Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   317
fayl 2055 20211105

 

7-rasm.

 O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali loyixachilik funksiyasi 



 

2.7. Kommunikativlik funksiyasi 

 

Qayd  etilganidek,  trenerning  kasbiy-pedagogik  faoliyati  shunchalik  ser-qirra, 

mashaqqatli  va  keng  qamrovli  mehnat  jarayoniga  egaki,  u  nafaqat  mashg‘ulotlar 

o‘tkazish,  musobaqalarni  boshqarish,  ijod  qilish,  tayyorgarlik  loyihalarini  ishlab 

chiqish,  kuzatuv,  nazorat  va  tadqiqot  olib  borish  ishlari  bilan  shug‘ullanadi,  balki 

o‘z  shogirdlari,  hamkasblari,  xorijiy  mutaxassislar,  kerak  bo‘lsa  ota-onalar  bilan 

suhbatlar  o‘tkazish,  munosabatlar  o‘rnatish,  hisobotlar  berish,  OAVlari  xodimlari 

savollariga  javob  berish  tadbirlari  bilan  ham  shug‘ullanadi.  Unga  ayrim  vaqtlarda 




 

36 


 

o‘z  shogirdlari  (sportchilar),  hamkasblari,  “yuqori”  rahbarlar  bilan  ham  “til” 

topishishiga,  balki  murosaga  kelishiga  to‘g‘ri  keladi.  Ba’zida  sport  maktablari, 

klublar, federatsiyalar, homiylar va boshqa jamoat yoki davlat idoralaridan kerakli 

mablag‘ undirish,  mashg‘ulot  va o‘quv-mashg‘ulot  yig‘inlari o‘tkazish joylarining 

moddiy-texnik  ahvolini  yaxshilash,  anjom-uskuna  va  trenajyorlar  bilan  jamoani 

ta’minlash  ishlariga  ham  trener  “bosh-qosh”  bo‘lishiga  to‘g‘ri  keladi.  Buning 

uchun  trenerda  kommunikativ  qobiliyat  yaxshi  shakllangan  bo‘lmog‘i  lozim,  u 

o‘ziga xos diplomat (elchi) rolida ish yuritishi kerak bo‘ladi. 

Trener  o‘zining  kommunikativ  mahorati  orqali  shogirdlariga  ta’sir  etish 

“tilini”  topadi,  ularning  “ichiga”,  “diliga”  kiradi,  vaziyat  talab  qilsa  ularning  ota-

onalari  va  yaqinlari  bilan  foydali  natija  uchun  “dillashadi”,  maslahatlar  yoki 

tavsiyalar  beradi.  Buning  uchun  trenerda  nutq  va  munosabat  madaniyati, 

pedagogik va psixologik etika yuksak shakllangan bo‘lishi kerak (E.A. Seytxalilov, 

2006).  Trenerning  kasbiy-pedagogik  faoliyati  va  uning  shaxsiyatiga  bog‘liq 

muammolar  bilan  shug‘ullanib  kelgan  bir  qator  mualliflar  madaniy-ma’naviy 

tadbirlarni  ustalik bilan  o‘tkazish o‘quvchilarda (sportchilarda  ham)  umuminsoniy 

va  axloqiy  qadriyatlarni  shakllanishiga  turtki  beradi,  berilayotgan  vazifalarga 

to‘g‘ri  yondashish,  mas’uliyatni  sezish  va  shaxsni  sayqal  topishiga  asos  bo‘ladi, 

deb ta’kidlaydilar. 

Yuqorida  muhokama  etilgan  fikr-mulohazalarga  asosan  shunday  to‘xtamga 

kelish  mumkinki,  trenerning  kommunikativ  qobiliyati  boshqa  barcha  kasbiy-

pedagogik funksiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Demak, bugungi trener jamoani turli 

musobaqalarga  tayyorlash  va  uni  yuksak  natijalar  cho‘qqisiga  olib  chiqishi  uchun 

yuksak  shakllangan  barcha  kasbiy-pedagogik  funksiyalar  bilan  bir  qatorda 

kommunikativ  qobiliyat  egasi  bo‘lishi  ham  darkor.  Trenerning  aynan 

kommunikativ  qobiliyati  jamoa  a’zolari  o‘rtasida  hamjihatlik,  birdamlik,  ham-

korlik,  bir-birini  qo‘llab-quvvatlash  asosida  ko‘zlangan  maqsad  va  strategik 

vazifalarni foydali natija bilan hal qilish imkoniyatini yaratadi (7-rasm). 



 

37 


 

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə