Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Birinchidan, 
investitsiyalar jami xarajatlaming asosiy qismi 
hisoblanadi. Investitsiyalardagi o‘zgarishlar jami talabga yetarlicha ta'sir
169
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko'rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining 
ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, 
investitsiyalar 
korxonaning 
asosiy 
fondlari 
jamg'arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish 
kuchlarini kengaytirishga sarf qilinganpul mablag‘lari boshlang‘ich bosqichda 
korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy 
o'sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, investitsiyalaming noratsional sarf qilinishi ishlab 
chiqarish resurslari, xarajatlar o'sishiga olib keladi, natijada yalpi milliy 
daromad qisqaradi. Misol uchun, tugallanmagan qurilishning ko'payishi, 
moddiy resurslar sarfi oshishi, toianadigan ish haqining ko‘payishi hamda 
ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Ular sarflanayotgan 
investitsiyalaming qiymati o‘sishiga hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir 
etadi.
Investitsiyalaming miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi 
omillarga bogiiq:
• investitsiya amalga oshirilayotgan loyihaga;
• mamlakatdagi va koixona faoliyatidagi iqtisodiy o'zgarishlarga;
• davlatning soliq siyosati va banklaming foiz stavkasiga;
• tashqi savdo bo‘yicha yuritilayotgan siyosatga;
• valyuta kursi o‘zgarishiga;
• mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.
Investitsiyalar qishloq xo‘jaligining har tomonlama rivojlanishiga 
ko'maklashadi, chunki ulaming evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi 
mustahkamlanadi. Ulardan to‘liq va samarali foydalanish natijasida jonli 
mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko'payadi, sifati 
yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada 
yaxshiroq qondirilishini ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summasi 
ko‘payadi. Natijada qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
asosida rivojlantirish imkoniyati paydo bo'ladi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalaming ijtimoiy va iqtisodiy 
samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.
8.2. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.
Qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud boigan 
ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi. 
Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ta'mirlash, qurish, 
innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar yig'indisidan tashkil topadi.
Barcha investitsiyalar quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, 
amalga oshiriladi:
170
www.ziyouz.com kutubxonasi


• 
korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan;
• 
chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali.
Korxonaning investitsiyalami shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z 
mablagiariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablagiar;
- amortizatsiya fondidagi m ablagiar;
- asosiy vositalami tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablagiar;
- asosiy vositalami ijaraga berishdan tushgan mablagiar;
- qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini 
sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan m ablagiar va 
boshqa shu kabilar.
Investitsiyalami shakilantirishda chetdan jalb qilinadigan mablagiarga 
quyidagilar kiradi:
- qishloq xo'jaligi uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablagiar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablagiar;
- qimmatli qog'ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy 
korxonalar hamda fuqarolaming bo‘sh turgan mablagiari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan m ablagiar va 
boshqalar.
Chetdan jalb qilingan m ablagiar orasida bank kreditlari alohida o‘rin 
tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat'i nazar, alohida 
korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda investitsiyalami amalga oshirishga 
imkon beradi. Bank kreditlari korxona o‘z mablag‘larining investitsiya uchun 
kerakli miqdorini yig‘masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi. 
Kreditlar investitsiya manbai sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi 
texnikani joriy qilishda ham ishlatiladi. Investitsiyalaming asosiy vazifasi -
tarmoq mahsulotini ko'paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish 
sur'atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir.
Yuqori rentabelli korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash 
maqsadida kapital qo'yilmalami amalga oshirishda ko‘proq imkoniyatga ega 
bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni 
boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: 
korxonada tashqi qarzlar mavjud bo‘Imaydi (olingan kreditlar bo‘yicha foiz, 
ijara haqi va hokazo), shuningdek, lcorxonani boshqarishda mustahlcam 
pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo‘jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag‘laming 
manbalaridan biri xo‘jalik a'zolarining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini 
jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o‘z 
ichida qisqa muddatli obligatsiyalami chiqarib, ulami a'zolariga ishonchli
171
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo‘lgan ishonchli 
dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo‘jalik a’zolari esa muomalaga 
berilgan mablag'larini ma'lum muddat o'tgandan so‘ng belgilangan foizi bilan 
qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Bu turdagi 
investitsiya 
imkoniyatlaridan qishloq xo'jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak.
Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy 
shaxslarning mablag‘laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan 
foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida 
ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha 
turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, 
intellektual mulkka doir huquqlar respublika hududida chet el investitsiyalari 
hisoblanadi. Ular 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘llar bilan 
amalga oshiriladi:
• respublika qishloq xo‘jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslaming 
Nizom jamg'armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
• tarmoqda chet ellik investorgarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo'jalik 
jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug'urta va boshqa korxonalarni barpo etish va 
rivojlantirish;
• mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlami, shu jumladan, 
0 ‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz 
mablag'larini sotib olish;
• intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma 
nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar 
kiritish va boshqalar.
Ulami chet davlatlar yoki bu davlatlaming quyidagi hududiy organlari 
amalga oshiradilar:
• davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan 
yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
• chet davlatlaming qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat 
ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;
• chet el fuqarolari bo‘ Imish j ismoniy shaxslar va boshqalar.
Hozirgi 
davrda 
mamlakat 
qishloq 
xo'jaligini 
boshqarishni 
takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa 
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikamizdagi 
bo'limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa 
davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalami joylashtirish, sarflash orqali 
muayyan darajada hissa qo‘shish ishlari bilan shug'ullanmoqda. Lekin ulaming 
investitsiyalari mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun 
bu masalaga, ya'ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda 
alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozining barcha rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan respublikamiz
172
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun kutilayotgan ijobiy ta'siri - investitsiyalar oqimining ko‘payishidir. 
Investorlar inqiroz kuchli ta'sir etayotgan mamlakatlardan o‘z sarmoyalarini 
bo'shatib, 
uni 
barqaror 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarga 
yo‘naltirishi 
kutilmoqda. Bundan foydalangan holda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga 
investitsiyalami keng jalb etishga erishish lozim.
Chet el investorlarining investitsiyalari 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida amalga 
oshiriladi.
Qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalami boshqa tarmoqlar 
bilan taqqoslaganda ulaming salmog‘i past darajani tashkil etadi. Prezidentimiz 
I.Karimov tomonidan 2009-yiIning “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” 
deb e’lon qilinishi va Davlat dasturining qabul qilinishi qishloq xo'jaligiga 
sarflanadigan investitsiya hajmining keskin oshishiga olib keladi. Bunda 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchilarning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar 
tashkil etish, sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish, qishloqlaming 
qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa 
shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi mablag‘lar sarflanmoqda va kelgusida 
ham bu jarayon davom etadi. Bu kabi tadbirlar qishloq xo‘jaligiga kiritiladigan 
investitsiyalar hajmining oshishiga olib keladi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə