Uquqiy asoslari


-modda. Nizolarni hal etish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə240/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

44-modda. Nizolarni hal etish
Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
45-modda. Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
46-modda. O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish
Quyidagilar o’z kuchini yo’qotgan deb topilsin:
1) O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi 422-XII-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 2, 78-modda);
2) O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi 423-XII-sonli Qarori (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 2, 79-modda);
3) O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi 621-I-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 102-modda) 2-bandi;
4) O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi 220-II-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 5, 89-modda) I bo’limi;
5) O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 27 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi 671-II-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 171-modda) I bo’limi;
6) O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida»gi 714-II-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 18-modda) I bo’limining 7-bandi;
7) O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 23 mayda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-2-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda) 1-moddasi;
8) O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’RQ-162-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 353-modda);
9) O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 9 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-254-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 334-modda) 1-moddasi;
10) O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 aprelda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-352-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda) 1-moddasi;
11) O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 7 oktyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida»gi O’RQ-355-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 10, 263-modda) 1-moddasi;
12) O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-416-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 12, 383-modda) 2-moddasi;
13) O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida»gi O’RQ-436-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 6, 300-modda) 2-moddasi;
14) O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-456-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 1, 1-modda) 1-moddasi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə