Uquqiy asoslari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

QONUN (falsafada) — narsa va hodisalar o’rtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat.
Qonun ustuvorligi esa — barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitustiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo’lib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalardan ustun turishidir.
Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik ta’minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitustiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar» deb mustahkamlangan:
Qonun ustuvor bo’lgan jamiyatda noroziliklar ham bo’lmaydi, chunki barcha soha vakillari qonun asosida faoliyat yuritar ekan norozilik va tushunmovchilikning o’zi bo’lmaydi. Qonunlarning ustuvorligi jamiyatdagi barcha fuqarolar uchun shu jumladan, davlat xizmatida ishlovchi shaxslar uchun, shuningdek jamiyatdagi barcha sohalarga taalluqli bo’lganligi uning yanada mukammal tus olishigi olib keladi.
Qolaversa, qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini ta’minlashga mas’ul bo’lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga “etalon” bo’lishlari lozim bo’ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan har bir kichik xatti-harakatlar nafaqat umumiy taraqqiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga yoki rahbariyatga ishonchining barbod bo’lishiga olib keladi. Shu ma’noda ham qonun ustuvorligini ta’minlashda fuqaroga qaraganda uning ijrosi uchun mas’ul bo’lganlar ko’proq yetakchilik qilishlari talab etiladi.
Qonunlarning har qanday shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoxud ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo’lishini real ta’minlash orqaligina demokratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish mumkin bo’ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos keladi. Bu borada tibbiyot xodimlarining yoki raxbarlarining o’rni alohida.Chunki ular insonlarni nafaqat jismonaniy balki ma’naviy ham davolashlari va yordam berishlari lozim. Bunda ularning huquqiy bilimlari va saviyalari yetarli bo’lishi ahamiyatga ega.
1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O’zbekistoning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qilingandan so’ng davlatimiz oldidagi eng birinchi muammo bu normativ huquqiy hujjatlar bazasini yaratish bo’lgan.
O’zbekistonda mustaqillikka erishilgandan beri, dunyoning ilg’or mamlakatlari tajribalaridan va O’zbekistonning o’ziga xos tarixiy-madaniy, milliy urf-odatlari, an’analaridan, demografik, ekologik vaziyatdan, ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlaridan kelib chiqqan holda, sog’liqni saqlashning yangi tizimi va uni boshqarishning yangi usullari ishlab chiqilmoqda va qayotga tatbik etilmoqda. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar buning erkin dalilidir.
Aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan sifatli sog’liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog’lom avlod tarbiyasi yuzasidan shart-sharoit yaratish yuzasidan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini yoritib beradi.
Mamlakatimizda ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi.
Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutug’larga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi.
Ammo, erishilgan yutug’lar bilan birga muammolar ham mavjudligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son "2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasining sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konstepstiyasi»da ko’rsatib o’tilgan.
Jumladan: sohaning bugungi holatida tarmoqni kompleks huquqiy tartibga solishning mavjud emasligi, o’lim va nogironlikni keltirib chiqarish ehtimoli katta bo’lgan kasalliklarning oldini olish va ulardan aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunosti va idoraviy hujjatlarning haddan ortiq ko’pligi sog’liqni saqlash tizimi barqarorligini ta’minlash imkonini bermayapti. Transplantologiya, ko’makchi reproduktiv texnologiyalar, teletibbiyot kabi talab yuqori bo’lgan yo’nalishlarning tartibga solinmaganligi milliy sog’liqni saqlash tizimi tibbiyot ilm-fani va amaliyotining zamonaviy yutuqlaridan ortda qolib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Bugungi kunga qadar majburiy tibbiy sug’urta tizimini joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan. Natijada hanuzgacha sog’liqni saqlash sohasini moliyalashtirish asosan byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Respublikada tibbiyot xizmatlarining klinik tavsiyalari (bayonnomalari) va standartlari bilan uzviy bog’liq klinik-harajat guruhlari (DRG tizimi) ishlab chiqilmagan.
Sog’liqni saqlashning jadal rivojlanayotgan xususiy sektorini davlat tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikka faol jalb qilishga g’ov bo’layotgan to’siqlar qo’shimcha moliya resurslaridan sog’liqni saqlash uchun samarali foydalanish imkonini bermayapti.
Tibbiyot xodimlarini ijtimoiy-moddiy himoya qilish darajasi pastligi, ular ijtimoiy-huquqiy holatining o’z zimmasiga yuklanayotgan javobgarlik darajasiga mos kelmasligi malakali kadrlarning tizimdan chiqib ketishi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda.
Sog’liqni saqlash tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarlicha joriy etilmaganligi, tibbiyot hujjatlarining juda katta hajmi qog’oz shaklida yuritilishi qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini tezkor kuzatib borish va samarali ijrosini ta’minlash imkonini bermayapti, shuningdek, ortiqcha byurokratizm va katta harajatlarga sabab bo’lmoqda.
Yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklar sog’liqni saqlashning sifatiga bo’lgan aholining tobora ortib borayotgan talablarini qondirish, joylarda to’planib qolgan muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirish va tibbiy xizmat ko’rsatish sohasida ijobiy o’zgarishlarga erishish imkonini bermayapti degan xulosa qilindi.
Shulardan kelib chiqib xukumatimiz raxbariyati tomonidan sohani rivojlantirish yuzasidan qator me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shu bilan sohani rivojlantirish maqsadida jahon sog’liqni saqlash tashkilotining xalqaro standartlari va tavsiyalarini implementastiya qilgan holda tarmoqni kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Jumladan Sog’liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish maqsadida :
1. Sog’liqni saqlash sohasidagi milliy qonun hujjatlarini birxillashtirish va to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadigan qonunlar qabul qilish orqali normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
2. Sog’liqni saqlash sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini bir-biriga muvofiqligiga erishish va qo’llash uchun qulayliklar yaratish maqsadida yagona hujjatda kodifikastiyalash, O’zbekiston Respublikasining Sog’liqni saqlash kodeksini qabul qilish.
3. Bepul tibbiy yordamning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini huquqiy mustahkamlab qo’yish.
4. Majburiy tibbiy sug’urta sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
5. Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi, shu jumladan onalar va bolalarni emlash, dispanserizastiya qilish va ularga kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko’rsatish tartibini belgilovchi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ko’krak suti o’rnini bosuvchi ozuqa marketingi to’g’risidagi xalqaro kodeks normalarini implementastiya qilish hamda, chaqaloqlarni va kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish to’g’risidagi milliy dasturni qabul qilish.
6. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar marketingini tartibga solishning, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga va sport tadbirlariga jalb qilishga rag’batlantirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
7. Tibbiyot xodimlari o’z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta’minlash, manfaatlar to’qnashuvi va korrupssiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan tibbiyot xodimlarining axloq kodeksini qabul qilish va ularning kasbiy javobgarligini sug’urta qilish.
8. Aholini, ayniqsa ehtiyojmand toifalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish vazifasi yuklatilgan.
Yuqoridagilan kelib chiqib, o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, sog’liqni saqlash sohasiga bevosita va bilvosita aloqador bo’lgan xukumat qarorlari va dasturlari, Sog’liqni saqlash vazirligi buyruqdari va yo’riqnomalariga keng o’rin berilgan.
I BOB. SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI (HUJJATLARI)

I. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan bo’lib 26 bob va 128 moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi 7-bobini 24 moddasi va 9 bobining 40 va 41 moddalari insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ifoda etadi. Jumladan insonni yashash huquqini, tibbiy xizmatdan foydalanish va bilim olish huquqini belgilab beradi.


VII BOB. SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR
24-modda. Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir.
IX BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY HUQUQLAR
40-modda. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.


1.1. O’zbekiston Respublikasining fuqarolar salomatligini muxofaza qilishga oid qonunlari:





Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə