Uquqiy asoslari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə7/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

listenziya — listenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, listenziya talablari va shartlariga so’zsiz rioya etilgani holda faoliyatning listenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);

  • faoliyatning listenziyalanayotgan turi — O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun listenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi;

  • listenziyalash — listenziya berish to’g’risidagi arizani topshirish va ko’rib chiqish, listenziyani qayta rasmiylashtirish, listenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bog’liq tadbirlar kompleksi;

  • listenziya talablari va shartlari — faoliyatning listenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda listenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan, qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarning majmui;

  • listenziyalovchi organlar — qonunchilikka muvofiq listenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;

  • listenziya da’vogari — listenziyalovchi organga faoliyatning listenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun listenziya berish to’g’risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

  • listenziat — faoliyatning listenziyalanadigan turini amalga oshirish listenziyasi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

  • listenziya shartnomasi — faoliyatning listenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun listenziatning listenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi listenziyalovchi organ bilan listenziya da’vogari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan va ular o’rtasida tuziladigan shartnoma;

  • listenziyalar reestri — berilgan, to’xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan listenziyalar, shuningdek amal qilishi tugatilgan listenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan listenziyalovchi organlarning ma’lumotlar bazalari majmui.

    Listenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda listenziyalovchi organlar amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

    • listenziyalovchi organlarni va faoliyatning ayrim turlarini listenziyalash tartibini belgilash, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

    • O’zbekiston Respublikasi hududida listenziyalar reestrini yuritish tartibini belgilash;

    • faoliyatning ayrim turlarini listenziyalash sohasidagi qonunchilikka listenziyalovchi organlarning rioya etishlarini nazorat qilish;

    • listenziyalashning ayrim turlarini amalga oshirish.

    Listenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

    • faoliyatning ayrim turlarini qonunchilikka muvofiq listenziyalash;

    • qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli turlarini listenziyalash tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;

    • istenziya talablari va shartlariga listenziatlar rioya etishini nazorat qilish;

    • listenziyalarni qayta rasmiylashtirish;

    • listenziyalarning amal qilishini to’xtatib turish, qayta tiklash;

    • listenziyalarning amal qilishini tugatish;

    • listenziyalarni bekor qilish;

    • listenziyalar reestrini yuritish.

    Ushbu qonunda faoliyatning listenziyalanadigan turlarini aniqlash, listenziya turlari , amal qilishi va muddatlari hamda listenziya talablari va shartlari tartibga solingan. Shuningdek, listenziya shartnomasi uni rasmiylashtirish yoki bekor qilish, qayta rasmiylashtirish masalalari keltirilgan. Listenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishda listenziyalovchi organlar o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlari taribga solingan.

    1.8.Aholini sil kasalligidan muxofaza qilish to’g’risida.


    Qonunchilik palatasi tomonidan 2001 yil 11 mayda qabul qilingan bo’lib ushbu qonun sil kasalligining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, sanitariya-gigienaga oid, epidemiyaga qarshi va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning, shuningdek sil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser ko’rigidan o’tkazish va reabilitastiya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
    Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

    • BCG — Kalmett-Geren bastillasi: sil kasalligi mikrobining vakstina sifatida qo’llaniladigan kuchsizlantirilgan shtammi (ko’rinishi);

    • vakstinastiya — sil kasalligining oldini olish maqsadida chaqaloqlarda faol immunitet hosil qilish usuli;

    • revakstinastiya — kasal yuqtirmaslik bobidagi yo’qolgan xususiyatni tiklash yoki sil kasalligiga nisbatan yanada kuchliroq darajada immunitet hosil qilish uchun odam yoki hayvon organizmiga takroriy ravishda vakstina kiritish;

    • sil kasalligi — sil mikobakteriyalari qo’zg’atadigan yuqumli kasallik;

    sil kasalligining yuqumli shakllari — sil kasalligining sil mikobakteriyalarini chiqarib turadigan faol shakllari;

    • sil kasalligiga ko’ra noqulay bo’lgan chorvachilik ob’ekti — hayvonlarning sil kasalligiga chalinish holati mavjud bo’lgan ob’ekt;

    • sil mikobakteriyalari (mikroorganizmlar) — sil kasalligini qo’zg’atuvchilar;

    • tuberkulin yordamida tashxis qo’yish — kasallikni aniqlash uchun odam va hayvonlarni tuberkulin yordamida tekshirish usuli.

    Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishning asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat:

    • sil kasalligi tarqalishining oldini olishga doir profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishning izchilligi va doimiyligi;

    • O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga, mamlakatimizda doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga sil kasalligiga qarshi bepul yordam ko’rsatish.

    • Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish profilaktika tadbirlari, tibbiy ko’riklar o’tkazish va aholini sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida, shuningdek davlat sog’liqni saqlash tizimining boshqa muassasalarida sil kasalligidan davolash yo’li bilan amalga oshiriladi.

    Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda majburiy tarzda BCG bilan chaqaloqlarni vakstinastiya va bolalarni revakstinastiya qilish hamda tuberkulin yordamida tashxis qo’yish amalga oshiriladi.
    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi majburiy tibbiy ko’rikdan o’tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo’lgan shaxslarning bajarishi ijozat etilmaydigan ishlar ro’yxatini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi. 
    Sil kasalligining yuqumli shakllariga chalingan bemorlarning yotoqxonalarga ko’chib kirishiga yo’l qo’yilmaydi. Sil kasalligiga chalingan bemorlarning yashash, ish, o’qish joylarida (epidemiya o’choqlarida) epidemiyaga qarshi va sog’lomlashtirish tadbirlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

    Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə