Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/113
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160957
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizl

Avitaminoz A ning belgilari: 
Avitaminoz A ning belgilari, ko‘rish o‘tkirligini 
pasayishi, qorong‘ida ko‘rmaslik, ya’ni shabko‘rlik kasalligi vujudga keladi, 
qoplovchi to‘qimalar quriydi, ayniqsa, ko‘zning shilimshiq pardasi qurib, ko‘z shox 
pardasining ko‘rishi kseroftalmiya grekcha xeros quriq, ophtalmos ko‘z 
atamalaridan olingan kasalligi kelib chiqadi, o‘sishni to‘xtashi, og‘irlikni pasayishi 
va organizmni oriqlab ketishi kuzatiladi. Teri quruqligi kasalligi oqibatida 


dermatit, bronxit kabi nafas yo‘llarining xastaliklari kelib chiqadi. A vitaminidagi 
kunlik ehtiyoj — 1600-5000 ME ni tashkil etadi.
 
O’zaro ta’sirlashuvi

A vitaminining sinergisti E vitamini bo’lib, u retinolni faol 
shaklda ushlab turishga, ichakda so’rilishiga va uning anabolik ta’siriga yordam beradi. 
Vitamin A ko’pincha vitamin D bilan birga buyuriladi. Gemeralopiyani davolashda u 
riboflavin, nikotin kislotasi bilan birgalikda qo’llanilishi kerak. A vitamini bilan bir 
vaqtda xolestiramin, faollashtirilgan ko’mirni belgilash mumkin emas, bu uning 
so’rilishini buzadi.
Genlarning transkriptsiyasi: 
Vitamin A va uning hosilalari hujayra yadrosidagi 
maxsus retseptor oqsillarga ta’sir qiladi: Retinoic acid recseptor, beta (RARB); 
Retinoid-Related Orphan Receptor-gamma (RORC); Retinoid X receptor, alpha 
(RXRA). Bunday yadroviy retseptorlarning kristall tuzilmalari kirstallografik usular 
bilan tadqiq qilingan. Bunday ligand-retseptor kompleks DNK qismlari bilan bog’lanib, 
genlar supressiyasini chaqiradi va shu tariqa oqsillar, fermentlar yoki to’qimalarning 
tarkibiy qismlari sintezini tartibga soladi, bu harakat ham embriogenez, ham 
morfogenezda namoyon bo’ladi. A vitaminining farmakologik ta’siri aynan ushbu 
xususiyati bilan aniqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə