Urganch Davalat Universtiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/10
tarix19.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#117887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kurash choralari

  • Urug‘lik chigitning va urug‘lik olishga mo‘ljallangan paxtaning namligini 11 % dan past holatda saqlash; urug‘lik chigitni o‘simlik qoldiqlaridan toza bo‘lgan paxtadan olish; urug‘lik chigit olishga mo‘ljallangan paxta haroratini muntazam ravishda nazorat qilish, harorati 48 0S dan oshgan to‘plarni darhol jinlash; urug‘lik chigitni sovuq havo bilan shamollatib turish, harorati oshgan chigitni urug‘lik uchun ishlatmaslik (moy olish va h.q uchun qo‘llash) lozim.
  • Urug‘lik sifatida iloji boricha kislota yordamida tuksizlantirilgan, solishtirma og‘irligi bo‘yicha kalibrlangan chigit ishlatish zarur; bunda vazni yengil, pishmagan, ya’ni mikroorganizmlarga chidamsiz chigit olib tashlanadi. Odatda solishtirma og‘irligi 1,0 dan baland (suvda cho‘kadigan) chigitning ichki qismlari yengil chigitga nisbatan juda kam zararlangan bo‘ladi. Tuksizlantirish jarayonida qo‘llaniladigan kislota esa chigitni uning ustki qismlaridagi parazit mikroorganizmlardan xalos qiladi.

Nihol kasalliklari majmuasi

  • G‘o‘zani nihol kasalliklarining naqadar xavfliligini alohida ta’kidlash lozim, afsuski, bu kasalliklarga har doim ham yetarli darajada e’tibor berilmaydi, ular keltiradigan zararning haqiqiy bahosi aniqlanmaydi yoki bu zarar yomg‘ir, qatqaloq kabi tabiat hodisalariga to‘nkaladi. Buning asosiy sababi shundaki, shu paytgacha O‘zbekiston paxtazorlarida gommozdan boshqa nihol kasalliklarining yildan-yilga tarqalishi va rivojlanishi, ularni qo‘zg‘atadigan zamburug‘lar tarkibi va alohida turlarining viloyatlarda, mintaqalarda, turli tuproq iqlim sharoitlarida tarqalishi muntazam o‘rganilmagan; bu mamlakatimiz olimlari va mutaxassislari oldida bajarilishini kutayotgan muhim vazifalardan biridir.

Nima uchun nihol kasalliklari juda xavfli va jiddiy muammo deb hisoblanadi? Chunki, birinchidan, olimlarning hisoblariga ko‘ra, chigit unib chiqqan kundan boshlab 30 kun ichida, o‘sish va rivojlanish davrida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan (potensial) paxta hosilining 80 % ning asosi, negizi, yaratilar ekan. Ikkinchidan, O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida har yili o‘rtacha g‘o‘za eqiladigan dalalarning eng kamida 10 – 15 %, ba’zi yillari esa 70 – 80 % gacha maydonlarini buzib ekishga to‘g‘ri keladi. Tuprog‘i zamburug‘lar bilan kuchli zararlangan dalalar, ob-havo noqulay bo‘lgan yillari, ba’zida kamida 2 va 3 martalab qisman yoki butunlay qaytadan eqiladi. misol uchun, 1993 va 2009 yillarda Samarqand viloyatining bir qator xo‘jaliklarida deyarli 80 % maydon 3 martagacha buzib ekilgan. O‘zbekiston bo‘yicha 1996 yil 122,2 ming ga maydonga chigit qayta ekilgan. Oddiy hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar nihol kasalliklaridan himoya qilish uchun urug‘lik chigit zamonaviy samarali dorilardan biri bilan ishlov berilib, sifatli chigitni ob-havo qulay sharoitda ekish hisobiga viloyatlarda qayta ekishni 2 barobar kamaytirsak, eng ozi bilan 15-20 ming tonna urug‘lik chigitni tejash mumkin.

  • Nima uchun nihol kasalliklari juda xavfli va jiddiy muammo deb hisoblanadi? Chunki, birinchidan, olimlarning hisoblariga ko‘ra, chigit unib chiqqan kundan boshlab 30 kun ichida, o‘sish va rivojlanish davrida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan (potensial) paxta hosilining 80 % ning asosi, negizi, yaratilar ekan. Ikkinchidan, O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida har yili o‘rtacha g‘o‘za eqiladigan dalalarning eng kamida 10 – 15 %, ba’zi yillari esa 70 – 80 % gacha maydonlarini buzib ekishga to‘g‘ri keladi. Tuprog‘i zamburug‘lar bilan kuchli zararlangan dalalar, ob-havo noqulay bo‘lgan yillari, ba’zida kamida 2 va 3 martalab qisman yoki butunlay qaytadan eqiladi. misol uchun, 1993 va 2009 yillarda Samarqand viloyatining bir qator xo‘jaliklarida deyarli 80 % maydon 3 martagacha buzib ekilgan. O‘zbekiston bo‘yicha 1996 yil 122,2 ming ga maydonga chigit qayta ekilgan. Oddiy hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar nihol kasalliklaridan himoya qilish uchun urug‘lik chigit zamonaviy samarali dorilardan biri bilan ishlov berilib, sifatli chigitni ob-havo qulay sharoitda ekish hisobiga viloyatlarda qayta ekishni 2 barobar kamaytirsak, eng ozi bilan 15-20 ming tonna urug‘lik chigitni tejash mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə