Uquqiy asoslari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə6/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo’lgan, klinik tadqiqot ob’ektlari bo’lgan modda yoki moddalar aralashmasi;

  • farmastevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizastiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

  • O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan dori vositalarining g’ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to’g’risidagi qonunchilik buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;

  • qalbaqilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to’g’risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg’on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.

    Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi.
    Ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmastevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
    Shu bilan birga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika taaluqli bo’lgan barcha faoliyat jumladan davlat farmkomapaniyasi, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yohud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari, dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda farmakologik nazorat tartiblari belgilab berilgan.
    Shuningek, qonunda dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika to’g’risidagi axborot va dori vositalarining reklamasi va farmastevtika faoliyatining yo’nalishlari keng yoritilgan.
    Dorixona va dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash saqlash, tashish hamda yo’q qilib tashlash hamda ularni eksport va import qilish masalalari ham tartibga solingan.

    1.6. Psixiatriya yordami to’g’risida


    Qonunchilik palatasi tomonidan 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan bo’lib, qonunning maqsadi psixiatriya yordami ko’rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Psixiatriya yordami to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining psixiatriya yordami to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

    • ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ihtiyoriy ravishda rozilik berish — o’z sog’lig’ining holati, ruhiy holati buzilganligining xususiyati haqidagi hamda kasallik rivojlanishining ehtimoldagi prognozi, psixiatriya yordami ko’rsatish maqsadi, tartibi va davom etish muddati, tashxis qo’yish, davolash usullari hamda mazkur yordamni ko’rsatish jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan dori vositalari, ularning nojo’ya ta’sirlari haqida tushunarli tarzda taqdim etiladigan axborotni anglab yetishga layoqatli bo’lgan shaxs tomonidan yozma shaklda ifodalangan ixtiyoriy rozilik yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi;

    • psixiatriya yordami — shaxslarning ruhiy sog’lig’i holatini tekshiruvdan o’tkazishga, ruhiy holatning buzilishlarini profilaktika qilishga, ularga tashxis qo’yishga, ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan reabilitastiya qilishga qaratilgan maxsus tadbirlar majmui;

    • psixiatriya muassasasi — asosiy vazifasi psixiatriya yordami ko’rsatishdan iborat bo’lgan tibbiyot muassasasi;

    • ruhiy holatning buzilishi — shaxs ruhiy holatining O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan Xalqaro kasalliklar tasnifiga muvofiq tan olingan o’zgarishi;

    • shifokor-psixiatrlar komissiyasi — sog’liqni saqlashni boshqarish organi tomonidan tuzilgan, psixiatriya yordami ko’rsatish bilan bog’liq masalalar yuzasidan kollegial ravishda qarorlar qabul qiluvchi uch nafar yoki undan ortiq shifokor-psixiatrdan iborat bo’lgan komissiya;

    • qonuniy vakillar — ota-onalar (farzandlikka oluvchilar), vasiylar yoki ruhiy holati buzilgan shaxslarning manfaatlarini ifoda etishga, ularga psixiatriya yordami ko’rsatishda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini amalga oshirishga vakolatli bo’lgan boshqa shaxslar.

    Ushbu qonunning amal qilishi O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga psixiatriya yordami ko’rsatishda ularga nisbatan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida psixiatriya yordami ko’rsatishda ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
    O’zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’zlariga psixiatriya yordami ko’rsatilishida ushbu qonunda belgilangan barcha huquqlardan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
    Psixiatriya yordami ko’rsatishning asosiy prinstiplari qonuniylik, ijtimoiy himoyalanganlik, insonparvarlik, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, axborotning maxfiyligidan iboratdir.
    Davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi:

    • davlat tibbiyot muassasalarida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, tez yordam, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiy tez yordam ko’rsatish chog’idagi bepul psixiatriya yordami;

    • qonunchilikka muvofiq barcha turdagi psixiatriya ekspertizalarini o’tkazish;

    • tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining tegishli xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy yordam ko’rsatish va ularni ishga joylashtirishga ko’maklashish;

    • ruhiy holati buzilgan shaxslarning vasiylik masalalarini hal qilish;

    • psixiatriya yordami ko’rsatuvchi tibbiyot muassasalarida, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo’ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarda huquqiy masalalar bo’yicha maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari;

    • favqulodda vaziyatlar chog’idagi psixiatriya yordami.

    Ruhiy holati buzilgan shaxslarni psixiatriya yordami bilan ta’minlash va ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun davlat:

    • psixiatriya yordami ko’rsatuvchi barcha turdagi muassasalarni, imkoniyati boricha, ruhiy holati buzilgan shaxslarning yashash joyida barpo etadi;

    • ruhiy holati buzilgan voyaga etmagan shaxslarning davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishini tashkil etadi;

    • ruhiy holati buzilgan shaxslarni reabilitastiya qilish va jamiyatga qayta integrastiya qilish maqsadida ular uchun moslashtirilgan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etgan holda, psixiatriya muassasalari hududida mehnat terapiyasi, yangi kasb-hunarlarga o’qitish va ruhiy holati buzilgan shaxslarni, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davolash-ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi;

    • ruhiy holati buzilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun iqtisodiy rag’batlantirish (imtiyozlar, preferenstiyalar berish va boshqalar) usullarini qo’llaydi;

    • ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun zarur bo’lgan boshqa choralarni ko’radi.

    Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq ularga berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi.
    Psixiatriya yordami ko’rsatishni moliyalashtirish «Sog’liqni saqlash» sohasiga ajratiladigan byudjet mablag’lari doirasida, psixiatriya yordami ko’rsatish uchun davlat tomonidan kafolatlangan hajmda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
    Ushbu qonun psixiatriya yordami so’rab murojaat etishning ixtiyoriyligi, ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari, psixiatriya yordami ko’rsatishda shifokor sirini saqlash, ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki davolanishni rad qilish, tibbiy yo’sindagi majburlov choralari hamda sud-psixiatriya ekspertizasi, tibbiyot xodimlarining hamda boshqa mutaxassislarning psixiatriya yordami ko’rsatish chog’idagi huquq va majburiyatlari, shifokor-psixiatrning psixiatriya yordami ko’rsatish chog’idagi mustaqilligi psixiatriya yordamining turlari va ularni ko’rsatish tartibi belgilab beradi.

    1.7. Faoliyatning ayrim turlarini listenziyalash to’g’risida.


    Qonunchilik palatasi tomonidan 2000 yil 25 mayda qabul qilingan bo’lib 27ta moddadan iborat. Ushbu Qonun faoliyatning ayrim turlarini listenziyalash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi.
    Faoliyatning ayrim turlarini listenziyalash to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Faoliyatning ba’zi bir turlarini listenziyalashning o’ziga xos jihatlari qonun bilan belgilanadi.Ushbu qonun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishni listenziyalashda, intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik listenziyasi shartnomasi (franshizing to’g’risidagi shartnoma) bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining faoliyatning ayrim turlarini listenziyalash to’g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə