Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/207
tarix06.02.2022
ölçüsü3,12 Mb.
#83521
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207
Staratigrafiya asoslari. Kushakova A. Abduvaxobov a. (1)

Tog‘ jinslarining rangi
0 ‘rganilayotgan  tog ‘  jinslarining  rangi  mazkur  to g‘  jinslarining 
asosiy  massasini  tashkil  etgan  minerallar  rangi  bilan  belgilanadi. 
B a’zan 
ayrim 
m inerallaming 
rangi 
yorqin 
bo‘lsa, 
bunday 
minerallarning  oz  miqdorlarda  mavjud  bo ‘lishi  ham  tog‘  jinsining 
umumiy  tusiga  ta ’sir  etishi  mumkin.  K o‘p  hollarda  tog‘  jinsining 
rangi uning qanday sharoitlarda hosil  bo‘lishini k o ‘rsatishi mumkin.
Oq 
rang  (b a’zan  och  kulrang)  kremnezem,  karbonatlar  (kalsit, 
dolomit),  sulfatlar (gips)  va xioritlar  (galit)  guruhlari  kabi  cho'kindi 
hosilalar  tarkibiga  kiruvchi  tog‘ jinslari  minerallarining  tabiiy  rangi 
hisoblanadi.  Qo‘shimcha  rang  beruvchi  mineral  qo‘shilmalar 
bo‘lmasa,  tog‘  jinslarining  oq  rangi  birlamchi  rang  sifatida  uzoq 
m uddat saqlanib turadi.
Qora 
rang  (ba’zan  kulrang va to ‘q  kulrang)  ko‘proq  terrigen  va 
karbonatli tog‘ jinslari  uchun xos.  Ushbu rangning namoyon  boMishi 
to g‘ jinslari tarkibida uglerodli modda tarqalishi hamda unga hamroh 
tarzda  tem ir  va  mis  sulfidlarining  mavjudligi  bilan  belgilanadi. 
Ushbu  rangdagi  to g ‘  jinslari  gumid  iqlimli  oblastlardagi  yotqiziqlar 
uchun xosdir.
Yashil 
rang  va  uning  turli  ko ‘rinishdagi  tuslari  tog ‘  jinslari 
tarkibida  mavjud  bo‘lgan  glaukonit,  tem ir  va  ba’zan,  mis  zakislari 
birikmalari  bilan  bog‘liqdir.  Yashil  rangli  yoki  tusli  tog ‘  jinslari 
ikkilamchi  o'zgarishlarga  uchramagan  bo‘Isa  yoki  uning  tarkibida 
yashil  rangli  minerallar  (xlorit,  epidot,  rogovaya  obm anka  kabi 
yashil  rangli  minerallarning varaqlari,  donalari va bo‘laklari) mavjud 
bo ‘lsa, 
bunday  jinslardan 
iborat  yotqiziqlar 
gumid 
iqlimli 
hududlarga xos hisoblanadi.
Qizil 
rang va uning turli tovlanishlari terrigen va karbonatli  tog‘ 
jinslarda  tem ir  oksidlarining  (ko‘proq  suvsiz  hillarining)  siyrak 
tarqalganligi  bilan  belgilanadi.  Temir  oksidalarining  bunday 
birikmalari  ham  gumid  va  ham  arid  iqlimli  hududlarda  temirning 
yuqori  m iqdorlariga  ega  tub  to g ‘  jinslarining  nurashi  jarayonida
23


hosil  b o iad i.  Ular  aksariyat hollarda  issiq v a nam  sharoitlarda hosil 
bo iu v ch i  elyuviy-lateritlarda  to ‘planadi.  Agar  tem ir  oksidlari 
bo ‘laklar  shaklida,  kolloidlar  va  eritmalar  holatida  tashilsa  unda 
cho‘kindining  qizil  rangi  turli  (arid,  gumid)  iqlimiy  zonalardagi 
kontinental  havzalarda  yoki  dengiz  sharoitlarida  mazkur  temir 
birikmalarining  cho‘kmaga  o ‘tishi  bilan  hosil  bo‘ladi.  Shuni 
ta ’kidlash  lozimki,  tog‘  jinslarining  qizil  rangi  agar  cho‘kma 
oksidlovchi  muhitda shakllangandagina saqlanib qoladi.

Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə