Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   317
fayl 2055 20211105

ega bo‘lishi kerak



 



1.2. “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fanining 

tarkibiy tuzilishi 

 

Mazkur  fan  o‘quv  rejasidagi  ixtisoslik  (maxsus)  fanlari  blokiga  mansub 



bo‘lib,  gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy,  matematik  va  tibbiy-ilmiy,  umumkasbiy, 

ayniqsa  psixologik  va  tibbiy-biologik  fanlar  bilan  uzviy  bog‘liq  holda  o‘qitiladi. 

Fanni  boshqa  fanlar  bilan  bunday  uzviy  bog‘liq  holda  o‘qitilishi,  uni  o‘zlashtirish 

nafaqat  o‘quv  jarayonida,  mustaqil  ta’lim  va  masofaviy  ta’lim  davomida  amalga 

oshiriladi,  balki  ishlab  chiqarish  korxonalari,  tashkilotlar  va  muassasalarda 

o‘tkaziladigan  malakaviy  amaliyotlar  hamda  o‘zaro  hamkorlik  shartnomalari 

bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish davomida ham mukammallashtiriladi.  

Mazkur  fanning  tuzilishi  12  ta  modul  va  27  ta  mavzu  materiallaridan  iborat 

bo‘lib,  ta’lim  jarayonining  3-8  semestrlarida  o‘qitilishi  ko‘zda  tutiladi.  Modullar 

“Fanga  kirish”,  “Voleybolning  tarixi  va  uning  rivojlanish  istiqboli”,  “Voleybol 

texnikasi va taktikasi”, “Voleybol texnikasi va taktikasiga o‘rgatish”, “Umumiy va 

maxsus  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish”,  “Musobaqa  qoidalari,  musobaqani 

tashkil  qilish  va  o‘tkazish”,  “Ta’lim  muassasalari  va  sport  maktablarida  sport 

mashg‘ulotlarini  o‘tkazish”,  “Voleybolga  tanlov  o‘tkazish”,  “Voleybolchilar 




 

10 


 

tayyorlash  jarayoni”,  “Talabalar  tadqiqot  ishlari”,  “Yuqori  razryadli  voleybol-

chilar  bilan  musobaqalar  o‘tkazish”  va  “O‘zbekistonda  voleybol  taraqqiyotini 

boshqarish  tizimlari”  kabi  bo‘limlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ushbu  modullar  doirasida 

o‘qituvchi-trenerning  ko‘p  qirrali  kasbiy-pedagogik  funksiyalari,  voleybolni 

vujudga  kelishi,  uni  jahonda  va  O‘zbekistonda  rivojlanishi,  o‘yin  texnikasi  va 

taktikasi, ularga o‘rgatish  metodikasi, jismoniy sifatlarni rivoj-lantirish,  musobaqa 

qoidalari,  uni  o‘tkazish  va  hakamlik  qilish,  musobaqa  Nizomi,  voleybol 

mashg‘ulotini  o‘tkazish  metodikasi,  yuklama-toliqish,  uni  bartaraf  etish  va  ish 

qobiliyatini  tiklash  masalalari,  voleybolga  tanlov  o‘tkazish,  tayyorgarlik  guruhlari 

va tayyorgarlik jarayonini rejalashtirish, ko‘p yillik sport trenirovkasi, tayyorgarlik 

turlari,  (nazariy,  jismoniy,  texnik,  taktik,  psixologik),  voleybol  taktikasi  va 

strategiyasi,  pedagogik  nazorat  va  tayyorgarlik  jarayonini  boshqarish,  jamoani 

musobaqaga tayyorlash, uni boshqarish kabi mavzular mohiyati va mazmuni ochib 

beriladi.  Fan  akademik  darslardan  tashqari  mustaqil  ta’lim,  mustaqil  amaliy 

tayyorgarlik,  kurs  ishlari,  bitiruv  malakaviy  ishlari  va  malakaviy  amaliyotlar 

davomida ham o‘zlashtirilishi ko‘zda tutiladi.  

Voleybol  bo‘yicha  oliy  ma’lumotga  ega  o‘qituvchi-trenerning  kasbiy-

pedagogik  faoliyati  quyidagi  ta’lim  va  sport  muassasalarida  amalga  oshirilishi 

mumkin: 


- maktabgacha tarbiya muassasalari; 

- umumta’lim maktablari; 

- o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (AL, KHK); 

- olimpiya zahiralari kollejlari; 

- BO‘SMlar; 

- sport internatlari; 

- bolalar va o‘smirlar olimpiya zahiralari maktablari; 

- oliy sport mahorati maktablari; 

- sport klublari; 

- ko‘ngilli sport jamiyatlari; 

- terma jamoalar; 



 

11 


 

- xususiy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport markazlari; 

- oromgohlar va sog‘lomlashtiruvchi maskanlar. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə