Urganch davlat universiteti


AQSH ning XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida tashqi siyosati



Yüklə 195,5 Kb.
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü195,5 Kb.
#117036
1   2   3   4   5   6
28-mavzu

2.2. AQSH ning XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida tashqi siyosati
1886-yili Ruzvelt Nyu-Yorkka qaytib keldi va mahalliy siyosatga, tez orada esa milliy siyosatga ham sho‘ngib ketdi. Mak-Kinlining saylovlardagi g‘alabasidan keyin u 1897-yili harbiy-dengiz floti ministrining yordamchisi etib tayinlandi. Bu lavozim unga Amerika xavfsizligi siyosatining shart-sharoitlari va harbiy flotni yaratish bilan faol shug‘ullanish imkoniyatini beradi. 1898-yilning bahorida ispan-amerika urushi boshlanganida bu tayyorgarlik o‘z natijasini berdi va Jorj Dyui qo‘mondonligi ostida o‘z vaqtida safarbar qilingan Amerika eskadrasi Manila yaqinida ispan flotini yengdi. Bu bilan AQSHning Tinch okeani qirg‘oqlariga solinayotgan xavf bartaraf etilibgina qolmasdan, Filippin ham Amerika qaramog‘iga o‘tdi.4
T. Ruzvelt Farbiy yarimsharda Ispaniyaning mustamlakachilik hukmronligini tugatish yo‘li bilan o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ldi, deb ishonganligi sababli butun kuchining boricha Ispaniya bilan urushish tarafdori edi. Bir vaqtning o‘zida Filippindagi tayanch bazalarini egallab, Sharqiy Osiyodagi Amerika manfaatlarini yaxshiroq himoya qilish va kengaytirishi mumkin bo‘ldi. T. Ruzvelt ichki tuyg‘ulari bilan urush uning o‘ziga ham favqulodda imkoniyat taqdim etishini tushunib qoldi. Harakat qilish istagi to‘lib-toshgan T. Ruzvelt harbiy xizmatga bordi va o‘zi shakllantirgan «qaxrli otliqlar» batalonini Kubaga jangga boshladi. Ko‘ngilli korpusning g‘ayrioddiy tarkibi hammaning e’tiborini tortardi, buning ustiga, uning shuhratparast komandiri tadbirning publitsistik ta’siridan uddaburonlik bilan foydalanardi. Urushning oxiriga borib T. Ruzvelt urushning qahramoni va AQSHdagi eng mashhur kishilardan biriga aylandi.
1898-yilning oxirida u Nyu-Yorkning gubernatori qilib saylandi. lekin bu lavozimda uzoq qolmadi, chunki uning millat orasidagi mashhurligi 1900-yilgi saylovlarda vitse-prezidentlik lavozimiga uni respublikachilardan eng mos nomzod qilib qo‘ygandi. Saylovlarda galaba qilganidan so‘ng T. Ruzvelt Qo‘shma Shtatlarning yangi vitse-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. Bir vaqtning o‘zida endi o‘zi raisi bo‘lgan Senatga qisqacha murojaatida u AQSHning ulug‘vorligiga va bo‘lgusi olamshumul siyosiy mas’uliyatiga o‘zining ishonchini bayon qildi. «Biz hozirdanoq ulkan qudratga ega bo‘lgan yangi millatga mansubmiz, — u Amerikaning zamonaviy o‘rnini va o‘zining kelajak haqidagi tasavvurini shunday ifodaladi, — biroq uning siyosiy kuchi hali keyinroq keladigan qudratning faqat avvalroqdagi namoyishini anglatadi. Biz qit’ada, yarimsharda eng yetakchi mamlakatmiz. Biz ikkita katta okean ortila, sharqda va garbda, biz buni xohlaymizmi yoki yo‘qmi, tobora ko‘proq ishtirok etishimiz lozim bo‘lgan bundan ham katta olamning hayotini ko‘ramiz».
1901-yilning 14-sentyabrida Mak-Kinli Buffalodagi suiqasd oqibatida halok bo‘ldi va T. Ruzvelt o‘sha kunning o‘zidayoq 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarning 26-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. Jon Kuinsi Adams davridan buyon Oq uyda siyosatchilik hunarini shunchalar mukammal egallagan va bir vaqtning o‘zida barcha olamshumul-siyosiy masalalarda shunchalar chuqur bilimga ega bo‘lgan, Yevropaning yetakchi siyosatchilari bilan yaqin aloqada bo‘lgan Amerikaning prezidenti bo‘lmagan edi. Yangi prezident o‘zining siyosiy tasavvurlarini amalga oshirish uchun bu lavozimning barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishga qat’iy qaror qilgandi. T. Ruzvelt hokimiyatdan, mashhurlikdan va bu lavozim unga bergan barcha imkoniyatlardan to‘laligicha zavq olardi. U o‘zining katta oilasi bilan oq Uyga ko‘chib o‘tdi. U binoni dastlabki me’moriy yorqin soddaligi tiklangan holda ta’mirlashni buyurdi, boshqa tomondan prezident faolligini kengaytirish va hududiy imkoniyatlar yaratish uchun yangi qo‘shimcha bino ham qurishga ko‘rsatma berdi. Shundan keyin Oq uy aholining va butun dunyoning barcha qatlamlari uchun ochib qo‘yilgan, Vashington esa qudratli davlatning poytaxti roliga moslasha boshladi. Uz partiyasidagi himoyalanmagan ahvoli avvaliga uning zaif joyi bo‘lib turdi. T. Ruzveltning eng xavfli raqibi bo‘lgan Mark Xanni, T. Ruzveltning mulkdorlar sinfiga qarshi hujumlariga nishon bo‘lgan Nyu-Yorkdagi moliyaviy hukmron guruh tomonidan qo‘llab-quvvatlanardi. Agar T. Ruzvelt o‘zining qonun loyihalarini Kongress orqali o‘tkazishni va o‘z partiyasi tomonidan 1904 yilgi saylovlarda nomzodi ko‘rsatilishini xohlasa, unda partiya ichidagi kuchlarning nisbati o‘zgartirilishi va uning Nyu-Yorkdagi yirik bankirlarga va sanoatning boshqaruvchilariga munosabati yumshatilishi lozim edi. U bunga erishganligi uning tajribali siyosatchilik mahoratini tasdiqlaydi. Oqilona kadrlar siyosati tufayli u shtatlardagi respublikachilarning e’tiborini qozondi. Cherkov va Amerika yahudiylari, italyanlar, nemislar hamda negrlar bilan halol munosabatlar o‘rnatdi. 1904-yilning fevralida M. Xanning vafotidan keyin Ruzveltning partiyadagi yetakchilik ahvoli, nihoyat, shak-shubhasiz bo‘ldi. 1904 yilning iyunida Chikagoda bo‘lib o‘tgan respublikachilar s’ezdila delegatlar qariyb bir ovozlan bo‘lajak prezidentlik saylovlariga nomzod qilib Ruzveltni ko‘rsatdilar. Indiana shtatidan bo‘lgan senator, vitse-prezidentlikka nomzod Charlz Uorren Ferbenks bilan birgalikda 1904-yil 8-noyabrda Ruzvelt demokratlarning nomzodi Olton Brunks Parkerga qarshi saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. O‘sha saylov oqshomining o‘zidayoq T. Ruzvelt 1908-yili bo‘ladigan saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishdan voz kechganligini e’lon qildi. Hali 1901-yilning dekabrilayoq u Kongressla nutq so‘zlab o‘z ichki siyosatining asosi islohotlarni amalga oshirishda va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, tashqi siyosatda eng avvalo «Monro doktrinasini o‘tkazish va flot qurilishi ekanligini e’lon qildi.
Uning islohotlar siyosati markazida 1903-yili «halol kelishuv» tushunchasi bilan xarakterlangan davlatning ulkan trestlar ustidan nazoratini o‘rnatish turardi. Tabiatni va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha muhim tashabbuslar ishlab chiqildi. 1902-yildayoq melioratsiya haqidagi qonunga muvofiq garbning qurgoqchil hududlarini sug‘orishning keng miqyosli rejasi boshlandi. Bunga o‘rmonlarni shafqatsiz kesishlardan himoya qilish ham qo‘shildi. Butun jamiyatning egalik huquqi xususiy egalik manfaatlaridan ustunroq ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, yangi milliy boglar yaratildi, mavjudlari esa kengaytirildi.
Zamonaviy irqiy nazariyaning tom ma’nosida Ruzvelt irqchi emas edi. u Oq uyga qora tanlilarning vakillarini taklif qilgan birinchi prezident edi. Uning uchun odamning rangi emas, xalq sivilizatsiyasining yutuqlari hal qiluvchi edi. Ijtimoiy-madaniy yutuqlarini qadrlaydigan yaponlar haqida u katta hurmat bilan gapirardi. Biroq o‘z madaniyatiga bir tomonlama yo‘naltirilgan uning fikrlash tarzi boshqa etnik guruhlar va xalqlarning muammolarini chuqurroq tushunishga xalaqit berardi. Ruzveltning anglo-sakson va qadimiy german madaniyatlarining ustunligiga bo‘lgan chuqur ishonchi uning tashqi siyosiy e’tiqodini va, ayniqsa, Lotin Amerikasidagi qo‘shni davlatlarga nisbatan siyosatini belgilab beradi. Ruzveltga hududlarni egallash muhim emas edi, lekin Panama kanali qurilishi uchun mo‘ljallangan hudud bundan muhim istisnoni tashkil etadi. Uning imperializmi siyosiy xavfsizlik bilan izohlanardi va Panama kanali munosabati bilan Karib dengizi mintaqasida Amerikaning harbiy ustunligini ta’minlashga yo‘naltirilgandi. Lekin Ruzvelt imperializmining ko‘pgina nazariyotchilari G‘arb millatlari chetda joylashgan, madaniylashtirilgan, guyeki hali kam taraqqiy etgan xalqlarga nisbatan homiylikni o‘zlariga olishi kerak, degan fikrlarga qo‘shilardi. U ushbu mamlakatlar bartaraf qilishga intilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklarni tushunishga qodir emasli va ularning iqtisodiy hamda siyosiy barqaror emasligi uchun aybni poraxo‘rlashgan oliy rahbariyatga yukladi. U Venesuelaning prezidenti Kaprianno Kastro Amerikaning bir korxonasini Venesuela qonunlariga rioya etishga majbur qilmoqchi bo‘lganida uni «firibgar kichik maymuncha» deb atadi. Panama kanalini AQSHga sotishdan bosh tortgan, avvaliga qurilishning boshlanishiga to‘siq bo‘lgan Kolumbiya parlamentariylarini ham shunga o‘xshash haqoratlar bilan siyladi. T. Ruzvelt ularning qarshiliklari bilan hisoblashmadi, Panamaning mustaqillikka intilishini qo‘llab-quvvatladi va shu yo‘l bilan kanal yo‘nalishini Amerikaniki qilib oldi.
O‘zining tashqi siyosiy ta’sirining eng yuqori nuqtasiga T. Ruzvelt rusyapon urushi va Marokashdagi german-fransuz kelishmovchiligini keltirib chiqargan 1904—1906 yillardagi xalqaro inqirozda erishdi. Ruslarning Sharqiy Osiyodagi mag‘lubiyatlaridan keyin Nyu-Xempshirdagi Portsmut shaxrida T. Ruzvelt raisligida o‘tkazilgan konferensiyada tinchlikka, harbiy harakatlarni to‘xtatishga erishildi. Shuningdek, u Fransiyaga nisbatan kayzerning xavf solish siyosati boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan keyin, Marokash haqidagi bahslarda 1905 yili hal qiluvchi burilishga erishli. Fransuz hukumati Ruzveltning talablariga ko‘ndi va Marokash bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga rozi bo‘ldi.
Uzining tinchlik harakatiga ishonchsizlik bildirishiga qaramasdan, 1906-yili tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Nobel mukofotini olganligi, XX asr boshlaridagi notinch holatni ham ifoda etadi. Mukofotga eng avvalo, rus-Yapon urushini tugatishdagi xizmatlari uchun sazovor bo‘lgan edi. 1910-yilning 5-may kuni Xristianiyada (hozirgi Oslo) mukofot topshirilish paytida T. Ruzvelt yana bir marta dengizda qurolsizlanishga, Gaaga sud palatasini mustahkamlashga va zarur bo‘lib qolganda tinchlikning har qanday buzilishini kuch bilan jazolash lozim bo‘lgan Tinchlik ligasini tuzishga chaqirdi. Bu yerda u Vudro Vilsonning Millatlar Ligasi haqidagi g‘oyasini boshqalardan oldin his qildi, lekin faqat so‘zdagina uning tarafdori bo‘ldi.
Qo‘shma Shtatlarga qaytib kelganidan so‘ng T.Ruzvelt o‘zining vorisi Uilyam X. Taft bilan janjallasha boshladi, janjal juda achinarli bo‘ldi, chunki X. Taft uning yaqin do‘sti edi. X. Taft T. Ruzvelt kutganidek uning siyosatini davom ettirmadi. Buning o‘rniga X. Taftning bojxona tarifi va atrof-muhit borasidagi tashabbuslari respublikachilar partiyasini bo‘linib ketishga yaqinlashtirdi. 1912-yildagi prezidentlik saylovlarida X. Taftning g‘alaba qilishga imkoniyatlari tobora kamayib borardi. T. Ruzvelt o‘z partiyasining progressiv qanotidan X. Taftga qarshi nomzodini qo‘yishga urindi, biroq mag‘lubiyatga uchradi.
Prezidentlik lavozimining muddati tugaganidan keyin T. Ruzvelt 1909-yili kemada Afrikaga yo‘l oldi va Britaniya Sharqiy Afrikasidan Misrgacha suzib bordi. 1913-yilning oktabrida prezident bo‘lishga ikkinchi urinish ham barbod bo‘lganidan so‘ng u ma’ruzalar uyushtirish vaji bilan Braziliyaga ketdi va mamlakatning tadqiq qilinmagan rayonlarira uyushtirilgan ekspeditsiyada ishtirok etdi. Changalzorlarda bezgakka chalindi va oyog‘ini jiddiy shikastlab oldi, keyinchalik bu uning sog‘lig‘ini jiddiy yomonlashtirdi.5
Biroq T. Ruzvelt o‘zining siyosiy faoliyatini to‘xtatmadi va hali ham Vudro Vilsondan prezidentlikni tortib olishdan umidvor edi. 1914-yildan u nemislarning Belgiyaga kirishlariga va Amerika armiyasi hamda flotining ommaviy qurollanishiga qarshi amerikaliklarning keskin noroziliklarini qo‘llab-quvvatladi. Britaniyaning «Luzitaniya» paroxodi cho‘ktirilganidan keyin ittifoqchilar tomonidan urushga kirishni ma’qullab gapirdi. 1917- yilning boshlarida V. Vilsonning «galabasiz o‘yinlar» harbiy maqsadiga qarshi chiqdi, keyin uning urush e’lon qilishini ma’qulladi, lekin 1918-yili uning o‘n to‘rt moddalan iborat dasturini ehtiros bilan tanqid qildi va buning o‘rniga Markaziy Yevropa mamlakatlarining so‘zsiz taslim bo‘lishlariga qadar urushni davom ettirishni talab qildi.
Uning prezident V. Vilsonga qarshi kampaniyasi tobora ko‘proq chegarasiz haqoratga aylanib borardi. Shunga qaramasdan, bu paytga kelib yana birlashgan respublikachilar partiyasining progressiv qanoti uni yetakchi sifatida qo‘llab-quvvatlardi va hatto x. Taft ham u bilan yarashdi. 1918-yili u 1920-yilgi prezidentlik saylovlarida uncha katta bo‘lmagan imkoniyatlari bilan nomzod hisoblandi. Biroq uning sog‘ligi bu rejalarni barbod qildi. Braziliya changalzorlarida lat yeyishlarining oqibatida uni operatsiya qildilar, u operatsiyadan zo‘rg‘a chiqdi. Fransuz frontida kichik o‘gli Kventinning o‘limi uning hayotga bo‘lgan ishtiyoqini yanada zaiflashtirdi. T. Ruzvelt Nyu-York yaqinidagi o‘zining Sagemor Xill manzilgohida 1919-yil 6 -yanvarda 60 yoshida vafot etdi. O‘limiga qadar u namuna bo‘larli tarzda «amerikanizm» haqidagi, ya’ni butun umri davomida hamma narsadan ko‘proq o‘zini qiziqtirgan mavzudagi ma’ruzasi ustida ishladi.


Xulosa
1901-yilning 14-sentyabrida Mak-Kinli Buffalodagi suiqasd oqibatida halok bo‘ldi va T. Ruzvelt o‘sha kunning o‘zidayoq 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarning 26-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. Jon Kuinsi Adams davridan buyon oq uyda siyosatchilik hunarini shunchalar mukammal egallagan va bir vaqtning o‘zida barcha olamshumul-siyosiy masalalarda shunchalar chuqur bilimga ega bo‘lgan, Yevropaning yetakchi siyosatchilari bilan yaqin aloqada bo‘lgan Amerikaning prezidenti bo‘lmagan edi. Yangi prezident o‘zining siyosiy tasavvurlarini amalga oshirish uchun bu lavozimning barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishga qat’iy qaror qilgandi. T. Ruzvelt hokimiyatdan, mashhurlikdan va bu lavozim unga bergan barcha imkoniyatlardan to‘laligicha zavq olardi. U o‘zining katta oilasi bilan oq uyga ko‘chib o‘tdi. U binoni dastlabki me’moriy yorqin soddaligi tiklangan holda ta’mirlashni buyurdi, boshqa tomondan prezident faolligini kengaytirish va hududiy imkoniyatlar yaratish uchun yangi qo‘shimcha bino ham qurishga ko‘rsatma berdi. Shundan keyin oq uy aholining va butun dunyoning barcha qatlamlari uchun ochib qo‘yilgan, Vashington esa qudratli davlatning poytaxti roliga moslasha boshladi. O’z partiyasidagi himoyalanmagan ahvoli avvaliga uning zaif joyi bo‘lib turdi. T. Ruzveltning eng xavfli raqibi bo‘lgan Mark Xanni, T. Ruzveltning mulkdorlar sinfiga qarshi hujumlariga nishon bo‘lgan Nyu-Yorkdagi moliyaviy hukmron guruh tomonidan qo‘llab-quvvatlanardi.

Yüklə 195,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə