Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


O‘zbekiston Respubiikasida agrar sohaga jalb qiiingan investitsiyalarning



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

O‘zbekiston Respubiikasida agrar sohaga jalb qiiingan investitsiyalarning
moliyalashtirish manbalariga ko‘ra tarkibi
Ko‘rsatkichlar
2005
2006
2007
2008
2009
2009-yilda
2005-yilga
nisbatan
o‘zgarishi
Markazlashgan
manbalar
28,1
27,4
15,6
22,7
31,5
+3,4 f.p.
Markazlashmagan
manbalar
71,9
72,6
84,4
77,3
68,5
-3,4 f.p.
2005-2008-yillarda agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar umumiy 
hajmida markazlashgan investitsiyalaming salmog'i pasayish tendensiyasiga 
ega bo‘ldi. Bu esa, mazkur davr mobaynida agrar sohaga byudjetdan 
ajratiladigan mablag'lar kamaygani holda, fermer va dehqon xo‘jaliklarining 
o‘z mablagiari va banklaming kreditlari salm ogi oshib borganligi bilan 
izohlanadi. Masalan, 2008-yilda bank kreditlarining agrar sohaga jalb qilingan 
investitsiyalaming umumiy hajmidagi salmogi 46,8 foizni tashkil qildi, bu 
banklaming tarmoqdagi investitsion faolligi kuchayganligini ifodalaydi.
2009-yilda markazlashgan manbalaming agrar sohaga jalb qilingan 
investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmog‘i 
2005-yilga nisbatan 3,4 foizli punktga oshgan. Ayniqsa, 2009-yil ushbu 
ko'rsatkich keskin oshgan. Bu mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar 
dasturini amalga oshirishda agrar sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab- 
quvvatlash tadbirlari amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Xususan, 2009-yil 
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nomlandi, ushbu yilga 
bag'ishlangan davlat dasturi qabul qilindi va shu dastur asosida ko‘plab 
mablag‘lar agrar sohaga yo‘naltirildi. Masalan, 2009-yilda yerlaming 
meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalami amalga oshirish uchun 
130 mlrd. so‘m mablag* yo‘naltirildi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat baho siyosati bilan fermerlar 
daromadi barqarorligini qoTlab-quvvatlaydi va shu orqali fermer xo'jaligining 
investitsiya jamg'armasini tashkil etuvchi daromadlaming minimal darajasini 
ta’minlashga harakat qilinadi. Ushbu mamlakatlar amaliyotida agrar sohadagi 
investitsiya faoliyatini boshqarishning ikkita zamonaviy modeli keng 
qoTlanilmoqda: Amerika va Yevropa modellari. Agrar sohadagi investitsiya
177
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyatini boshqarishning Amerika modeli AQSh va Kanada davlatlari uchun 
xos bo‘lib, ularda davlat byudjeti mablagiari hisobidan qishloq xo'jaligiga 
ajratiladigan assignatsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul toiovi koiinishida amalga 
oshiriladi. Bunda, ayniqsa, imtiyozli kreditlar, fermerlarga investitsiyalar uchun 
soliq imtiyozlari, kreditni qaytarish muddatlarini uzaytirish kabi usullardan 
samarali 
foydalaniladi. 
Soliq tizimidagi imtiyozlar qishloq xo'jaligi 
mahsulotlari hajmini oshirish, yerlaming mahsuldorligini oshiruvchi muhitni 
ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalaming iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha 
tarkibi 8.3-jadvalda keltirilgan.
8.3-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə