Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Takrorlash uchun savollar: 
1.
Vitaminlar qanday kimyoviy tarkibga ega? 
2.
Vitaminlarning nechta turlari mavjud? 
3.
B
12
vitaminining rangi qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


MA’RUZA № 4 
Mavzu: 
𝜷
 -karotin (A- provitamin) olish. 
Reja: 
1.
Vitamin A haqida. 
2.
A vitamini saqlovchi mahsulotlar. 
3.
 
Vitamin a vazifalari.
 
Tayanch atamalar: 
Vitamin A, β-iononli halqa, 
Retinol, β-karotin, 
qonning 
glikoproteinlari.
 
Vitamin A haqida
A vitamini
— β-iononli halqa va ikkita izopren qoldiqlari va birlamchi spirtli 
guruhdan tashkil topgan yon zanjirdan iborat siklik to’yinmagan spirt. Organizmda u 
retinal (vitamin A-aldegid) va retin kislotagacha oksidlanadi. Jigarda u retinilpalmitat, 
retinilasetat va retinilfosfat shaklida zaxiralanadi. Vitamin A hayvonotdan kelib 
chiqishli mahsulotlarning barcha shakllarida mavjud, biroq sof retinol beqaror 
bo’lganligi sababli, uning asosiy qismi retinolning murakkab efirlari ko’rinishida 
saqlanadi (sanoatda asosan palmitat yoki asetat ko’rinishida ishlab chiqariladi).
O’simliklarda provitamin A — ba’zi karotinoidlar mavjud bo’ladi. Vitaminning 
o’tmishdoshlari tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lgan ikki guruh moddalar: karotinlar (α-
, β- va γ-karotinlar) va ksantofillar (β-kriptoksantin) bo’lishi mumkin. Karotinoidlar 
ham izoprenoid birikmalar bo’lib, α- va γ-karotin bittadan β-ionon halqa saqlaydi va 
oksidlanish jarayonida ulardan 1 ta molekula retinol hosil bo’ladi, β-karotinda esa ikkita 
iononli halqa bor, shuning uchun u ko’proq biologik faollikka ega va undan ikkita 
retinol molekulasi hosil bo’ladi. Etxo’r hayvonlar, masalan mushuksimonlar 15-15′-
monooksigenaza yo’qligi sababli karotonoidlarni retinalga aylantira olmaydi (natijada 
hech bir karotinoid turi bu hayvonlar uchun vitamin A shakli hisoblanmaydi
).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə