Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

8.3. 
Investitsiyalardan 
foydalanish 
samaradorligini 
tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalami sarflashdan maqsad — tarmoqda 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo‘shimcha foyda olish va fuqarolarning 
yashash sharoitini yaxshilashdir. Ulaming darajasini loyihalar tuzishda hamda 
bu loyihalami amalga oshirishda aniqlash mumkin. 
Buning uchun 
investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik 
xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi.
Investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga baho berishda quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) investitsiyalaming mutlaq iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti. 
Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning 
o‘sgan summasini shu o‘sishni ta'minlagan investitsiya summasiga nisbati 
bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
n . 
YalMo' 
YaDo'
Si =
---------------- =
---------------
Is 
Is
Bunda: 
Si
- investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik 
koeffitsiyenti;
173
www.ziyouz.com kutubxonasi


YalMo' -
ma'lum bir davr ichida yalpi ichki mahsulotning o‘sgan 
summasi, so‘mda. Bunda qishloq xo'jaligida yalpi daromadning o'sgan 
summasi ham olinishi mumkin;
Is —
sarflangan investitsiya summasi.
Bu ko'rsatkich sarflangan 1 so'mlik investitsiya mablag‘i evaziga 
necha so'mlik yalpi ichki mahsulot yoki yalpi daromad olinganligini ifodalaydi. 
Uning mutlaq miqdori imkoni boricha yuqori bo'lishi maqsadga muvofiq. 
Shunda investitsiyalaming mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori 
bo'ladi. Kam bo‘lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo'lganligidan 
dalolat beradi, bunday holda investitsiyalami sarflash maqsadga muvofiq 
hisoblanmaydi.
Investitsiyalar aksariyat hollarda uzoq muddatga mo‘ljallangan 
xarajatlardir. Shuning uchun ulaming bir necha yillar davomidagi iqtisodiy 
samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda 
inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.
b) sarflangan investitsiyaning samaradorligi. Uni aniqlash uchun 
investitsiya sarflanishi natijasida sof foydaning o‘sgan summasini shu o‘sishni 
ta'minlagan investitsiya summasiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin:
O'TIS
Bunda: 
SFo ‘
- investitsiyani amalga oshirish natijasida sof foydaning 
o ‘sgan summasi;
O ‘TIS
- foydaning o‘sishini ta'minlagan investitsiya summasi.
Bu ko‘rsatkich yordamida sarflangan bir so‘mlik investitsiya necha 
so'mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning uchun bu 
ko‘rsatkichning mutlaq miqdori yuqori bo‘lgani maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda ayrim me'yoriy hujjatlarda investitsiyalar mutlaq 
iqtisodiy samaradorlik darajasi koeffitsiyentining me'yoriy miqdori 0,07 
darajasida belgilangan. Shunga binoan sarflanayotgan investitsiyalaming har 
bir so‘mi evaziga 7 tiyin foyda olinsa, bunday investitsiyalar iqtisodiy jihatdan 
samarali hisoblanadi. Undan kam bo‘lganda esa investitsiyalar samarali 
hisoblanmaydi. Shu bilan birgalikda qishloq xo'jaligida 
irrigatsiya- 
melioratsiya inshootlariga sarflanayotgan investitsiyalar 
mutlaq iqtisodiy 
samaradorlik koeffitsiyentining miqdori ulaming uzoq yillar davomida faoliyat 
ko'rsatishini e'tiborga olgan holda 0,05 darajasida belgilangan.
d) 
investitsiya sarflanishi natijasida xarajatlaming tejalishi. Qishloq 
xo‘jaligida sarflangan investitsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
orqali mahsulot yetishtirish uchun qilingan o‘rtacha xarajatlar (mahsulot 
tannarxi)ni kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatga baho 
berishda ularning iqtisodiy samaradorlik darajasi tejalgan mablag* qiymatini
174
www.ziyouz.com kutubxonasi


s a r f l a n g a n i n v e s t i t s i y a s u m m a s i g a t a q s i m l a b h a m a n i q l a n a d i . U q u y i d a g i
t e n g l i k y o r d a m i d a a n i q l a n i s h i m u m k i n :
T ^ '
Si-
Is
Bunda: Tj - investitsiya sarflanishidan oldingi tannarx summasi, ming
so‘mda;
T2 - investitsiya sarflanganidan keyingi tannarx summasi,
ming so‘mda.
Bu ko'rsatkichning ham mutlaq darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir.
e) investitsiyaning qoplanish muddati. 
Bu ko'rsatkich sarflangan 
investitsiya summasini olingan sof foydaning o‘sgan summasiga taqsimlash 
orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Is
I Q M -
— —
SFo’
Investitsiyalaming qoplanish muddati imkon qadar qisqa boTishi 
maqsadga muvofiqdir.
f) sarflangan investitsiyaning kelajakda keltiradigan foydasi. Bu 
ko'rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Fk=So(l+i/100)’
Bu yerda: Fk - investitsiyaning kelajakdagi foydasi;
S0 - boshlang'ich summa; 
i - inflyatsiya darajasi; 
t — investitsiya muddati.
g) agrar sohaga sarflangan investitsiyalaming samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan yana biri - agrar sohaga jalb qilingan 1 so‘mlik 
investitsiyaga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti ko‘rsatkichidir. 
Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yaratilgan 
yalpi mahsulot hajmi ushbu tarmoqda sarflangan jami investitsiya summasiga 
taqsimlanadi:

YMqx
l s ~ ’
Bunda: 
lym -
1 so‘mlik investitsiyaga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo jalik 
yalpi mahsuloti;
YMqx -
qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti;
Is -
tarmoqqa sarflangan investitsiya summasi.
Iqtisodchi 
olimlarimizdan 
G.N.Mahmudova 
“Agrar 
sohani 
investitsiyalash samaradorligini oshirish yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy 
izlanishlar olib borgan boTib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika 
qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining maTumotlari asosida
Iym -
175
www.ziyouz.com kutubxonasi


agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligining o‘zgarishini ham 
tahlil qilgan (8.1-jadval).
8.1-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə