Uquqiy asoslari


-modda. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitastiya qilishning texnik vositalari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə237/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

34-modda. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitastiya qilishning texnik vositalari
Davlat zamonaviy protez-ortopediya moslamalarini va reabilitastiya qilishning texnik vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida reabilitastiya qilish industriyasini rivojlantirishga ko’maklashadi.
Protez-ortopediya moslamalarining va reabilitastiya qilish texnik vositalarining davlat reestri (ro’yxati), bunday vositalar bilan ta’minlash tartibi, shuningdek nogironligi bo’lgan shaxslarni reabilitastiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash uchun tibbiy ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalar ro’yxati belgilangan tartibda aniqlanadi.
Nogironligi bo’lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitastiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash bo’yicha harajatlarga doir majburiyatlarni moliyalashtirish, shu jumladan ularni tayyorlash va ta’mirlash O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo’lgan shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va ularni reabilitastiya qilishning texnik vositalari uchun ushbu moddada nazarda tutilgan harajatlarni moliyalashtirishga doir qo’shimcha mablag’lar qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ham olinishi mumkin.
Hisobot davri yakunlari bo’yicha qaysi tadbirkorlik sub’ektining tushumi umumiy hajmining kamida o’ttiz foizi nogironligi bo’lgan shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini ishlab chiqarishdan, shuningdek ularga ortopedik protezlash xizmatlari ko’rsatishdan, protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini ta’mirlash hamda xizmat ko’rsatishdan kelib tushgan bo’lsa, o’sha tadbirkorlik sub’ekti quyidagi huquqlarga ega:
o’zi kiritgan takliflar tanlov savdolari boshqa ishtirokchilarining takliflari bilan teng bo’lgan taqdirda haridor tomonidan investistiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob’ektlarini «nol» harid qiymati bo’yicha realizastiya qilish yuzasidan o’tkazilgan tanlov savdolari natijalariga ko’ra kontrakt tuzishga doir ustunlik;
davlat mulki ob’ekti uchun mazkur ob’ektning ijara haqi stavkasi eng kam miqdorining ellik foizi miqdorida ijara haqi to’lash.
5-bob. Nogironligi bo’lgan shaxslarning sog’lig’ini saqlash va ularga ijtimoiy yordam ko’rsatish
35-modda. Nogironligi bo’lgan shaxslarning sog’lig’ini saqlash
Davlat nogironligi bo’lgan shaxslarning sog’liqni saqlash xizmatlaridan, sifatli va nogironligi bo’lgan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga oluvchi tibbiy yordamdan boshqa fuqarolar bilan teng ravishda foydalanish huquqi amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarur choralar ko’radi.
Davlat nogironligi bo’lgan shaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko’rsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida amalga oshiriladigan malakali tibbiy yordam ko’rsatilishi bo’yicha choralar ko’radi. Nogironligi bo’lgan shaxslarni tibbiy parvarish qilish barcha darajalardagi mavjud tibbiy xizmatlar doirasida, shuningdek nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Zo’rayib boruvchi shakldagi yoki yakuniy bosqichdagi bedavo kasalliklarga chalingan shaxslar bemorlarning jismoniy, ruhiy, hissiy va ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishni nazarda tutuvchi palliativ tibbiy parvarishlash xizmatlari ko’rsatilishi huquqiga ega bo’ladi.
36-modda. Nogironligi bo’lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko’rsatish
Nogironligi bo’lgan shaxslarga ijtimoiy yordamning quyidagi turlari ko’rsatiladi:
pul to’lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo’la beriladigan to’lovlar);
reabilitastiya qilishning texnik vositalari, surdotexnika, tiflotexnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan o’rindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparatlar va signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar, shuningdek avtomobillar bilan ta’minlash;
tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitastiya qilish bo’yicha xizmatlar va maishiy xizmatlar;
transport xizmatlari;
dori vositalari bilan ta’minlash.
Nogironligi bo’lgan shaxslarga ijtimoiy yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi organlari, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosalari asosida ko’rsatiladi.
Nogironligi bo’lgan, o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotgan va o’zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo’lgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan stastionar muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda xizmatlar ko’rsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar ta’minlanadi, tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.
Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi bo’lgan shaxslar tibbiy ko’rsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar) mablag’lari hisobidan reabilitastiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan ta’minlanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo’lgan shaxslarga mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan qo’shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.
Nogironligi bo’lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog’lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo’lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo’ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo’lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish huquqiga ega.
Nogironligi bo’lgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sog’lomlashtirilishini ta’minlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi bo’lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo’ljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi bo’lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
37-modda. Nogironligi bo’lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish
Nogironligi bo’lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish sog’liqni saqlash organlari, bandlik va mehnat munosabatlari organlari, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi hamda quyidagi turlarni o’z ichiga oladi:
ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish masalalari yuzasidan maslahat berish;
tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
sog’lig’ining holatiga ko’ra o’ziga nisbatan homiylik belgilanishiga muhtoj nogironligi bo’lgan shaxslarga ko’maklashish va homiylarning o’z majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
protez-ortopediya moslamalarini va reabilitastiya qilishning texnik vositalarini olishda ko’maklashish;
o’zgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan shaxslarni dori vositalari bilan bepul yoki imtiyozli ta’minlash;
o’zgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan shaxslarning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanishiga, shu jumladan ovqat tayyorlashiga va uy-joyni yig’ishtirishiga, gigienani amalga oshirishiga ko’maklashish.
Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron va o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lib qolgan bo’lsa, nogironligi bo’lgan shaxs mehnat qobiliyatini yo’qotgan vaqtda uni parvarish qiluvchi shaxsni ish beruvchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining yoki pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosasiga binoan o’z hisobidan ta’minlashi hamda jabrlangan xodimga yetkazilgan moddiy zararning o’rnini qoplashi va ma’naviy ziyonni kompensastiya qilishi shart.
6-bob. Nogironligi bo’lgan shaxslarning ta’lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
38-modda. Nogironligi bo’lgan shaxslarning ta’lim olish huquqi
Nogironligi bo’lgan shaxslar barcha darajalardagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish va o’z qobiliyatini yanada to’liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat nogironligi bo’lgan shaxslarning inklyuziv ta’limini rivojlantirishni, ularning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o’tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi.
Ta’lim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi bo’lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o’rta ta’lim olishini, shuningdek o’rta maxsus, professional, oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limi olishini ta’minlaydi.
Agar nogironligi bo’lgan bolalarni ta’lim muassasalarida o’qitishning vaqtincha imkoni bo’lmasa, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari nogironligi bo’lgan bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o’qitilishini ta’minlaydi.
Nogironligi bo’lgan bolalarni uyda o’qitish O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat nogironligi bo’lgan bolalarning bepul umumiy o’rta, maktabdan tashqari, o’rta maxsus va professional ta’lim olishini kafolatlaydi.
Nogironligi bo’lgan shaxslarni to’lovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus o’quv qo’llanmalari va adabiyotlar, shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari nogironligi bo’lgan shaxslarni (bolalarni) o’qitganlik uchun to’lov bo’yicha imtiyozlar belgilashga haqli.
Nogironligi bo’lgan shaxslarga ta’lim berish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibdagi o’quv rejalari bo’yicha o’qitish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo’lgan bolalarni har tomonlama va uyg’un rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish, mehnatga ishtiyoq uyg’otish, ularni ilm-fanga, texnikaga, san’atga va sportga jalb etish maqsadida ta’lim muassasalari nogironligi bo’lgan bolalarning maktabdan tashqari ta’limdan foydalanishini, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, davlat organlari bilan birgalikda ta’minlashi shart.
Imo-ishora tili O’zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo’lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat organlari nogironligi bo’lgan shaxslarning har biri uchun mosroq bo’lgan tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini rivojlantirish, Brayl alifbosini, muqobil harflarni, nutq va og’zaki muomala ko’nikmalarini o’zlashtirish, shuningdek o’qituvchilarni va maktab xodimlarini inklyuziv ta’lim masalalarida o’qitish, imo-ishora tilini va Brayl alifbosini biladigan nogironligi bo’lgan o’qituvchilarni ta’lim muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ta’lim tizimini takomillashtirish choralarini ko’radi.
39-modda. Nogironligi bo’lgan bolalarning maktabgacha ta’limi
Nogironligi bo’lgan bolalarning maktabgacha ta’limi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha yoshdagi nogironligi bo’lgan bolalarga nisbatan zarur reabilitastiya va abilitastiya qilish choralari amalga oshiriladi hamda ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Sog’lig’ining holati maktabgacha ta’lim muassasalarida bo’lishni vaqtincha istisno etadigan nogironligi bo’lgan bolalar uchun ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.
Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg’or uslubiyotlarni o’z ichiga oladigan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini amalga oshirish ta’minlanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə