  dasturlarni  loyihalash,  xalqaro 



 

32 


 

talablarga mos tartibda qayta ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ularni 

takomillashtirish bilimlari va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. 

Trener  jamoani  maqsadli  boshqaruvchi,  uning  taqdirini  hal  qiluvchi  yagona 

subyekt  sifatida  yuksak  darajada  shakllangan  loyihalashtirish  qobiliyatiga  ega 

bo‘lmog‘i  darkor.  Mashg‘ulot  va  tayyorgarlik  jarayonlarini  loyihalashtirish  ishlari 

esa  “ko‘r-ko‘rona”  yondashuv  yoki  faqat  subyektiv  fikrlar  asosida  amalga 

oshirilishi mumikn emas, balki, aksincha, shug‘ullanuvchilar yoshi, jinsi, jismoniy, 

texnik-taktik  va  psixofunksional  imkoniyatlarini  e’tiborga  olgan  holda,  olib 

borilgan  kuzatuv,  statistik  ma’lumotlar  va  tadqiqot  natijalari  asosida  hal  etilishi 

talab qilinadi. 

Loyihalashtirish  qobiliyatini  shakllanishida,  mashg‘ulot  va  tayyorgarlik 

jarayonlarini  maqsadli  hamda  foydali  natija  keltiruvchi  qiymat  bilan  ishlab 

chiqishda  ijodkorlik  qobiliyati,  jumladan,  o‘quv-mashg‘ulot  nazariyasi  va 

uslubiyatiga doir bilimlar, ularning ilmiy mohiyatini o‘zlashtirgan bo‘lishi ustuvor 

ahamiyat  kasb  etadi  (G.D.  Babushkin,  1993;  A.Ya.  Korx,  2000;  E.A.  Seytxalilov, 

2006; Yu.D. Jeleznyak, 2013; N.I. Nikolayeva va b., 2016). 

Ushbu  mualliflarning  ta’kidlashicha,  o‘quv-trenirovka  mashg‘ulotlari  va 

musobaqalarning  pirovard  samaradorligi  ijodkorlik  mahorati,  pedagogik  kuzatuv, 

test nazorati va tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan loyihalar sifatiga bog‘liq 

bo‘lar  ekan.  Aynan  shunday  loyiha  mashg‘ulot  va  musobaqani  samarali 

boshqarish,  bo‘lajak  natijani  oldindan  bashoratlash,  kerak  bo‘lganda  loyihaga 

o‘zgartirish  yoki  qo‘shimchalar  kiritish  imkoniyatini  yaratar  ekan.  Bunday  loyiha 

asosida  mashg‘ulotlarni  o‘tkazish  va  musobaqalarni  boshqarish  sportchilarda, 

jamoada emotsional faollikni kuchaytirishi, kayfiyatni ko‘tarishi, dominantlashgan 

motivatsiyani  yuzaga  keltirishi,  g‘urur,  matonat  va  ishonch  his-tuyg‘ularini 

uyg‘otishi aksariyat tajribali, yetakchi trenerlar tomonidan tan olingan. 

O‘qituvchi-trenerning  loyihachilik  funksiyasi  ommaviy  sog‘lomlashtirish 

voleybolini rejalashtirish, ommaviy voleybol maydon-maydonchalarini loyiha-lash 

va qurish ishlarini ham o‘z ichiga oladi. “Ommaviy sportdan professional sportga!” 

prinsipiga  asoslangan  holda  ommaviy  sog‘lomlashtirish  voleybol  chegarasini 



 

33 


 

yanada  kengaytirish  imkoniyati  joylarda  ochiq  voleybol  maydon-chalarini 

loyihalashtirish,  barpo  etish  va  ommaviy  mashg‘ulot  hamda  musoba-qalarni 

o‘tkazish  bilan  bog‘liqdir.  Ochiq  voleybol  maydonchasini  loyihalash-tirish  va 

barpo  etish  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  egadir.  Bunday  maydonchaning  formati, 

o‘lchamlari,  uskuna  va  jihozlarni  yopiq  voleybol  maydonchanikidan  farq 

qilmasligi  maqsadga  muvofiq.  Ochiq  voleybol  maydonchasini  18x9 

li  to‘g‘ri 

to‘rtburchak  shaklda  qurish  uchun  dastlab  joy  tanlandi.  Maydon  o‘lchamlari 

chegarasidan  tashqari  3 



m

  dan  kam  bo‘lmagan  bo‘sh  zona  bo‘lib,  bu  bo‘shliqda 

begona  predmetlar,  daraxt  yoki  boshqa  qurilmalar  bo‘lmasligi  zarur.  maydon 

o‘lchamlari  to‘g‘ri  to‘rtburchak  shaklida  (18x9 



m

)  belgilagandan  so‘ng  yon  va 

chiziqlar  ortidagi  3 

m

  li  bo‘sh  zonalarni  qo‘shgan  holatda  shu  maydon  ichining 

birinchi  qatlami  tozalanib,  so‘ng  maydon  yuzidagi  yomg‘ir  suvi  tezda  so‘rilib 

ketishi  uchun  drenaj  ishlari  amalga  oshiriladi.  Maydonchani  drenaj  qilish  uchun 

avval maydoncha tahminan 30-40 

sm

 chuqurlikda kavlanadi va kavlangan joy yuzi 

tekislanadi. Keyin maydalangan shlak, mayda shag‘al, qum aralashmasi kavlangan 

joy  yuziga  bir  tekisda  yotqiziladi.  So‘ng  bir  qatlam  mayda  toshlar  va  mayda 

shag‘al,  ularning  ustiga  yana  yirik  qum  bir  tekisda  tashlanadi.  Keyin  yotqizilgan 

aralashmalar ustiga suv quyiladi. Suv singib, aralashmalar quri-ganidan so‘ng ular 

ustidan og‘ir “katok” yurgaziladi (trambovka). Kavlangan joyning qolgan qismiga 

yana  dastlabki  aralashma  (shlak,  shag‘al,  qum)  yotqiziladi  va  yana  “trambovka” 

qilinadi.  Maydonning  eng  yuqori  qismiga  tuproq,  yirik  qum,  tuz  yoki  ishlab 

bo‘lingan ohak kukuni o‘t o‘sib ketmaslik uchun yotqiziladi va trambovka qilinadi. 

Maydonchaning  so‘nggi  qismiga  qizil  qum  yotqiziladi  va  mayda  yuzida  yomg‘ir 

suvi turmaydigan darajada tekis-lanadi. Keyin A nuqtadagi qoziqdan radiusi 9 



m

 li 


yoysimon  chiziq  belgilanadi,  B  nuqtadagi  qoziqdan  esa  radiusi  20 

m

  18 


sm 

li 


yoysimon  chiziq  o‘tkaziladi.  Yoysimon  chiziqlarning  kesishgan  joyiga  qoziq 

qoqiladi. Keyin A nuqtadagi qoziqdan ham radiusi 20 



m

 18 


sm

 li yoysimon chiziq 

o‘tkaziladi,  B  nuqtadagi  qoziqdan  esa  radiusi  9 

m

  li  yoysimon  chiziq  o‘tkaziladi. 

Bu  joyda  ham  ikki  yoysimon  chiziqlar  kesish  nuqtada  (C)  qoziq  qoqiladi.  So‘ng 

nuqtalardagi  qoziqlararo  ip  tortilib,  ohak  bilan  5 



sm

  kenglikda  yon  va  orqa 




 

34 


 

chiziqlar  chiziladi.  Shundan  keyin  musobaqa  qoidalariga  asosan  barcha  o‘lchamli 

chiziqlar  (hujum  chiziqlari,  to‘p  kiritish  zonalarini  belgilovchi  chiziqlar  va  h.k.) 

belgilanadi (1-rasm). 

 

6-rasm.

 Maydon o‘lchamlarini loyixalashtirish va chiziqlar o‘lchamini aniqlash 

metodikasi. 

 

Maydon  o‘lchamlarini  belgilash  uchun  avval  maydon  uchun  tanlangan  joyda 



A va B raqami bo‘ylab to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi, so‘ng A va B nuqtalarga yog‘och 

qoziq  o‘rnatiladi.  6-rasmda  o‘qituvchi-trenerning  ko‘p  qirrali  loyixachilik 

funksiyasi aks ettirilgan.  



 

35 


 

 

 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə