Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o



Yüklə 285,83 Kb.
səhifə1/26
tarix27.12.2023
ölçüsü285,83 Kb.
#162123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO
FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTUR
(SILLABUSI)



Bilim sohasi:

700000-Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta’lim sohasi:

710000- Muhandislik ishi

Ta’lim yo‘nalishi:

60710100 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
60710100 – Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar)
60710100 – Kimyoviy texnologiya (noorganik, organik
moddalar)

Semestr
Mashg‘ulotlar

1

2

Jami

Ma’ruza

30

16

46

Amaliy mashg‘ulot

16

14

30

Laboratoriya mashg‘ulot

14

30

44

Mustaqil ta’lim

90

90

180

Umumiy o‘quv soati

150

150

300

Kredit miqdori

5

5

10



Urganch - 2021 yil
Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi(sillabusi) Urganch davlat universiteti Kengashi tomonidan 2021 yil “___” ____________ dagi №___ bayonnomaga asosan tasdiqlangan “Umumiy va noorganik kimyo” fanining o`quv dasturi asosida tuzilgan
FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT



Fan/modul kodi
INCH127
UNKB1102

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
1-2

ECTS - Kreditlar
1-semestr 5
2-semestr 5

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
1-semestr 4
2-semestr 4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Umumiy va noorganik kimyo

1-semestr 60
2-semestr 60

90
90

300



FAN O‘QITUVCHILARI XAQIDA MA’LUMOT:

Kafedra:

Kimyo

Dastur muallifi:

Ismoilova H.M.

Telefon raqami

+9989423000846

E-mail:

Е-mail: himoyat2018@mail.ru

Tashkilot:

Urganch davlat universiteti. Kimyo texnologiya fakultet 102-xona



I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mantiqiy fikrlash, kimyoviy taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda fan mazmuniga kiritilgan bo‘limlardan egallangan bilimlar bo‘yicha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanni vazifasi – talabalarni nazariy bilimlar, kimyoviy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; kimyoviy jarayonlar mazmunini egallashiga ko‘maklashish; ularga milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini, ishlab chiqarish jarayonida tadbiq etilishini singdirish.
II. Аsоsiy nаzаriy qism (mа’ruzа mаshg‘ulоtlаri)
Fаn tаrkibigа quyidаgi mаvzulаr kirаdi:
1-mavzu. “Umumiy va noorganik kimyo” faniga kirish.
Kimyo tushunchasi. Tarixiy yondashuv va kimyoning zamonaviy rivoji. Materiya va harakat. Materiya va harakatning bog‘liqligi. Kimyo – moddalar va ularni turli holatlarga aylanishini tushuntiruvchi fan.
2-mavzu. Kimyoning asosiy tushunchalari va stexiometrik qonunlari.
Zamonaviy o‘lchov va birliklar sistemasi, kimyoviy birikmalarining sinflanishi, nomenklaturasi. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari. Atom massa, mol massa, mol-ekvivalent, hajmiy-ekvivalent tushunchalari va ularning aniqlash usullari.
3-mavzu. Atom tuzilishi.
Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi – yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi.
Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati. Kvant mexanikasi De-Broyl tenglamasi. Shreydenger tenglamasi mohiyati, Geyzerbergning noaniqlik prinsipi. Kvant mexanikasi asosida atom tuzulishini tushuntirish. Elektronlarining energiyalarini kvant sonlari bilan xarakterlash. Atom orbitallari. Ko‘p elektronli atomlarda elektronlarning orbitallar bo‘ylab taqsimlanishi. Energetik afzallik (Klechkovskiy) qoidasi. Pauli prinsipi. Xund qoidasi. Energetik pog‘ona va pog‘onachalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektronlarning maksimal soni. Atom spektrlarining hosil bo‘lishi. Ionlanish energiyasi va elektronga moyillik, elektromanfiylik.
4-mavzu. Elementlarning zamonaviy davriy sistemasi.
Elementlar davriy sistemasi, kimyo fanini rivojlantirishdagi roli va ahamiyati. Elementlarning tartib belgisini fizik ma‘nosi. Elementlarning davriy sistemasi bilan atom tuzulishini bog‘likligi. Davriy sistemaning tarkibi: davrlar, guruhlar. s, p, d va f – blok elementlarning guruhlarda joylashishi. Elementlarning xossalarini davriy sistemada gorizontal, tik, dioganal yo‘nalishda o‘xshashligi. Elementlarning atom va ion radiuslari. Elementlar xossalarining davriy o‘zgarishi. Elementlarni elektron formulalari va ularning xarakterli elektronlari asosida xossalarini namoyon bo‘lishi.

Yüklə 285,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə