Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

A vitamini saqlovchi mahsulotlar 



Retinol hayvonot va o’simlik manbali mahsulotlarda, ayniqsa, dengiz baliqlari va 
sutemizuvchilar jigarida ko’p miqdorda mavjud. Inson uchun vitaminning manbai 
karotinlar ham bo’lishi mumkin. Ular yuqori dozalarda toksik emas, lekin ular 
retinol o’rnini butunlay bosa olmaydi, chunki faqat cheklangan miqdori A 
vitaminiga aylanishi mumkin. β-karotinning eng katta miqdori har xil sabzi turlarida 
uchraydi, lekin uning kontsentratsiyasi naviga qarab keskin farq qilishi mumkin (100 
g`da 8 dan 25 mg` gacha). Uning yaxshi manbalari qizil qalampir, ko’k piyoz, salat, 
qovoq va pomidor bo’ladi.

 
O’simlikli (karotinoidlar):
 

Yashil va sariq sabzavotlar
— sabzi, qovoq, shirin qalampir, ismaloq, brokkoli, ko’k 
piyoz, petrushka; 

Dukkaklilar
— soya, no’xat; 

Mevalar
— shaftoli, o’rik, olma, uzum, tarvuz, qovun, na’matak, chakanda, gilos. 

Hayvonotli (retinoidlar)
 — 
baliq yog’i, jigar (ayniqsa mol jigari), ikra, sut, sariyog’, 
margarin, smetana, tvorog, pishloq, tuxum sarig’i. 
Tarkibida beta-karotin ko’p miqdorda mavjud bo’lgan genetik-modifikatsiyalangan 
tillarang guruch A vitamini tanqisligini bartaraf etish uchun potentsial yechimdir
ammo shunga qaramay, «oltin guruchning» hech bir navi iste’mol uchun mavjud emas. 
Sintetik retinol (murakkab efirlar shaklida) juft bog’lanishlardan iborat zanjirni asta-
sekin o’stirish orqali β-ionondan olinadi. 
Vitamin A vazifalari 
Vitamin A quyidagi farmakologik ta’sirlarga ega:
 
1
. Quyidagilar sintezi uchun kerak bo’lgan fosfoadenozinfosfosulfatni faollashtiruvchi 
fermentlar sintezi: 

Mukopolisaxaridlar, gialuron kislota, geparin; 



Sulfoserbrozidlar; 

Taurin; 

Endogen va ekzogen moddalarning metabolizmida ishtirok etuvchi jigar fermentlari. 
2
. Mushak to’qimalarining oqsillarini sintezini rag’batlantiruvchi A
1
, A
2
, B va C 
somatomedinlarning sintezi; fosfat va timidinning DNK ga, prolinni kollagenga, 
uridinni RNK`ga kiritilishi. 
3
. Polipeptid zanjirlarining glikolizlanishi:
Qonning glikoproteinlarini (a
1
- makroglobulin va boshqalar); 

Hujayra va subhujayra (mitoxondrial va lizosomal) membranalarining tarkibiy qismlari 
bo’lgan glikoproteinlarni (bu fagotsitozni yakunlash uchun katta ahamiyatga ega); 

glikoprotein — fibronektinni, u hujayralararo o’zaro ta’sirda ishtirok etadi va uning 
hisobiga hujayra o’sishi tormozlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə