Uquqiy asoslari


Sil kasalligiga chalingan shaxslarni hisobga olish esa t



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə8/243
tarix11.05.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#109568
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   243
укув кулланма доц Камилова Д Н 2

Sil kasalligiga chalingan shaxslarni hisobga olish esa tibbiyot muassasalari, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Davlat bojxona qo’mitasining tibbiy xizmatlari tibbiy ko’rik natijasida sil kasalligi borligi aniqlangan shaxslar haqida ularning turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarini xabardor qilishlari shart.
Sil kasalligiga chalingan shaxslar turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida hisobga olinadi. Shu bilan birga ushbu qonunda aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko’rsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qo’yish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko’rsatilishi ustidan nazorat O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sil kasalligiga chalingan shaxslar huquqlari, majburiyatlari hamda  sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo’yin tovlayotgan shaxsni davolash masalalari tartibga solingan.
Qonunga sil kasalligiga qarshi yordam ko’rsatishda ishtirok etayotgan xodimlar uchun kafolatlar va imtiyozlar, aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko’rsatishni moliyalashtirish masalasi ham kiritilgan.

1.9.Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to’g’risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2002 yil 30 avgustda qabul qilingan bo’lib 28ta moddadan iborat bo’lib, qonunning maqsadi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

  • donor — o’z qoni va uning tarkibiy qismlaridan bir qismini tibbiyot ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda beruvchi jismoniy shaxs;

  • donor qoni banki — qon bilan ishlash xizmati tomonidan vujudga keltiriladigan va yangilab boriladigan, uzoq muddat saqlashga mo’ljallangan donor qoni tarkibiy qismlarining zaxiralari;

  • donor qoni preparatlari — donor qoni tarkibiy qismlarini qayta ishlashda olinga davolash vositalari;

  • donor qoni tarkibiy qismlari — qonning qon plazmasi va hujayralari shaklidagi tarkibiy qismlari.

Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to’g’risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. Qon va uning tarkibiy qismlari donorligining asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat:

  • qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi;

  • qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararligi;

  • donor qoni va uning tarkibiy qismlarini ishlatish xavfsizligi.

Qonun qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning ixtiyoriyligi,qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishning inson uchun bezararliligini ta’minlash, donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to’plash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish tartibini belgilab bergan. Shu bilan birga qon bilan ishlash xizmati, uning vakolatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi vakolatlari hamda donorning huquqlari ularga berilgan kafolatlar, ragbatlantirish va kompensastiyalar xaqida taritib belgilangan.

1.10.O’zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to’g’risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 12 sentyabr qabul qilingan va har yili bayram qilib nishonlanadi.

1.11.Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risidagi qonun


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 3 mayda qabul qilingan
bo’lib, 25 moddadan iborat.

Ushbu qonunning maqsadi yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə