Uquqiy asoslari


-modda. O’zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

44-modda. O’zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi

Shifokor diplomini olayotgan shaxslar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi.


«Shifokor degan yuksak unvonni olib, tibbiyot faoliyatiga kirishar ekanman: o’zimning bor bilim va mahoratimni bemorni davolashga hamda inson sog’lig’ini saqlashga bag’ishlashga, yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bemorga kuch-g’ayratim va vaqtimni ayamay tibbiy yordam ko’rsatishga, bemorning sog’lig’ini shaxsiy manfaatlarimdan yuqori qo’yishga, kamtar va halol bo’lishga, o’z bilim va mahoratimni doimo oshirib borishga, shifokor sirini saqlashga, kishilarga hamisha mehr-muruvvat va shifo topishlariga ishonch hadya etishga, Buqrot, Abu Ali ibn Sino singari ulug’ tabiblarning shonli an’analarini davom ettirishga tantanali qasamyod qilaman. Ushbu qasamyodga umrimning oxirigacha sodiq qolishga qasamyod qilaman».
Shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
KIRISH

Mustaqillikka erishilgan ilk kunlardan boshlab, O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etish borasida juda ulkan ishlar olib borilmoqda. Mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi keng qamrovli ishlar orasida O’zbekistonda dadillik bilan tanlab olingan ushbu yo’lning siyosiy, huquqiy asoslarini yaratishga doir isloxatlarning xayotga tatbiq etilishini alohida ta’kidlamoq kerak. Ya’ni O’zbekiston mustaqil huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, xalqaro huquqning mustaqil sub’ekti sifatida jahon hamjamiyatiga kirish yo’lida izchillik bilan harakat qilib kelmoqda.


Shu yillarda sog’liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni unifikastiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiluvchi qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilindi.
Buyuk maqsadlar sari harakat qilib borayotgan xalqimizning yangi jamiyat qurish uchun intilishlarini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasini mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonun hujjatlari tizimini shakillantirib kelmoqda. Mustaqillik davrida Oliy Majlis tomonidan bu yo’nalishda yuzlab qonun va qarorlar qabul qilindi. Ularning barchasi jamiyatimiz oldida turgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi vazifalarni huquqiy jihatdan ta’minlashni nazarda tutadi. Ular islohatlarning huquqiy negizini takomillashtirishga va bozor munosbatlariga o’tishni jadallashtirishga, aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga, jamiyatni ma’naviy yangilashga, milliy davlatchilikni mustahkamlashga qaratilgandir.
Yurtimizning dunyo miqyosida e’tirof etilishi ko’p jixatdan fuqarolarning huquqiy ongi va savodxonligini ham yuksaltirishga bog’liq. Zotan alohida shaxslarning huquqiy ongi va savodxonligi – xalqimiz va davlatimiz huquqiy ongi va savodxonligining tashkil etuvchisidir.
Binobarin, yurtimizning har bir fuqarosi shuningdek, o’sib kelayotgan yangi avlod o’zlarining xalqi va jamiyati bilan hamdard, hamnafas yashashlari uchun o’z xaq-huquqlarini shu bilan birga huquq va majburiyatlarini yaxshi idrok eta olishi ular huquqiy madaniyatini yuksaltirishning muxim omili bo’lib xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun chikayotgan qonun hujjatlarini ularga asoslanib qabul qilinayotgan xayotimiz me’yoriy qoidalarini omma orasida keng eyish hamda bu xildagi bilimdan xosil buladigan qulayliklarga ega bo’lishimiz kerak.
Me’yoriy huquqiy asoslar deganda avvalom bor normativ-huquqiy hujjatlar tushuniladi.
Normativ-huquqiy hujjat bu-qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlariga:

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasining qonunlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari

Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxslar quyidagilar:

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari,

  • O’zbekiston Respublikasining Prezidenti,

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar,

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxslar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi va ijro etish uchun quyi tizimlarga yuboradi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar o’z vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar davlat qo’mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan qo’shma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning tarkibiy bo’linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo’yicha o’zaro nisbati O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat o’ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lishi shart.
Normativ-huquqiy hujjatlar o’rtasida tafovut bo’lgan taqdirda yuqori yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjat qo’llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar o’rtasida tafovut bo’lgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo’mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo’lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo’ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidag rekvizitlarga ega bo’ladi:

  • hujjatning turi va nomi, hujjat qabul qilingan joy, sana (O’zbekiston Respublikasining qonunlari uchun ma’qullangan va imzolangan sana ham), raqami (vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari uchun ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sana va ro’yxatga olish raqami ham);

  • tegishli normativ-huquqiy hujjat matnini tasdiqlashga rasman vakolati bo’lgan shaxsning lavozimi, imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə