Urganch Davalat Universtiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/10
tarix19.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#117887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallik alomatlari.

  • Vertitsilyoz so‘lish (vertitsillyoz vilti, vilt) g‘o‘zani harorat qulay paytda (20-24 °С) urug‘bargdan boshlab, barcha fazalarida zararlaydi, ammo ko‘zga yaqqol tashladigan belgilari ko‘p o‘simliklarda shonalash davridan boshlab kuzatiladi. Kasallikning rivojlanish darajasini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ irqi (shtammi), tuproqdagi inokulyum miqdori, nav chidamliligi va harorat kabi omillar aniqlaydi. Zamburug‘ g‘o‘za ildiziga kirishi bilan kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi orasida 7-10 (Mirpo‘latova va b.q., 1981) yoki 8-16 kun (Kozlova, 1969) o‘tadi. Urug‘barg vilt ta’sirida yashil rangini yo‘qotib, oqaradi va quriydi. Birinchi chin barglar chetida va bosh tomirlari orasida oldin oqish sarg‘ish xloroz, so‘ngra qo‘ng‘ir nekrotik dog‘lar rivojlanadi, barg olachipor bo‘lib qoladi. Viltning boshqa belgilari -barglar to‘q yashil tus olishi, g‘o‘za bo‘yi past bo‘lib qolishidir. Kasallikka o‘ta moyil navlarda olachipor dog‘lanish tezda barcha yuqori yarus barglariga o‘tadi, ular tushib ketmasdan, g‘o‘zada turgan joylarida qurib qoladi. Chidamli navlar barglari ham dog‘lanadi, ammo ularda, hatto ob-havo kasallik uchun qulay bo‘lganda ham kuchli rivojlanmaydi. Harorat ko‘tarilishi (>26 °S) bilan vilt rivojlanishi hatto moyil navlada ham kamayadi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va uning belgilari.

  • Vertitsillyoz viltini deyteromitsetlar sinfiga oid Verticillium dahliae zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Laboratoriyada oziqa muhitida u vegetativ mitseliy, konidiya, oidiya va mikrosklerotsiylardan iborat bo‘lgan, oldin oq, so‘ngra qorayadigan koloniyalar hosil qiladi. Konidiforalar rangsiz, fialidlari poyachasining bir nechta joyidan, 3-4 tadan to‘p bo‘lib chiqqan, ularning uchlarida konidiyalar shilimshiq modda yordamida, dumaloq bosh shaklida yopishgan, o‘lchami 20,4-44,0 x 3,2 mkm. Konidiyalari bir hujayrali, rangsiz yoki ellips shaklli, o‘lchami 1,4-12,3 x 1,4-4,2 mkm. Mikrosklerotsiylari shakli o‘zgaruvchan, odatda dumaloq yoki biroz uzunchoq, diametri 225 mkm gacha, tusi to‘q-qo‘ng‘ir yoki qoramtir (Ramazanova, 1975; Mirpo‘latova, Yunusov, 1981; Perespkin va b.q.,1990). Mikrosklerotsiy 2 xil hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, tashqi qatlami qalin devorchali, rangli, yadrosiz, ichki qismi esa yupqa devorchali, rangsiz, yadroli hujayralardan iborat. Faqat ichki qismidagi hujayralar o‘sib gifa hosil qiladi (Shmotina, 1970). Mikrosklerotsiylar-320С da bir necha yil 80°S da 3 soat, dalada tuproqda 10 (Karimov, 1976) yoki 20 yildan ko‘p saqlanishi mumkin. Tadqiqotchilar tashqi ko‘rinishi va o‘sish belgilariga asoslanib, zamburug‘ning 3 tadan 6 tagacha xilini ajratishgan (Panfilova, Ramazanova, 1962; Komilova, 1964; Haydarova, 1965, 1966; Sidorova, 1983 va b.q.). Ulardan biri g‘oyat ko‘p mikrosklerotsiy hosil qiladigan qora xil, ikkinchisi- mikrosklerotsiylari bo‘lmagan oq xil, qolganlari bu belgi bo‘yicha o‘rtacha mavqedaligi aniqlangan. G‘o‘zadan ajratib olingan barcha zamburug‘ shtammlari har doim 1-xilga mansub, ammo oziqa muhitida 1-2 marta ko‘chirib ekilgach boshqa xillari ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu xillarning har biri ichida g‘o‘zaga ham baland, ham past virulentlari bo‘lgani uchun, ularni fiziologik irq deb sanash mumkin emasligi ta’riflangan (Benken va b.q., 1974; Sidorova, 1983).

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə