Uquqiy asoslari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

Qonunchilik palatasi tomonidan 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan va 2016 yil 05 yanvarda uzgartirish kiritilshgan bo’lib, ushbu qonunning maqsadi dori vositalari va farmastevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Dori vositalari va farmastevtika faoliyati to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmastevtika faoliyati to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

  • dori vositalari - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funkstiyalarini o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substanstiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substanstiyalar), dori preparatlari;

  • dori moddalari (substanstiyalar) - farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo’lgan yoxud tashxis qo’yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;

  • dori preparatlari - dozalangan, idishga joylangan-o’ralgan, qo’llanilish uchun tayyor dori vositalari;

  • dorivor o’simlik xom ashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo’lgan o’simliklar yoki ularning qismlari;

  • restept - shifokorning farmastevtik ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo’llanilish usuli to’g’risidagi yozma ko’rsatmasi;

  • sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum - yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o’tgan dori vositasi va tibbiy buyum;

  • tibbiy buyumlar - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funkstiyalarini o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;

  • tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funkstiyalarini aniqlash hamda o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;


  • Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə