Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317
fayl 2055 20211105

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



I BOB. FANGA KIRISH 

 

1.1.

 

Voleybol bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchi-trenerga qo‘yiladigan malakaviy 

talablar 

 

Har  bir  o‘quv  fani,  shu  jumladan  “Voleybol  nazariyasi  va  uslubiyati”  fani 



ham,  muayyan  kasbga  xos  nazariy  bilimlar  hajmini  o‘zlashtirish,  amaliy 

ko‘nikmalar  va  malakalarni  egallashga  qaratilgan  maqsad  hamda  vazifalarni  hal 

etishi  lozim.  Talaba  nafaqat  o‘rgatish  (o‘qitish)  obyekti  va  subyektidir,  balki  u 

bo‘lajak  kasbiy-pedagogik  faoliyatning  ham  (o‘qituvchi,  trener)  obyekti  va 

subyekti  sifatida  ta’lim  oladi.  Shuning  uchun  mazkur  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha 

tahsil  olayotgan  o‘qituvchi-trener  malakaviy  talablarga  asoslangan  ko‘p  kompo-

nentli kasbiy-pedagogik funksiyalarni o‘zlashtirishi lozim. 

XXI  asr  inson  va  jamiyat  taraqqiyotida  ilm-fan,  texnika  va  innovatsion 

texnologiyalarning  global  miqyosda  jadal  sur’atlar  bilan  shakllana  borishi,  ishlab 

chiqarish, uy-ro‘zg‘or, yo‘l harakatlari, hatto intellektual jarayonlarni “avtomatlar”, 

kompyuterlar  va  robotlar  “qo‘liga”  topshirmoqda.  Ushbu  vaziyat  bir  tomondan 

odamzot  uchun  barcha  qulayliklarni  muhayyo  etsa,  ish  sifati  va  samaradorligini 

oshirsa,  ikkinchi  tomondan  jismoniy  mehnat-mushaklar  faoliya-tini  nihoyatda 

chegaralab  qo‘ymoqda.  Aynan  ikkinchi  holatning  ustuvorligi  asta-sekin 

gipokineziya  (kam  harakatlanish)  dardiga  mubtalo  qiladi.  Gipokineziya  esa,  o‘z 

navbatida hayotga xavf soluvchi zamon sivilizatsiyasiga xos hastaliklar (ishemiya, 

gipertoniya, bronx astmasi, nevroz, osteoxandroz va h.k.)ni keltirib chiqarishi isbot 

talab  qilmaydi.  To‘g‘ri,  ushbu  kasalliklardan  xalos  bo‘lish  uchun  “o‘tkir”  dori-

darmonlar  va  zamonaviy  muolaja  usullari  mavjud.  Lekin  bunday  vositalar  bir 

darddan  “ozod”  qilib,  ikkinchi  bir  dardni  “chaqirishi”  ehtimoldan  holi  emas. 

Olimlar  tomonidan  azaldan  ilmiy  asosda  isbot  qilinganki,  gipokine-ziyani  oldini 

oluvchi  yoki  davolovchi  yagona  va  o‘ta  samarali  “dori-darmon”  –  me’yorlangan 

jismoniy tarbiya va sport mashqlaridir. 



 

 



Demak,  iftixor  bilan  ta’kidlash  mumkinki,  Yurtboshimiz  tomonidan  qo‘llab-

quvvatlanayotgan va davlat siyosati doirasida rivoj topayotgan jismoniy tarbiya va 

sport  sharafli  sohaga  aylanib  bormoqda.  Shunday  ekan,  ayni  vaqtda  jismoniy 

tarbiya hamda ommaviy sportni aholining, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar-ning kundalik 

hayotiy  ehtiyojiga  aylantirish  va,  albatta,  yurtimiz  bayrog‘ini  Olimp  cho‘qqilariga 

olib  chiqishga  qodir  iste’dodli  sport  zahiralari  hamda  raqobatbardosh  sportchilar 

tayyorlovchi  professional  kadrlar  yetishtirish  soha-ning  o‘ta  dolzarb  vazifalaridan 

biridir.  

Jismoniy  tarbiya  va  xususan  voleybol  bo‘yicha  tayyorlanadigan  o‘qituvchi-

trenerning  modeli  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”  muvofiq  ta’lim  yo‘nalishiga  mo‘ljallangan  DTS  va  fan  dasturi  talablari 

bilan  belgilanadi.  Voleybol  bo‘lajak  o‘qituvchi-trenerga  qo‘yiladigan  malakaviy 

talablar “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” maqsadi va vazifalariga asoslanadi. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə