Uquqiy asoslari


Shu bilan birga Sog’liqni saqlash vazirligining aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari ham uz urnini topgan. Jumladan



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

Shu bilan birga Sog’liqni saqlash vazirligining aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari ham uz urnini topgan. Jumladan :
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi sohasida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Mikronutrientlar bilan boyitilishi lozim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari ro’yxatini aniqlaydi. Boyitilgan oziq-ovqat mahsulotining va oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mo’ljallangan vitamin-mineral aralashmalarning xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi. Aholining mikronutrientlar saplementastiyasi o’tkazilishi lozim bo’lgan muayyan guruhlarini aniqlaydi.Oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun mikronutrientlarning normalari va tavsiya etiladigan darajalarini ishlab chiqadi. Mikronutrientlar saplementastiyasini tashkil etadi. Aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi bo’yicha sanitariya-gigiena va tushuntirish ishlarini olib boradi.Aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasiga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qiladi va baholaydi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, ushbu qonunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi vakolatlari hamda aholi o’rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi chora-tadbirlari ham tartibga solingan.

1.15.Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risidagi qonun


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 27 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda ma’qo’llangan.
Ushbu Qonunning maqsadi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarning sog’lig’ini, avvalo, yigirma yoshga to’lmagan shaxslarning sog’lig’ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, shu bilan bog’liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə