Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


II bob. O‘QITUVCHI-TRENERNING KO‘P QIRRALI KASBIY-



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   317
fayl 2055 20211105

II bob. O‘QITUVCHI-TRENERNING KO‘P QIRRALI KASBIY-

PEDAGOGIK FUNKSIYALARI 

 

2.1. O‘qituvchi-trener kasbini tanlashning biopsixologik va 

ijtimoiy-pedagogik asoslari 

 

Atrof-muhit tabiati tirik organizm  va  uning  faoliyatiga goh ijobiy, goh salbiy 



ta’sir  etuvchi  omillardan  iborat  bo‘lib,  ularga  moslashish  reaksiyasi  buyuk 

fiziolog-olim  G.Selye  tomonidan  yaratilgan  “Stress”  konsepsiyasining  “Umu-miy 

adaptatsion  sindrom”  qonuniyatlari  asosida  kechadi.  Ushbu  konsepsiyaga  ko‘ra 

“Umumiy adaptatsion sindrom” jarayoni uch bosqichda namoyon bo‘lar ekan: 

- xatarli-xavotirlanish; 

- rezistentlik (moslashish); 

- barbodlanish. 

Bu jarayonlarni ijobiy yoki salbiy natijalari bilan kechishi mavjud filogenetik 

va  ontogenetik  imkoniyatlarga  asoslanar  ekan.  Mazkur  bosqichlarda  funksional 

organlar  faoliyati  bilan  bog‘liq  neyrogumoral  (endokrin)  jarayonlarga  alohida 

urg‘u  bermagan  holda  e’tirof  etish  mumkinki,  gap  organizmni  tashqi  muhitning 



 

14 


 

endogen  va  ekzogen  omillari  ta’siriga  moslashish  qudrati  (qobiliyati)  haqida 

bormoqda.  Boshqacha  qilib  aytganda,  organizmni  moslashuv  energiyasi  bilan 

ta’minlovchi  nasliy  omillar  qiymatiga  qarab  xatarli-xavotirlanish  bosqichi 

muvaffaqiyatli  kechishi  mumkin.  Natijada  organizmni  tashqi  va  ichki  muhitning 

o‘zgaruvchan  ko‘rsatkichlariga  moslashish  imkoniyati  yuzaga  keladi.  Odam 

organizmi  jihatidan,  bundan  tashqari,  inson  ijtimoiy-iqtisodiy  va  psixojismoniy 

sharoitlarga  ham  moslashishi  lozimdir.  Lekin,  agar  genetik  va  moslashuv 

energiyasining  hajmi  tashqi  muhitdan  ta’sir  etuvchi  “stress-qo‘zg‘atgichlar” 

kuchidan  kam  (kuchsiz)  bo‘lsa,  unda  funksional  organlar  “barbodlanish” 

bosqichiga duchor bo‘lishi mumkin. 

Oila,  mahalla,  jamoa  va  jamiyat  muhitida  dunyoga  keluvchi,  yashovchi, 

ularning  ta’sirida  odob-axloqi  shakllanuvchi,  umumbashariy  va  milliy  madaniyat-

qadriyatlarni  o‘zlashtiruvchi  har  bir  farzand  biopsixologik,  ekologik,  ijtimoiy-

iqtisodiy  va  pedagogik  ta’lim-tarbiya  asosida  umumiy  hamda  maxsus  bilim-

ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, o‘zi istagan kasbni tanlaydi. 

Ushbu  jarayonlar,  fikrimizcha,  qayd  etilgan  “adaptatsion  sindrom”  konsep-

siyasining  birinchi  ikki  bosqichi  qonuniyatlari  doirasida  kechadi.  Agar  bolada, 

talabada,  hatto  kasb-koriga  ega  bo‘lgan  ulg‘aygan  kishida  ham  “adaptatsion 

sindrom”  konsepsiyasining  birinchi  ikki  bosqichida  filogenetik  va  ontogenetik 

ta’lim-tarbiya  kuchi  stress-qo‘zg‘atgichlar  ta’sir  kuchidan  zaif  bo‘lsa,  mazkur 

konsepsiyaning “barbodlanish” bosqichi yuzaga kelishi mumkin. 

Buyuk neyrofiziolog akademik P.K. Anoxin (1980)ning “Funksional sistema” 

nazariyasiga  muvofiq  inson tug‘ilishidan boshlab, toki o‘zining butun ontogenetik 

taraqqiyoti (hayoti) davrida shartsiz va shartli reflekslar asosida faoliyat ko‘rsatadi. 

Ushbu  reflekslarning  o‘zaro  integral  tartibda  maqsadli  yo‘nalish  bo‘ylab  xizmat 

ko‘rsatish  funksiyasi  ijobiy  moslashuv  natijasiga  olib  kelishi  mumkin.  Jumladan, 

inson hayoti davomida “izlash” (qidirish), “mo‘ljal-lash” (orientirovka) yoki “nima 

bu”  (chto  takoe),  oziqa  topish  (piщe-dobыvayuщiy)  va  h.k.  Mazkur  shartsiz 

reflekslar  shartli  reflekslarni  shakllanishi  va  mukammallashishi  uchun  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  “oziqa  topish”  shartsiz  refleksi  misolida  aytish 



 

15 


 

mumkinki,  bola  bir  necha  oziqa  turlarini  iste’mol  qilib  ko‘rgandan  keyin,  unda 

muayyan  oziqaga  nisbatan  ta’mni  his  qilish  refleksi  shakllanadi,  faol  motivatsiya 

yuzaga  keladi,  tanlangan  oziqaga  nisbatan  ishtaha  dominantasi  paydo  bo‘ladi, 

so‘lak  ajrala  boshlaydi,  motivatsiya  ham,  dominanta  ham,  ishtaha  ham,  ruhiyat 

ham  o‘z  qiymatini  yo‘qota  boshlaydi.  Lekin,  dominant  motivatsiya  va  ishtahani 

yuzaga  keltiruvchi  bunday  refleks,  albatta,  tanlov  uchun  qanday  oziqa  turlari 

mavjudligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ayrim  hollarda  tanlov  belgilanadi,  lekin  tanlangan 

oziqa narxi mavjud iqtisodiy imkoniyatga mos kelmaydi. Esda tutish muhimki, har 

qanday  narxi  baland  oziqa  ham  sifatli  va  foydali  bo‘lavermaydi.  Shuning  uchun 

organizmga  foydali,  yuksak energiya ajratish qiymatiga ega, shu bilan bir qatorda 

ishtaha  ochuvchi  va  dominant  motivatsiyani  yuzaga  keltiruvchi  oziqani  tanlashda 

mutaxassis  va  manfaatdor  shaxslar  (ota-ona,  o‘qituvchi,  trener  va  h.k.)  yordam 

berishlari lozim. 

Istagan  kasbni,  shu  jumladan,  trenerlik  kasbini  tanlash  jarayoni  u  yoki  bu 

darajada  yuqorida  qayd  etilgan  subyektiv  va  obyektiv  shartlar  ta’sirida  shaklla-

nadigan,  dominant  motivatsiyani  qondirishga  qodir  biopsixologik  va  ijtimoiy-

pedagogik ta’lim-tarbiya salohiyatiga bog‘liqdir. 

Aslida  barcha  kasblar  kabi  trenerlik  kasbini  tanlash  kamdan-kam  tasodifiy 

yoki  “ko‘r-ko‘rona”  amalga  oshiriladi,  ammo  bunday  misollar  mavjudligini  inkor 

qilib bo‘lmaydi. 

Ushbu  mavzu  bilan  shug‘ullanuvchi  aksariyat  mutaxassislarning  fikriga 

qaraganda, biror kasbni  tanlashdan avvalroq vaqt  ichida turli  hayotiy  vaziyat  yoki 

sabablarga  asosan  bir  qator  motivatsion  jarayonlar  yuzaga  keladi.  So‘ng  oilada, 

ta’lim-tarbiya  muassasalari,  sport  maktablari,  musobaqalarni  kuzatishda  ko‘plab 

qayd  etilgan  saboqlar  yoki  oila  a’zolari,  sirdosh  o‘rtoqlari,  o‘qituv-chilari, 

yaqindan  tanish  bo‘lgan  yetakchi  sportchilar  tavsiyasiga  ko‘ra  muayyan  kasbga 

mehr  uyg‘onadi,  dominant  motivatsiya  shakllanadi  va  bolada  shu  motivatsiyani 

qondirishga  qaratilgan  orzu-umid  yoki  jiddiy  qaror  mujassam-lashadi  (M.I. 

Stankin,  1998;  M.V.  Sanaya,  2010;  Yu.O.  Reznikov  va  b.,  2005).  Mazkur 

mualliflarning  ta’kidlashicha,  trenerlik  kasbini  egallash  istagi  asosan  sport  bilan 



 

16 


 

jiddiy  shug‘ullangan,  lekin  u  yoki  bu  sabablarga  ko‘ra  yuksak  natijalarga  erisha 

olmagan  sportchilarda  paydo  bo‘lar  ekan.  Muntazam  sport  bilan  shug‘ullangan, 

chempion  bo‘lish  mashaqqatini  shaxsan  tushungan,  o‘z  trenerining  serqirra  va 

keng qamrovli og‘ir mehnatini his qilgan yuksak mahoratli sportchilar esa trenerda 

mujassam  bo‘lgan  ixtirochilik,  kommuni-kativlik,  ijodchilik,  tashkilotchilik  va 

boshqa shu kabi qobiliyatlarga erishish qiyinligini his qilgan holda ushbu kasbdan 

kechishni  afzal  ko‘radilar.  Supersportchilar  o‘z  treneridan  faqat  “olish”ga 

moslashib  qoladi  va  “olgan”  narsalarini  mohirona  takrorlashga  ko‘nikib  boradi. 

O‘rtacha malakaga ega sobiq sportchi uchun trenerlik kasbini egallash – bu “nom” 

qoldirish,  o‘z  qobiliyatini  isbotlash,  el-yurtga  “doston”  bo‘lish,  iqtisodiy 

imkoniyatini  boyitish,  Vatan  shuhratini  ko‘tarish,  agar,  albatta,  unda  bilim  va 

iste’dod  bo‘lsa.  Aynan  shu  toifaga  mansub  trenerlarda  muqaddam  sportda 

erishmagan  cho‘qqilarni  zabt  etish  va  o‘z  “sport  hayoti”ni  uzaytirish  imkoniyati 

mavjud bo‘ladi. Shunday ekan, “nom” qoldirish istagida trenerlik kasbini “akalar” 

yordamida egallash oxiri berk ko‘chaga kirish bilan barobardir. 

Trenerlik  kasbini,  sportda  yuksak  natija  ko‘rsatmagan  bo‘lsa-da,  lekin 

muntazam  va  jiddiy  shug‘ullangan,  sport  va  yuklamalarni  ta’sir  etish  sirlarini 

chuqur o‘zlashtirgan, o‘zining kasbiy-pedagogik bilimi, ko‘nikma va malaka-larini 

doimo  oshirib  boradigan,  ijtimoiy-gumanitar,  tabiiy-aniq,  tibbiy-biologik  fanlar 

mohiyatini  o‘zida  mujassam  qilgan  shaxs  egallashi  mumkin.  Shunday  bo‘lsada, 

buyuk  sportchilar  ichidan  trenerlik  kasbini  egallashga  loyiq  nomzod  bo‘lishi 

mushkul,  deb  bo‘lmaydi.  Chunki,  bunday  sportchilar  tarkibida  ham  “o‘ynovchi”, 

o‘z  faoliyatiga  ijod  bilan  yondashuvchi,  biopsixologik  va  kasbiy-pedagogik 

qonuniyatlarni  tushunuvchi  va  yuqori  malakali,  raqobatbardosh  sportchilarni 

tayyorlashga  qodir  trenerlar  rolini  “qoyilmaqom”  qiluvchilar  ham  topiladi  (A.A. 

Derkach,  N.V.  Kuzmina,  1993;  M.V.  Sanaya,  2010).  Bu  borada  ko‘p  narsa 

trenerlik  kasbini  tanlovchi  sportchining  o‘ziga  xos  insoniy  xususiyatlariga 

bog‘liqdir.  Sport  amaliyotida  aksariyat  hollarda  agressiv  xarak-terli  (bosim 

o‘tkazuvchi) trenerlar uchraydi. Bunday trenerlar sportchilarga (jamoaga) avtoritar 

yondashuv  asosida  rahbarlik  qiladi.  Kamroq  “yumshoq”  yoki  “mayin”  faoliyat 



 

17 


 

ko‘rsatuvchi  trenerlar  ko‘zga  tashlanadi.  Bunday  trenerlar  sport  jamoasiga 

demokratik  prinsipda  boshchilik  qiladi.  Ko‘pchilik  tadqiqot-chilar  birinchi  toifaga 

ham,  ikkinchi  toifaga  ham  mansub  trenerlar  o‘ziga  xos  kamchiliklar  bilan 

farqlanadi,  deb  ta’kidlaydilar  (A.Ya.  Korx,  2000;  M.I.  Stankin,  1998;  Yu.O. 

Reznikov va b., 2005; M.V. Sanaya, 2010).  

Shuning  uchun  ham  ular  foydali  va  ijobiy  natija  keltiruvchi  trener  bo‘lish 

uchun  qayd  etilgan  ikki  toifaga  mansub  trenerlarning  yaxshi  tomonlarini  olib, 

rahbarlikni  “qamchi  va  pryanik”  prinsipida  olib  borish  lozim,  deb  hisoblaydilar. 

Lekin,  albatta,  bunday  prinsip  yetarli  kasbiy-pedagogik  kompetentli  bo‘lsagina 

foydali  natija  beradi  (E.A.  Seytxalilov,  2006;  Ye.R.  Yuzlinaeva,  2012;  G.B. 

Abdurasulova, Kim Eur Jung, 2008). 

Ma’lumki,  trenerning  pedagogik  faoliyati  serqirra  va  keng  qamrovli 

murakkab  jarayon  bo‘lib,  u  barcha  turdagi  o‘quv-mashg‘ulot,  ta’lim-tarbiya, 

o‘quv-uslubiy,  tashkiliy  va  sportchilar  tayyorlash  jarayonini  boshqarish  bilan 

bog‘liq  strategik  vazifalarni  hal  etishga  qodir  mutaxassis  bo‘lmog‘i  lozim. 

Shunday  ekan,  ushbu  pedagogik  jarayonda  trener  va  sportchi  o‘rtasidagi 

munosabat  (hamkorlik),  o‘rgatish  (ta’lim)  va  tarbiyaning  birligi,  trener  va 

sportchining  shaxsiyati  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bunday  o‘zaro  faoliyat  tashqi 

va  ichki  muhit  omillarining  o‘zgaruvchanligi  tufayli  bir  tekisda  kechmaydi,  balki 

goh  ijobiy,  goh  salbiy  yo‘nalishda  amalga  oshishi  mumkin.  Ma’lumki,  barcha 

pedagogik  tadbirlar  har  bir  obyektning  geteroxron  tartibda  ulg‘ayishi,  kamol 

topishi,  uning  biopsixologik  va  jismoniy  jihatlardan  shakllanishi  kabi  ontogenetik 

qonuniyatlar  ta’sirida  kechadi  (A.A.  Markosyan;  2002).  Shuning  uchun  ham 

bunday  jarayonda  pirovardida  ijobiy  natijaga  erishish  imkoniyati  trener  ustoz  – 

shaxs  sifatida  barcha  jihatlardan  o‘z  shogirdlariga  namuna  bo‘la  olishiga 

bog‘liqdir, 

uning 


yuksak  kasbiy-pedagogik  kompetentligi  esa  shug‘ul-

lanuvchilarda munosib hurmat hissini uyg‘otadi. 

E.A.  Seytxalilov  va  M.I.  Stolyarenko  (2008)larning  fikriga  ko‘ra,  bugungi 

trener-pedagogning  kasbiy-pedagogik  mahorati  o‘z  tarkibiga  quyidagi  bilim, 

ko‘nikma va malakalarni singdirgan bo‘lmog‘i zarur ekan: 



 

18 


 

- sportchining  yuksak  ma’naviy-axloqiy shaxs  xususiyatlarini bilishga  imkon 

beruvchi dunyoqarash; 

- o‘z kasbiga ijodiy jarayondek ongli yondashish motivatsiyasi; 

-  pedagogik  jarayonni  maqsadli  tashkil  qilish  va  boshqarish  imkoniyatini 

yaratuvchi bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi (tizimi); 

- ko‘p qirrali pedagogik jarayonni ilmiy asosda o‘tkazish imkonini yaratuvchi 

ijodiy-genetik qobiliyat. 

Bundan tashqari, shuni  ham ta’kidlash joizki, bugungi sport  musobaqa-larida 

yuksak natijaga erishish zaruriyati, bir tomondan raqobatni kuchaytirib borayotgan 

bo‘lsa, ikkinchi tomondan sportchi o‘ta shiddatli  yuklamalarni o‘zlashtirish  uchun 

u  inson  imkoniyatlari  chegarasida  faoliyat  ko‘rsatishga  majbur  bo‘lmoqda.  Ana 

shunday  pog‘onaga  sportchilarni  bezarar  olib  chiqish,  toliqish-zo‘riqish 

alomatlarini  bartaraf  etish,  ish  qobiliyatini  tiklash,  saqlash  va  oshirish  kabi 

muammolarni  mahorat  bilan  hal  etish  trenerga  boshqa  fanlarga  (ijtimoiy-

gumanitar,  iqtisodiy,  matematika,  tibbiy-biologik  va  h.k.)  doir  bilim-larni  chuqur 

o‘zlashtirishga da’vat etadi. 

Bu  borada  biz  E.A.  Seytxalilov  (2006),  B.Yu.  Shamuratova,  N.M. 

Turabayeva (2010)larning trener uchun  yana bir qator quyidagi bilim-ko‘nikmalar 

zarur, degan fikrlariga to‘liq qo‘shilamiz: 

-  pedagogik  jarayonni  (mashg‘ulotni)  ta’sir  etish  samaradorligini  baholash 

ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 

-  ish  qobiliyatini  tiklovchi,  jadallashtiruvchi  hamda  “safga  qaytarish” 

(reabilitatsiya) uslublarini qo‘llash texnologiyasini bilish; 

-  sihat-salomatlikni  shakllantirish  vositalarini  qo‘llash  ko‘nikmalariga  ega 

bo‘lish; 

-  o‘quv-mashg‘ulot  jarayonini  ilmiy  asosda  tashkil  qilish  malakasiga  ega 

bo‘lish; 

- xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini bilish; 

- o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mustaqil shakllantirishni bilish.  




 

19 


 

Qayd  etilgan  adabiyotlar  tahlili,  ularda  keltirilgan  fikr-mulohazalarda  shu 

narsa e’tirof etilishi mumkinki, trener-pedagog faoliyati haqiqatan ham serqirra va 

keng  qamrovli  jarayon  bo‘lganligi  tufayli  bu  kasbni  tanlashda  unda  biopsixologik 

va  ijtimoiy-pedagogik  qonuniyatlar  haqidagi  bilimlar  tizimi  shakllangan  bo‘lishi, 

sport  maktablari,  klublari  va  terma  jamoalarga  tanlash  texnologiyasini  yuksak 

o‘zlashtirilgan bo‘lishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. 

 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə