Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   317
fayl 2055 20211105

 

Nazorat savollari: 

 

1.

 



O‘qituvchi-trener  kasbini  tanlashning  biopsixologik  asoslarini  izohlab 

bering. 


2.

 

O‘qituvchi-trenerning  kasbini  tanlashning  ijtimoiy-pedagogik  asoslarini 



ta’riflab bering. 

3.

 



O‘qituvchi-trener  qanday  kasbiy-pedagogik  funksiyalarga  ega  bo‘lishi 

lozim?  


4.

 

O‘qituvchi-trenerga  xos  kasbiy-pedagogik  funksiyalar  haqida  qisqacha 



ma’lumot bering. 

5.

 



Tasnifiy  andozalarda  qayd  etilgan  kasbiy-pedagogik  funksiyalar  mohiyati 

nimalar bilan asoslanadi? 



 

III bob. VOLEYBOLNI VUJUDGA KELISHI, UNI JAHONDA  

VA O‘ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI 

 

3.1. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanishi 

 

Voleybol 1895-yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachuseti shtati-dagi 



Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor 

Vilyam  J.Morgan  tomonidan  yaratilgan.  U  voleybol  o‘yinini  oddiy,  ko‘p  mablag‘ 

sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan. 



 

44 


 

1896-yilda  Springfild  shahridagi  kollej  direktori  doktor  Alfred  Xalsted  bu 

o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida 

“parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi. 

1896-yilda tadbiq etilgan ba’zi-bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi: 

1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 



m.

 

2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 



m

, balandligi 198 



sm.

 

3. To‘pning vazni 252-336 



gr

, aylanasi 63,5-68,0 



sm.

 

4. O‘yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo. 



1895-1920-yillar  voleybol  o‘yini  rivojlanishining  birinchi  bosqichi  bo‘lib 

hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18 



m

 qilib belgilandi. 

O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 

1900-y.  –  Kanada,  1906-y.  –  Kuba,  1909-y.  –  Puerto-riko,  1910-y.  –  Peru, 

1917-y.  –  Braziliya,  Urugvay,  Meksika,  1914-y  –  Angliya,  1917-y.  –  Fransiya, 

Osiyoda: 1908-1913-yillar – Yaponiya, Kitay, Fillipinda. 

Voleybol  1920-1921-yillarda  o‘rta  Volga  (Qozon,  Nijniy  Novgorod) 

hududlarida  tarqala  boshladi.  1922-yildan  boshlab  voleybol  Vseobuch  (Umumiy 

harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. 

Moskvada voleybol bilan  muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakil-lari 

kirishdilar.  1923-yilda  tashkil  etilgan  “Dinamo”  jamiyati  sportning  boshqa  turlari 

bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. 

Xuddi  shu  yillarda  voleybol  Uzoq  Sharqda  –  Xabarovsk  va  Vladivostokda 

paydo bo‘ldi. 1925-yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. 

Jahon  voleybol  tashkilotlari  o‘z  oldilariga  mamlakatda  voleybolni 

ommalashtirish,  tarbiyaviy  ishlarni  kuchaytirish,  texnika  va  taktikani  mukam-

mallashtirish,  o‘yinchilarni  har  tomonlama  jismoniy  tayyorgarligini  yuksaltirish 

kabi qator vazifalarni qo‘ydilar. 

Voleybolni  keng  ommalasha  borishi  musobaqalarning  yagona  qoidalarini 

ishlab  chiqish  zaruriyatini  o‘rtaga  tashladi.  Jumladan,  1925-yilning  yanvarida 

Moskva  jismoniy  tarbiya  kengashi  voleybol  bo‘yicha  musobaqalarning  birinchi 

rasmiy qoidalrini tuzib, tasdiqladi. To‘rning balandligi  – ayollar  uchun 2 



m

 20 


sm

 



 

45 


 

va erkaklar  uchun – 2 



m

 40 


sm

 qilib belgilandi.  Ayollar jamoalarida o‘yin 15x7,5 



o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tka-zildi. 

1927-yildan  voleybol  bo‘yicha  Moskva  birinchiligi  muntazam  ravishda  o‘tkazila 

boshladi. 

Voleybol  bo‘yicha  ilk  adabiyot  1926-yilda  paydo  bo‘ldi  va  u  “Voleybol  va 

mushtlar jangi” deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V. Sisoyev va A.A. Marku 

edi. 


Shu  yillarda  voleybol  faqatgina  Moskvada  emas,  balki  Ukrainada,  shimoliy 

Kavkazda,  Kavkazortida,  Uzoq  Sharq  va  O‘rta  Volga  o‘lkalarida  ham  keng 

tarqaldi. 

1928-yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. 

Voleybol  taraqqiyotida  maktab  o‘quvchilarining  spartakiadasi  ham  (1929) 

katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik 

voleybol ustalari bo‘lib yetishdilar. 

Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning 

paydo  bo‘lishiga,  voleybol  taktikasining  rivojlanishiga,  o‘yinchilar  jismoniy 

tayyorgarligining  o‘sishiga  olib  keldi.  Shu  davrda  o‘yinchilar  maydonga  to‘pni 

kuch  bilan  kiritish,  aldov  zarbalari  usullarini  keng  qo‘llay  boshladilar,  uzatish 

texnikasiga  e’tibor  berdilar,  himoyaning  ahamiyati  ortib,  o‘yin  tezkor,  shiddatli 

bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi. 

Voleybolning  ommaviy  rivojlanishi  va  keng  targ‘ib  qilinishida  ko‘pgina 

madaniyat  va  istirohat  bog‘larining  maydonchalarida  o‘tkazilgan  musobaqalar 

katta ahamiyatga ega edi. 

30-yillarda  Olmoniyada  (Germaniya)  “Voleybol  –  rus  xalq  o‘yini”  deb 

nomlangan voleybol bo‘yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi. 

Turli  shaharlarning  eng  kuchli  jamoalari  orasida  birinchiliklar  o‘tkazilib 

turildi.  1931-yilda  Xarkovda  Moskva,  Dnepropetrovsk  va  maydon  egalarining 

erkak  va  ayollar  jamoalari  uchrashdilar.  Moskvalik  ayollar  g‘olib  chiqdilar,  har 



 

46 


 

uchchala  erkaklar  jamoasi  bittadan  mag‘lubiyat  va  g‘alabaga  ega  bo‘ldilar.  Bu 

uchrashuvlar “tez sur’atli” o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi. 

1932-yildan  voleybol  barcha  nufuzli  sport  musobaqalarining  dasturiga  teng 

huquqli  sport  turi  sifatida  kiritildi.  Shu  sababdan  voleybol  bo‘yicha  mamlakat 

musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘ta-rildi. 

Voleybol bo‘yicha “Ittifoq” birinchiligi ilk bora Rossiyaning Dnepro-petrovsk 

shahrida  1933-yilning  4-6-aprelida  bo‘lib  o‘tdi.  Musobaqalarda  ayollar  jamoasi 

(Moskva,  Dnepropetrovsk,  Xarkov,  Baku,  Minsk)  va  5  ta  erkaklar  jamoasi 

(Moskva,  Dnepropetrovsk,  Xarkov,  Tiflis,  Minsk)  ishtirok  etdi.  Aylanma  tartibda 

o‘tkazilgan  o‘yinlar  ko‘p  sonli  tomoshabinlarni  o‘ziga  jalb  qildi.  Qiziqarlisi, 

birinchilik  tugagach,  moskvalik  aralash  jamoalarning  ko‘rgaz-mali  o‘yinlari 

o‘tkazildi. Har bir jamoa tarkibida 3 ayol va 3 erkak bor edi. 

Voleybol  bo‘yicha  “Ittifoq”  ikkinchi  birinchiligi  1934-yilda  Moskvada 

o‘tkazildi.  Unda  tarkibida  9  kishilik  ayollar  va  erkaklar  jamoalari  qatnashdilar. 

Mamlakat  maydonida  endi  Leningrad,  Sverdlovsk,  Gorkiy,  Rostov,  Toshkent 

jamoalari paydo bo‘ldi. Shu yilning oxiridayoq Moskva terma jamoasi Uzoq Sharq 

safariga  chiqib,  Vladivostok,  Chita,  Ulan-Ude,  Novosibirsk  va  Tyumenda 

ko‘rgazmali uchrashuvlar o‘tkazdilar. Bu esa, shubhasiz, voleybolning Uzoq Sharq 

va O‘rta Osiyoda keng tarqalishiga sharoit yaratdi. 

Yoshlar orasida voleybolni ommalashishiga qattiq turtki bo‘lgan hodisa 1935-

yilning  avgustida  o‘tkazilgan  maktab  o‘quvchilarining  “Butunittifoq”  birinchiligi 

hisoblanadi.  12  shahar  va  viloyat  jamoalari  ishtirok  etgan  bu  musobaqalarning 

birinchi  bosqichi  chiqib  ketish  tartibida,  yakunlovchi  (final)  o‘yinlar  esa  aylanma 

tartibda  o‘tkazildi.  Har  bir  shahar  jamoasi  uchun  uch  jamoa:  katta  va  kichik 

yoshdagi yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi. 

1935-yil  o‘yinchilarning  xalqaro  uchrashuvlarda  birinchi  bor  kuch  sinashib 

ko‘rganligi  tarixda  o‘chmas  iz  qoldirdi.  Toshkentda  va  Moskvada  voleybolchi-

larimizning  Afg‘oniston  jamoasi  bilan  ikkita  o‘rtoqlik  uchrashuvi  bo‘lib  o‘tdi. 

O‘yin afg‘on qoidalari asosida o‘tkazilganligiga qaramay (jamoada 9 o‘yinchi bor 




 

47 


 

edi,  o‘yin  22  ochkogacha  davom  etdi,  o‘yinchilar  maydonda  joy  almash-madilar) 

mamlakat voleybolchilari osongina g‘oliblikka erishdilar. 

1936-yilning  eng  ommaviy  o‘yinlaridan  biri  sobiq  VTSSPS  Kubogi  uchun 

100 dan ortiq jamoa bilan o‘tgan musobaqalar bo‘ldi. Kubokni Moskvaning ayollar 

va erkaklar jamoasi “Medik” qo‘lga kiritdi. 

Voleybolning  texnika  va  taktikasigina  emas,  musobaqa  qoidalari  ham 

o‘zgarishda  davom  etdi,  ya’ni  1935-yilda  erkaklar  uchun  to‘rning  balandligi  2 



m

 

45 



sm

  ga  ko‘tarildi,  1937-yildan  esa  ayollar  uchun  to‘rning  balandligi  2 



m

  25 


sm

 

bo‘ldi.  Maydonchada  hujum  chizig‘i  belgilandi  va  old  hamda  orqa  chiziq 



o‘yinchilari degan tushuncha paydo bo‘ldi, bu esa alohida o‘yin ixlosmand-larining 

harakatlarini  chegaralab  qo‘ydi.  Shu  yildayoq  o‘yinga  to‘p  kiritish  joyi 

maydonchaning orqa va o‘ng qismidan 3 

m

 qilib belgilandi. Sababidan qat’i nazar, 

o‘yinchilarni  almashtirishga  ruxsat  berildi  (ilgari  almashtirishga  faqat  baxtsiz 

hodisalardan keyin yo‘l berilardi). 

1938-yilda “Ittifoq” birinchiliklarini o‘tkazish qoidalarida jiddiy o‘zga-rishlar 

sodir  bo‘ldi.  Bu  yilning  birinchiliklari  yozgi  maydonlarda  sport  jamiyat-lari 

jamoalari  orasida  o‘tkazildi.  Dastlabki  o‘yinlar  “Ittifoqning”  turli  shahar-larida 

o‘tdi,  yakuniy  o‘yin  esa  Moskvada  bo‘ldi.  Birinchilik  ko‘pgina  yangi  jamoalarni 

o‘ziga jalb etdi va hamma yerda voleybol taraqqiyotiga jonlanish olib kirdi. 

Trenerlar  va o‘yinchilarning texnika  va taktika sohasidagi  izlanishlari davom 

etaverdi.  Hujumning  ahamiyati  ortib  borayotganligi  bilan  bog‘liq  ravishda 

jamoalarni  6  nafar  hujumchidan  iborat  qilib  shakllantirishga  urinishlar  bo‘ldi. 

O‘yinga yon tomon bilan kuchli to‘p kiritish katta ahamiyat kasb etdi. Yakka to‘siq 

qo‘yish  sifatini  oshirgan  holda  ayrim  jamoalar  guruh  bo‘lib  to‘siq  qo‘yishga 

o‘tdilar. 

Ikkinchi  jahon  urushi  ko‘pgina  mamlakatlarda  voleybolning  taraqqiyotini 

to‘xtatib  qo‘ydi.  Ko‘pgina  sportchilar  frontga  ketdilar.  Ammo,  joylarda  sport 

hayoti butunlay “to‘xtab” qolgani yo‘q. Bu davrda voleybol harbiy qismlarga kirib 

bordi. 1943-yildayoq front orqasidagi voleybol maydonchalariga jon kirdi. Shu yili 

Moskva  va  boshqa  shaharlarning  birinchiliklari  o‘tkazildi.  1945-yilda  voleybol 




 

48 


 

bo‘yicha  musobaqalar Moskva,  Leningrad, Boku, Tbilisi shaharlarida bo‘lib o‘tdi. 

To‘garaklarda o‘quv-mashg‘ulot ishlari muntazam ravishda o‘tka-ziladigan bo‘ldi. 

Yetakchi  mutaxassislar  urushgacha  bo‘lgan  davr  tajribasini  umumlashtirdilar. 

Jamoaning hujumchilik harakatlarini jadal amalga oshirishga katta e’tibor berildi. 

Texnika  va  taktikada  keskin  o‘zgarishlar  bo‘ldi  –  birinchi  to‘p  uzatish  yoki 

birinchi  uzatilgan  to‘pdan  hujum  qilish  keng  qo‘llana  boshladi.  Guruhli  to‘siq 

qo‘yish,  kuchli  to‘p  kiritishlarning  kam  ishlatilishini  esa  asosiy  kamchiliklar 

qatoriga kiritish mumkin. 

1947-yili  “Ittifoq”  terma  jamoasi  xalqaro  doiraga  chiqishi  bilan  diqqatga 

sazovor  bo‘ldi.  Pragada  bo‘lgan  demokratik  yoshlarning  birinchi  xalqaro 

festivalida  voleybol  bo‘yicha  musobaqalar  o‘tkazildi  va  ularda  Chexoslo-

vakiyaning  yosh  jamoasi,  Yugoslaviya  hamda  Leningrad  terma  jamoalari 

qatnashdi.  Chexoslovakiya  terma  jamoasi  uchrashuvda  qattiq  qarshilikka  duch 

keldi.  “Ittifoq”  voleybolchilari  shu  uchrashuvda  ustun  chiqdilar  va  demokratik 

yoshlarning Xalqaro festivali g‘olibi bo‘ldilar. Chexlar bilan bo‘lgan uchra-shuvda 

terma  “voleybolchilari”  birinchi  bor  “shamsimon”  to‘p  kiritish  vaziya-tiga 

to‘qnash keldilar. 

Shu yili Parijda xalqaro voleybol federatsiyasi ta’sis etildi (FIVB). FIVBning 

birinchi  prezidenti  Pol  Libo.  1984-yilda  uning  o‘rnini  Roben  Akosta  egalladi  va 

deyarli 2008-yilgacha shu lavozimda faoliyat ko‘rsatdi. 

1948-yilda “Ittifoq” voleybol sho‘basi Xalqaro voleybol Federatsiyasi (FIVB) 

a’zoligiga qabul qilindi. 

Shu yilning sentabr oyida Pragada erkaklar jamoalari orasidagi birinchi jahon 

birinchiligi  va  ayollar  jamoalari  o‘rtasidagi  birinchi  Yevropa  birinchiligi  bo‘lib 

o‘tdi. Bunday yirik musobaqalar “Ittifoq voleybolchilari” uchun katta tayyorgarlik 

bo‘lib,  Budapeshtda  o‘tgan  demokratik  yoshlarning  ikkinchi  xalqaro  festivalida 

qatnashish  uchun  xizmat  qildi.  Erkaklar  o‘rtasida  ikkinchi  jahon  birinchiligini  va 

ayollar  o‘rtasidagi  birinchi  jahon  birinchiligini  1952-yili  Moskvada  o‘tkazishga 

qaror qilindi. Musobaqalar ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Omad yana 

“Ittifoq” jamoalariga kulib boqdi. 



 

49 


 

Keyingi yillarda rasmiy xalqaro musobaqalarda terma jamoalar natijasi keskin 

pasayib  ketdi.  1955-yilda  Buxarestda  o‘tkazilgan  Yevropa  birinchiligida  “Ittifoq” 

voleybolchilari bor-yo‘g‘i to‘rtinchi o‘rinni egalladilar, ayollar esa birinchi o‘rinni 

chexlarga  bo‘shatib  berdilar.  1956-yilda  Parijda  o‘tkazilgan  jahon  birinchiligida 

“Ittifoq”  ayollar  terma  jamoasi  ikkinchi  marta  g‘olib  degan  nomni  olishga 

muvaffaq  bo‘ldi,  erkaklar  jamoasi  esa  oldinga  Chexoslavakiya  va  Ruminiya 

jamoalarini  o‘tkazib  yubordi.  1958-yilda  Pragada  bo‘lgan  Yevropa  birinchiligi 

xalqaro doiradagi kuchli munosabatni o‘zgartira olmadi. 

Ayollar  o‘rtasidagi  uchinchi  va  erkaklar  o‘rtasidagi  to‘rtinchi  jahon 

birinchiligi  Yevropada  emas,  1960-yilda  Braziliyada  o‘tkazildi.  “Ittifoq”  terma 

jamoasi o‘zining eng kuchli ekanligini  yana bir bor  isbotlab, ketma-ket  uch  marta 

jahon  chempioni  unvonini  qo‘lga  kiritdi.  Ilk  marta  qatnashayotgan  Yaponiya 

ayollar  jamoasining  kumush  nishon  sovrindori  bo‘lishi  katta  shov-shuv  ko‘tardi. 

“Ittifoq”ning erkaklar terma jamoasi yana jahon chempioni nomiga ega bo‘ldi. 

1962-yilda Moskvada  ikkinchi  marta – ayollar o‘rtasidagi to‘rtinchi, erkaklar 

o‘rtasidagi  beshinchi  jahon  birinchiligi  o‘tkazildi.  Bu  davrda  Yaponiya,  Polsha, 

GDR,  Xitoy  kabi  mamlakatlar  jamoalrining  o‘yin  darajasi  nihoyatda  oshganligini 

e’tirof etish kerak. Jahon birinchiligi ko‘pgina jamoalarning texnikasi o‘sganligini 

ko‘rsatdi. 

1963-yil Yevropa birinchiligi Ruminiyada o‘tdi. Shu yilning ko‘pgina xalqaro 

musobaqalari  Tokioda  bo‘ladigan  Olimpiada  o‘yinlariga  tayyorgarlik  sifatida 

o‘tkazildi. Ayrim jamoalar asosiy tarkibini 5x1 tartibida shakllantira boshladilar. 

Tokio  Olimpiada  o‘yinlaridagi  voleybolchilar  kuch  sinashuvi  1962-yilgi 

jahon  birinchiligida  sovrinli  o‘rinlarni  egallagan  jamoalar  mahoratini  ta’kidladi. 

Yaponiya  ayollar  jamoasi  va  “Ittifoq”  erkaklar  jamoasi  birinchi  olimpiada 

g‘oliblari bo‘ldilar, Tokio musobaqalari jamoalarning mahorat darajasi tobora o‘sib 

borayotganini  isbotladi.  Agar  ilgari  sovrinli  o‘yinlarga  2-3  jamoa  da’vo-garlik 

qilgan  bo‘lsa,  endi  ularning  soni  5-6  taga  yetdi.  Hatto  3:0  hisobi  hali  g‘olib 

jamoaning  so‘zsiz  ustunligidan  dalolat  bermay  qo‘ydi.  Tokio  musoba-qalari 




 

50 


 

davomida  hakamlar  hay’atining  yig‘ilishi  bo‘lib,  unda  musobaqa  qoida-lariga 

o‘zgarishlar kiritildi va tasdiqlandi. Bu o‘zgarishlar 1965-yildan kuchga kirdi. 

Yuqorida  qayd  etilganidek,  1964-yil  Tokioda  o‘tkazilgan  olimpiada 

o‘yinlaridan  so‘ng  Amerika,  Yevropa  va  Osiyo  voleyboli  mahorat  jihatidan 

tenglasha  bordi.  Voleybol  taraqqiyotida  tamomila  yangicha  yo‘nalish  yuz  bera 

boshladi.  Mazkur  vaziyatni  Olimpiada  o‘yinlari,  jahon  chempionati  va  jahon 

kubogi  musobaqalari  davomida  turli  mamlakat  jamoalarining  erishgan  yutuqlari 

misolida ko‘rish mumkin (1, 2, 3, 4, 5-jadvallar). 

 

1-jadval 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə