Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o



Yüklə 285,83 Kb.
səhifə8/26
tarix27.12.2023
ölçüsü285,83 Kb.
#162123
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)

Atom tuzilishi.
Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi – yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi.
Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati. Kvant mexanikasi De-Broyl tenglamasi. Shreydenger tenglamasi mohiyati, Geyzerbergning noaniqlik prinsipi. Kvant mexanikasi asosida atom tuzulishini tushuntirish. Elektronlarining energiyalarini kvant sonlari bilan xarakterlash. Atom orbitallari. Ko‘p elektronli atomlarda elektronlarning orbitallar bo‘ylab taqsimlanishi. Energetik afzallik (Klechkovskiy) qoidasi. Pauli prinsipi. Xund qoidasi. Energetik pog‘ona va pog‘onachalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektronlarning maksimal soni. Atom spektrlarining hosil bo‘lishi. Ionlanish energiyasi va elektronga moyillik, elektromanfiylik.

2

4

Elementlarning zamonaviy davriy sistemasi.
Elementlar davriy sistemasi, kimyo fanini rivojlantirishdagi roli va ahamiyati. Elementlarning tartib belgisini fizik ma‘nosi. Elementlarning davriy sistemasi bilan atom tuzulishini bog‘likligi. Davriy sistemaning tarkibi: davrlar, guruhlar. s, p, d va f – blok elementlarning guruhlarda joylashishi. Elementlarning xossalarini davriy sistemada gorizontal, tik, dioganal yo‘nalishda o‘xshashligi. Elementlarning atom va ion radiuslari. Elementlar xossalarining davriy o‘zgarishi. Elementlarni elektron formulalari va ularning xarakterli elektronlari asosida xossalarini namoyon bo‘lishi.

2

5

Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish.
Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari. Valent bog‘lanishning hosil bo‘lishi. Kovalent bog‘lanishning yo‘naluvchanlik, to‘yinuvchanlik, qarraliylik va qutblanuvchanlik xossalari. Molekula hosil bo‘lishida atom orbitalarini gibridlanishi. Atomlarda valentliklari va maksimal kovalentlik. Kovalent bog‘lanishning donor-akseptor mexanizmi. MO usuli bilan molekulalarning hosil bo‘lishi.
Ion bog‘lanish. Ion bog‘lanishning yo‘naluvchanlik va to‘yinuvchanlik xossalarini namoyon qilmasligi. Ionlarni qutblanuvchanlik va qutblovchilik xossalarini namoyon qilishi. Ionlar qutblanuvchanligining moddalarning xossasiga ta’siri. Molekulalarning o‘zaro elektrostatik ta’siri, vodorod bog‘lanish, molekulalarning dispersion, oriyentatsion va induksion ta‘siri.Metal bog‘lanish. Murakkab birikmalarda kimyoviy bog‘lanish tabiati.

2

6


Yüklə 285,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə