Uquqiy asoslari


Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

1.Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan bo’lib, 6 bob va 47 moddadan iborat.
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 128-modda; 1999 y., 5-son, 124-modda; 2001 y., 5-son, 89-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 41-son, 405-modda; 2007 y., 40-son, 411-modda; 2010 y., 20-son, 148-modda)
Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat bo’lib quyidagi vazifalardan iborat:

  • fuqarolarning sog’liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;

  • fuqarolarning sog’lom turmush tarzini shakllantirish;

  • davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog’lig’ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.

Shu bilan birga fuqarolar sog’lig’ini saqlashning asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat:

  • sog’liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;

  • aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo’la olishi;

  • profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;

  • sog’lig’ini yo’qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;

  • tibbiyot fanining amaliyot bilan birligidir.

Ushbu vazifa va prinstiplardan kelib chiqib, maxalliy xokimiyat va sog’liqni saqlash vazirligining vakolatlari va tizimini faoliyatini belgilab berilgan.
Shu bilan birga, fuqarolarning sog’lig’ini huquqiy jixatdan muofaza qilish, ularga tibbiy ijtimoiy yordam ko’rsatish hamda tibbiy ekspertiza sohalari bo’yicha tartibni belgilab beradi. Eng asosiysi mustaqillikka erishilgandan so’ng kiritilgan qonunlar ichida muhimi ushbu qonun bo’lib unda tibbiyot sohasida xususiy sektorni rivojlantirish ya’ni tibbiyot xodimlariga tibbiyot va farmastevtika faoliyati bilan shug’ullanish huquqi berilganligi va sog’liqni saqlashning xusuiy sektoriga tibbiyot va farmastevtika faoliyatini listenziyalash masalasi belgilab bergan.

1.2. «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi qonun


«Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 1992 yil 03 iyulda qabul qilingan bo’lib, qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan:
O’zR 06.05.1995 y. 70-I-son Qonuni, O’zR 15.04.1999 y. 772-I-son Qonuni,
O’zR 31.08.2000 y. 125-II-son Qonuni,O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni,
O’zR 06.09.2010 y. O’RQ-253-son Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining sanitariya nazorati to’g’risidagi qonuni hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining o’z vakolat doirasida chiqaradigan boshqa huquqiy hujjatlardan iboratdir.
Ushbu qonun sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiastiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, odamning qulay atrof-muhitga ega bo’lish huquqini hamda u bilan bog’liq boshqa huquqlarini va ularni amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlaydi.
Davlat sanitariya nazorati bu sanitariya qonunlarini buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qo’yishga qaratilgan sanitariya-epidemiologiya xizmatining faoliyatidir.
Sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlashning asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat:

  • atrof muhitni sog’lomlashtirish, ovqatlanishni, mehnat, turmush, dam olish, ta’lim-tarbiya berish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlar majmuini amalga oshirish asosida odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash huquqlarini kafolatlash;

  • xalq xo’jalik ob’ektlari, texnologiya uskunalarini va asboblarini, transport vositalarini rivojlantirish, joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushurish chog’ida atrof muhit omillari aholi salomatligiga zararli ta’sir ko’rsatishining oldini olishga qaratilgan faoliyatining ustivorligini ta’minlash;

  • aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;

  • sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifatida amalga oshirish;

  • mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslarning sanitariya normalariga, gigiena normativlariga rioya qilmaslik hamda sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirmaslik natijasida aholining salomatligiga va atrof muhitga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash;

  • sanitariya normalari, qoidalariga rioya etilishi va sanitariya-gigiena tadbirlari amalga oshirilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish.

Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalar tomonidan ishlab chiqiladi, O’zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi va shundan so’ng uch oy muddat ichida matbuotda bosib chiqarilishi kerak.
Shu bilan birga ushbu qonunda odamning qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo’lish huquqi va uni ta’minlash kafolatlari, Aholini xotirjamligi radiastiya xafvsizligini ta’minlash talablari va ularni bajarish ma’suliyati hamda davlat sanitariya nazoratini va sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik masalasi belgilab bergan.

1.3. Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to’g’risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 22 iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 11 sentyabrda ma’qullangan. Ushbu qonun qonunchilik palatasi tomonidan 1992 yil 9 dekabr qabul qilingan “Sururkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo’lgan bemorlarni majburiy davolash to’g’risida”gi qonun o’rniga qabul qilingan.
Ushbu qonunning maqsadi narkologik yordam sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, narkologik yordam to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llanilagan:

  • majburiy davolash - narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarga nisbatan sudning qarori asosida majburiy davolash uchun mo’ljallangan muassasalarda ko’rsatiladigan narkologik yordam turi;

  • narkologik yordam - narkologik kasalliklar profilaktikasini, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni tekshirishni, ularga maslahat berishni, tashxis qo’yishni, ularni davolashni, tibbiy-ijtimoiy reabilitastiya qilishni o’z ichiga oluvchi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam turi;

  • narkologik kasallik (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) - psixoaktiv moddalarga patologik ruju qo’yish, ulardan surunkali zaharlanishning psixosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik;

  • narkologik kasallikka chalingan shaxs o’ziga narkolog shifokor tomonidan narkologik kasallik tashxisi qo’yilgan shaxs;

  • narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitastiya qilish narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning hayot faoliyatiga doir cheklovlarni bartaraf etishga yoki kompensastiya qilishga, yo’qotilgan ijtimoiy aloqalarini hamda ijtimoiy maqomini tiklashga, mehnat va maishiy sharoitlarga moslashuvini ta’minlashga qaratilgan tibbiy, psixologik, tarbiyaviy, ta’limga oid, ijtimoiy, huquqiy chora-tadbirlar tizimi;

  • narkologiya muassasalari - aholiga narkologik yordam ko’rsatuvchi narkologiya markazlari, shifoxonalari, dispanserlari, psixonevrologiya dispanserlari tuzilmasidagi bo’linmalar, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining narkologiya kabinetlari;

  • narkologik ekspertiza - tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash masalalarini, ma’muriy, jinoyat va fuqarolik ishlari bo’yicha ish yuritish jarayonida yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal etish uchun narkologik kasallikka tashxis qo’yishga qaratilgan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish;

  • psixoaktiv moddalar - markaziy asab tizimiga o’ziga xos ta’sir ko’rsatadigan, muntazam ravishda iste’mol qilganda ruhan va jismonan qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy kimyoviy moddalar;

psixoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish - shaxslarda mastlik holatini aniqlashga qaratilgan tibbiy ko’rik usullari va tibbiy tekshiruvlar majmui.
Narkologik yordam ko’rsatishning asosiy prinstiplari qonuniylik, maxfiylik, fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi, rahm-shafqat va insonparvarlikdan iboratdir.
Narkologik yordam sohasini tartibga solishda  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar, Sog’liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining narkologik yordam sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
Shu bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan narkologik yordamni, narkologik kasalliklar profilaktikasini, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari hamda ularni davolanishga roziligi masalalari tartibga solingan. Shuningdek, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish masalasi, majburiy davolashni qo’llash uchun asoslar, majburiy davolanayotgan shaxslarga nisbatan mehnat terapiyasini qo’llash tartibi hamda narkologik ekspertiza masalalari yoritib berilgan.

1.4.Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida


1999 yil 19 avgustda qabul qilingan. (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 210-modda; 2001 y., 1-2-son, 23-modda; 2003 y., 1-son, 8-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 41-son, 405-modda; 2015 y., 33-son, 439-modda)
Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo’lishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravishda muomalada bo’lishiga monelik qilish, fuqarolar sog’lig’ini saqlash hamda davlat xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilib qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

  • giyohvandlik (narkotik) vositalari - giyohvandlik vositalari ro’yxatiga kiritilgan va O’zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo’lgan preparatlar va o’simliklar;

  • psixotrop moddalar - psixotrop moddalar ro’yxatiga kiritilgan va O’zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;

  • prekursorlar - prekursorlar ro’yxatiga kiritilgan va O’zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;

  • giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari - kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko’ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o’xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;

  • preparat - moddalarning har qanday fizik holatdagi, tarkibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar bo’lgan aralashmasi;

  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo’lishi - giyohvandlik vositalari, - psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida o’tkazish, saqlash, berish, realizastiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, jo’natish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yo’q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo’lgan o’simliklarni etishtirish;

  • giyohvandlik (narkomaniya) - giyohvandlik vositalariga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog’liq kasallik;

  • zaharvandlik (toksikomaniya) - psixotrop moddalarga, shuningdek dorilik xususiyatiga ega bo’lmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga o’xshash ruhiyatga faol ta’sir etuvchi moddalarga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog’liq kasallik.

maxsus vakolatli organlar - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo’lishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar.
O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo’lishiga ushbu qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada bo’lishi taqiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada bo’lishi bilan bog’liq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yo’q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo’lgan o’simliklarni etishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi,
O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo’lishi bilan bog’liq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan listenziya asosida amalga oshiriladi.
Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo’lgan ehtiyojlarini, muomalada bo’lishini cheklash, ularni olish, saqlash va taksimlash , tashish tartibinibelgilab bergan.
Shuningdek giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash hamda tarkibida giyohvandlik moddasi bo’lgan o’simliklarni yetishtirish va muomalada bo’lishi bilan bog’liq faoliyatning o’ziga xos xususiyatlarini tartibga solgan. Eng muhimi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda foydalanish tartibini belgilab bergan.

1.5.Dori vositalari va farmastevtika faoliyati to’g’risida.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə