Uquqiy asoslari


-modda. Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə236/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

33-modda. Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan, nogironligi bo’lgan shaxs uchun maqbul reabilitastiya choralari majmui bo’lib, ushbu choralar organizmning buzilgan yoki yo’qolgan funkstiyalarini, shuningdek nogironligi bo’lgan shaxs mehnat faoliyatining ayrim turlarini bajarish qobiliyatini tiklashga, kompensastiya qilishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitastiya choralarini amalga oshirishning ayrim turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari hamda tartibini o’z ichiga oladi.
Nogironligi bo’lgan shaxs uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza o’tkazilganidan keyin o’n kun ichida nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi ishlab chiqiladi.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi shart.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy, ijtimoiy, ta’limga oid va kasbiy sohalardagi mutaxassislar tomonidan o’tkaziladigan ko’p sohalar bo’yicha baholash asosida ishlab chiqiladi.
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarida nazarda to’tiladigan chora-tadbirlarning so’zsiz, o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturini tuzishda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi shifokorlari nogironligi bo’lgan shaxsni ushbu Qonunda berilayotgan huquqlari to’g’risida xabardor qilishi shart.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturini bajarish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturida ko’rsatilgan tadbirlarni o’tkazish chog’ida nogironligi bo’lgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
reabilitastiyani o’tkazishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan o’ziga nisbatan teng, hurmat bilan munosabatda bo’linishi;
o’z huquqlari va imkoniyatlari, shuningdek reabilitastiyadan o’tish xususiyati, sifati, shart-sharoitlari haqida to’liq hamda ishonchli axborot olish;
nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillarini reabilitastiya o’tkazishning har qanday bosqichida jalb etish.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturi nogironligi bo’lgan shaxs uchun tavsiya xususiyatiga ega. Ushbu shaxs reabilitastiya chora-tadbirlarining u yoki bu turidan, shakli va hajmidan, shuningdek dasturni amalga oshirishdan butunlay voz kechishga haqli. Nogironligi bo’lgan shaxs o’zining reabilitastiya qilishning muayyan texnik vositasi yoki boshqa vositasi yoxud turi, shu jumladan avtomobillar, o’rindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparatlar, signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar va boshqa shu kabi vositalar bilan ta’minlanishi to’g’risidagi masalani mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.
Reabilitastiya qilishning texnik vositalari va xizmatlari nogironligi bo’lgan shaxslarga, qoida tariqasida, natura shaklida taqdim etiladi.
Agar nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitastiya qilishning texnik vositasini yoxud xizmatni unga taqdim etishning imkoni bo’lmasa yoki nogironligi bo’lgan shaxs o’z hisobidan tegishli vositani olgan yoxud xizmat uchun haq to’lagan bo’lsa, unga nogironligi bo’lgan shaxsga taqdim etilishi kerak bo’lgan reabilitastiya qilishning texnik vositasining yoki xizmatning qiymati miqdorida kompensastiya to’lanadi.
Nogironligi bo’lgan shaxs nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturidan butunlay voz kechgan yoki dasturning ayrim qismlari amalga oshirilishidan voz kechgan taqdirda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, dasturning bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
Nogironligi bo’lgan shaxsni reabilitastiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə