Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


-rasm.  Diagnostik funksiyasining tasnifiy andozasi    2.9. Seleksion-bashoratlash funksiyasi



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   317
fayl 2055 20211105

9-rasm.

 Diagnostik funksiyasining tasnifiy andozasi 

 

2.9. Seleksion-bashoratlash funksiyasi 



 

Har bir o‘qituvchi-trener o‘zining kasbiy-pedagogik faoliyatida barcha kasbiy 

funksiyalarni  mukammal  o‘zlashtirish  bilan  bir  qatorda  seleksion-bashoratlash 

qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  ustuvor  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  kasbiy  funksiya 

o‘qituvchi-trenerning yoshi, uning tajribasi va kvalifikatsion toifasidan qat’i nazar 

shu  mutaxassisning  iste’dodi  hamda  pedagogik  qobiliya-tini  belgilovchi  omil 

sifatida  xizmat  qiladi.  Chunki  voleybol  to‘garaklari  tanla-nadigan  bolalar, 

mashg‘ulotlarni  o‘tkazish,  iste’dodli  voleybolchilarni  jamoaga  jalb  qilish,  ularni 

muayyan  o‘yin  funksiyalariga  ixtisoslashtirishda  bo‘lajak  mahoratni  bashorat  qila 

bilish,  jamoa  tarkibini  yosh  o‘yinchilar  bilan  to‘ldirish  va  terma  jamoalarga 

nomzodlarni  tanlash  uchun  ularning  genetik  (nasliy)  xususiyatlari,  harakat 

qobiliyatlari,  oila  tarbiyasi  hamda  hayot  davomida  egallagan  ko‘nikma-

malakalarini  payqash  va  bilish  zarurdir.  Ma’lumki,  aksa-riyat  voleybol 

to‘garaklarida,  sport  maktablarida  bolalarni  voleybol  guruhlariga  tanlash  va  qabul 

qilish  jarayoni  e’lonlar,  takliflar  yoki  faqat  rasmiy  normativ  talablar  asosida 



 

39 


 

amalga  oshiriladi.  Natijada  bola  2-3  yil,  hatto  5-6  yil  muttasil  shug‘ullanib  kelsa-

da,  uning  tana  uzunligi  yoki  bir  qator  jismoniy  qobiliyatlari  voleybol  talablariga 

mos kelmay qolishi oshkor bo‘lib qoladi. Vaholanki bunday muddat jarayon uchun 

qancha  mashaqqatli  mehnat,  qancha  vaqt  va  qancha  mablag‘  behuda  sarflangan 

bo‘ladi.  Ana  shunday  holatlarni  oldini  olish  va  raqobatbardosh  hamda  kelajakda 

yetuk  voleybolchilarni  tarbiyalash,  yetish-tirishdek  yuksak  maqsadni  amalga 

oshirish  uchun  har  bir  o‘qituvchi-trener  barcha  kasbiy  funksiyalarni  o‘zlashtirish 

bilan bir qatorda seleksion-basho-ratlash  mahoratiga ega bo‘lishi talab qilinadi (9-

rasm). 


 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə