Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317
fayl 2055 20211105

“Universitet”

  maqomiga  mos  ravishda  o‘zgartirilishi  munosabati  bilan  tamomila 

qayta  ishlab  chiqilgan  va  unda  ilg‘or  xorijiy  tajribalarga  asoslangan  yangi  bo‘lim 

hamda boblar o‘z ifodasini topgan.  

Darslikda  muvofiq  fan  dasturiga  asosan  “Fanga  kirish”,  “Voleybol  bo‘yicha 

bo‘lajak o‘qituvchi-trenerga qo‘yiladigan malakaviy talablar”, fanning  maqsadi va 

uning  tuzilishi,  asosiy  atamalar  va  tushunchalar  mohiyati  yoritilgan.  O‘qituvchi-

trenerning kasbiy pedagogik funksiyalari, voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish 

tarixi,  uni  O‘zbekistonda  shakllanish  tarixi,  bugungi  holati  va  kelajak  istiqboli, 

o‘yin  texnikasi  va  taktikasi,  ularga  o‘rgatish,  umumiy  va  maxsus  jismoniy 

sifatlarni rivojlantirish, musobaqa qoidalari, uni tashkil qilish, voleybolga tanlov va 

turli  tayyorgarlik  guruhlarida  mashg‘ulotlar  o‘tkazish,  tayyorgarlik  turlari  – 

nazariy,  jismoniy,  texnik,  taktik,  psixologik  va  integral  tayyorgarlik  masalalari 

muallifning  ko‘p  yillik  ilmiy-pedagogik  tajribasi,  shu  jumladan  Rossiyaning 

Moskva  va  Sankt-Peterburg  shaharlari,  Belarussiyaning  muvofiq  Universitetlari 

tajribalariga  asoslangan  holda  ochib  berilgan.  Darslikda  ko‘p  yillik  tayyorgarlik 

jarayonining  siklliyligi  va  davriyligi,  yuqori  malakali  voleybolchilar  bilan 

mashg‘ulot  o‘tkazish,  zamonaviy  voleybol  taktikasi  va  strategiyasi,  jamoani 

musobaqaga  tayyorlash  va  uning  faoliyatini  boshqarish,  O‘zbekistonda  voleybol 

taraqqiyotini  boshqaruvchi  davlat  va  jamoat  organlari,  voleybolchi-talabalar 

tomonidan  olib  boriladigan  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borish  mavzulari  o‘z 

ifodasini topgan. Darslikdan joy olgan barcha mavzular muvofiq jadvallar, tasnifiy 

andozalar bilan asoslangan. Talabalarda  nazariy bilimni o‘zlashtirganlik darajasini 



 

 



baholashga  mo‘ljallangan  nazorat  savollari  va  test  topshiriqlari,  shu  jumladan 

amaliy  ko‘nikma  va  malakalarni  baholash  uchun  me’yoriy  talablar  keltirilgan. 

Unda  “Voleybol  nazariyasi  va  uslubiyati”  fanida  uchraydigan  atamalarning 

mantiqiy  ma’nosini  ochib  beruvchi  glossariy  o‘zbek,  ingliz  va  rus  tillarida  qayd 

etilgan.  Har  bir  mavzuga  doir  o‘quv  materiallarini  mustaqil  o‘zlashtirish  uchun 

asosiy, qo‘shimcha adabiyotlar va internet saytlari ko‘rsatilgan. 

Muallif darslik bo‘yicha o‘quvchi tomonidan bildirilgan barcha taklif, tavsiya, 

kamchilik  hamda  qo‘shimcha  ko‘rsatmalar  uchun  tashakkur  izhor  qiladi  va  ularni 

darslikning keyingi nashrlarida e’tiborga olinishini ta’minlaydi.  


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə