Uquqiy asoslari


yod yetishmasligi kasalliklari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə9/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

yod yetishmasligi kasalliklari - organizmda yodning yetishmasligi oqibatida qalqonsimon bez kasalliklari ko’rinishida namoyon bo’ladigan kasalliklar;

  • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi — yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi;

  • yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari — ishlab chiqarish jarayonida yod bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari;

  • yodlangan tuz — ishlab chiqarish jarayonida yod bilan boyitilgan osh tuzi.

    Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi quyidagichadir.Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat siyosati yod yetishmasligi kasalliklari kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan bo’lib, quyidagilar orqali ro’yobga chiqariladi:

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish;

    iste’mol bozorini yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    • yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;

    • bolalarni va tug’ish yoshidagi ayollarni tarkibida yod bo’lgan preparatlar bilan profilaktik ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;

    • yodlangan tuz, yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari va yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi hamda ularni davolash uchun foydalaniladigan dori vositalari va preparatlarni ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;

    • yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir tadbirlar samaradorligining monitoringi;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida hisobga olishning axborot-tahlil va statistik tizimlarini takomillashtirish;

    • yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mablag’larini yod yetishmasligi kasalliklari muammolariga, mazkur kasalliklarning profilaktikasi hamda davolash usullariga jalb etish;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

    Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida davlat boshqaruvini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.
    Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida davlat boshqaruvi:

    • profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari o’tkazishni, yod yetishmasligi kasalliklariga tashxis qo’yish va ularni davolashni tashkil etishni;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash uchun dori vositalari hamda preparatlarni, yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni;

    • tuz va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashni davlat tomonidan normalashtirishni;

    • davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishni;

    • yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularning muomalasi ustidan davlat nazoratini o’z ichiga oladi.

    • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ro’yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

    • davlat boshqaruvi organlarining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi masalalariga doir faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

    • qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risidagi qonunchilik talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini ro’yobga chiqaradi;

    • tuzni va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash bo’yicha sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilaydi;

    • yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ishlab chiqarilishi, saqlanishi, olib kirilishi hamda realizastiya qilinishi monitoringini olib boradi;

    • yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi;

    • aholi o’rtasida yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi bo’yicha tushuntirish ishlarini olib boradi;

    • qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Shuningdek, qonunda O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari tartibga solingan.
    Shu bilan birga yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir chora-tadbirlar, tuz va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash, ularning sifati hamda xavfsizligiga doir talablar, sertifikatlashtirish masalalari ham o’z o’rnini topgan.

    1.12.Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida.


    Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qo’llangan bo’lib, 32 moddadan iborat.

    Ushbu qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   243




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə