Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligiga investitsiyaiarni jalb etish ko‘lamini va samara-



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

8.4. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyaiarni jalb etish ko‘lamini va samara-
doriigini oshirish yo‘Ilari.
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish 
qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. 
Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalami moliyalashtirish 
mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Mamlakatimizdagi va chet ellik 
iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini 
oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalami 
moliyalashtirish va kreditlash mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari 
iqtisodchi 
olimlarimizdan 
AAvliyaqulov, 
A.Boymuratov, 
A.Vahabov, 
D.G‘ozibekov, S.Umarov, E.Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq 
qilingan. A.Vahobov ilmiy tadqiqotlariga asoslangan holda, agrar sohani 
investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quwatlanishi 
shart degan xulosaga kelgan. E.Shodmonov esa, qishloq xo‘jaligi korxonalari 
moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlami moliyalashtirish 
manbalaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sharoitida lizing 
asosida investitsiyalami moliyalashtirish amaliyotini kuchaytirish maqsadga 
muvofiqligini asoslab bergan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Yemelyanov 
agrar sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi 
asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning 
fikriga ko‘ra, qishloq xo'jalik mahsulotlari baholarining o‘sish sur’ati agrar 
soha ehtiyojlari uchun zamr bo'lgan resurslar baholarining o ‘sish sur’atidan 
sezilarli 
orqada qolayotganligi 
investitsiyalash uchun 
zarur bo‘lgan 
mablag‘lami jamg‘arish imkonini bermayapti.
179
www.ziyouz.com kutubxonasi


Respublikamizdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik qishloq xo‘jaligiga 
investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo 
etilgan. Ulaming mavjudligi so'nggi yillarda tarmoqqa ma'lum miqdorda 
investitsiyalar sarflanishini ta’minlamoqda.
So‘nggi 
yillarda 
respublika 
iqtisodiyotiga 
yo‘naltirilgan 
investitsiyalaming 3-4 foizi qishloq xo‘jaligiga sarflangan. Bu mavjud 
imkoniyatlarga nisbatan lcarn. Shuning uchun kelajakda bu investitsion holatni 
qishloq xo‘jaligi foydasiga o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday 
holatni xorijiy investitsiyalami jalb etish jarayonida ham kuzatish mumkin. 
Chet el investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish bo‘yicha ham holat talab 
darajasida emas. Bu boradagi ishlami jonlantirish va shu orqali qishloq joylarda 
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qayta ishlovchi korxonalar sonini 
ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali nafaqat tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi ortadi, balki qishloq aholisini ish bilan ta'minlashga ham 
erishiladi.
Investitsiyalami amalga oshirishda xo'jaliklaming o'zlari tomonidan 
sarflangan mablag'lar ham muhim ahamiyatga ega. Ulaming mablagiari 
hisobidan qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan investitsiyalaming 35-40 foizga 
yaqini shakllantirilmoqda. Bu bozor iqtisodiyoti talabiga mosdir. Xo‘jaliklar 
investitsiyalarni amalga oshirish uchun bank kreditlarini ham keng miqyosda 
jalb etmoqda.
Davlat byudjetidan ham qishloq xo‘jaligini investitsiyalashga 
mablag‘lar sarflanmoqda. Bunda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” 
davlat Dasturi, 2008-2012-yillarga moijallangan yerlaming meliorativ holatini 
yaxshilash dasturi va boshqa shu kabi dasturlar shaklida byudjetdan m ablagiar 
ajratilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat ahamiyatiga molik boigan 
yo'nalishlarni rivojlantirishda davlat byudjetidan ajratiladigan mablagiaming 
ahamiyati katta. Masalan, respublikamizdagi jami sug'oriladigan yerlaming 49 
foizga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Kelajakda yerlaming holatini 
yaxshilash uchun davlat byudjetidan investitsiyalar koiam ini kengaytirish 
maqsadga muvofiqdir. Sarflanadigan investitsiyalar natijasida yerlaming 
meliorativ holati yaxshilanib, suv bilan ta'minlanganlik darajasi yuksalmoqda, 
ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi, kimyolashtirilishi tufayli ekinlar 
hosildorligi oshmoqda. Natijada ekinlaming yalpi hosili ham ko‘paymoqda. Bu 
hol qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti miqdori hamda qiymati oshishini 
ta'minlamoqda. Bulaming hammasi qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan 
investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta'minlamoqda.
Kelajakda qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini talab 
darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, 
tajribalarini oshirish uchun investitsiyalar sarflashni izchil davom ettirish lozim.
180
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy 
byudjetlardan 
ajratilayotgan 
investitsion 
mablag‘lami 
o‘z 
vaqtida 
o‘zlashtirishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, koi-xonalar iqtisodiyotini 
yuksaltirish orqali ulaming faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko‘proq 
mablag' ajratilishini ta’minlashga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. 
Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlaming mablag'laridan ham oqilona 
foydalanishga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko'lamini 
kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Qishloq xo‘jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiyalar 
sarflanishini kelajakda ishonchli ta’minlash uchun investitsiyalami amalga 
oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko‘lamini kengaytirish talab 
etiladi. Ular respublikamiz yoki chet davlatlardan bo'lishi mumkin, ulami 
qishloq xo'jaligidagi investitsion jarayonga faolroq jalb etishga alohida e’tibor 
berish lozim.
Ma'lumki, jahon andozalariga javob beradigan va dunyo bozorlarida 
xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalami, birinchi 
navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalami jalb etish bo'yicha qulay shart- 
sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalami amalga 
oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar yetakchi o‘ringa ega. Zero, bunday erkin 
iqtisodiy zonalarni tashkil etish innovatsion faoliyatni qo‘ llab-quwatlash, ilg'or 
texnologiyalami joriy qilish, eksport faoliyatini kengaytirish uchun qulay 
infratuzilma yaratish, transport va telekommunikatsiya inftatuzilmasini jadal 
rivojlantirishda ham ayni muddaodir. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning 
aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, 
Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududiy-geografik va boshqa 
qulayliklardan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalami tashkil etishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina o‘tgan asr 90-yillarining o'rtalarida 
dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalaming har xil turlari faoliyat 
ko‘rsatgan. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan asosiy 
maqsad - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va 
chet el investitsiyasini, istiqbolli texnologiya hamda boshqamv tajribasini jalb 
etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va 
ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini 
tashkil etishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi 
“Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi 
Farmoniga asosan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. 
Mazkur Farmonda erkin industrial-iqtisodiy zonada xo‘jalik yurituvchilarga 
tatbiq qilinadigan alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi hududiga norezident fuqarolaming kirishi, hududda bo‘lishi va 
chiqib ketishining, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatining amalga
181
www.ziyouz.com kutubxonasi


oshirilishi uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi 
nazarda tutilgan. Ushbu erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish 
muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. 
Bundan tashqari, erkin industrial-iqtisodiy zonada ro'yxatdan o‘tgan xo'jalik 
yurituvchi subyektlar ularga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmiga 
qarab soliq bo'yicha va boshqa imtiyozlarga ega.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular 
faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin 
iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga 
solinadi. Ushbu qonunga 2009-yil 23-sentabrda ayrim o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur qonunning “Erkin iqtisodiy zonani tuzish” 
deb nomlangan 3-moddasida erkin iqtisodiy zona 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan tashkil etilishi, erkin iqtisodiy zonaning maqomi, 
shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur hujjat bilan 
belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning chegaralari 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning faoliyat 
ko'rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida 3 yil 
oldin 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshirilishi 
ko'rsatib o‘tilgan. 4-moddaga binoan esa, erkin iqtisodiy zonaning maqomi uni 
tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganda hamda unda 
nazarda tutilgan maqsad va vazifalar bajarilmaganda tugatilishi belgilangan. 
Ushbu 
qonunning 
6-moddasiga 
muvofiq, 
erkin 
iqtisodiy 
zonalar 
mamlakatimizda erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin 
ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuziladi. Qonunning 7-moddasiga 
ko‘ra, erkin ishlab chiqarish zonalari - tadbirkorlikni rag'batlantirish, 
iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli 
texnologiyalami jalb etish maqsadida xo'jalik-moliyaviy faoliyatning alohida 
tartiboti joriy etiladigan hududlar bo‘lib, u o‘z ichiga eksportga moijallangan 
ishlab chiqarish zonalarini, agropolislami, tadbirkorlik zonalarini va boshqa 
erkin zonalami qamrab oladi. Albatta, erkin ishlab chiqarish zonalarida 
iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali 
istiqbolli texnologiyalar joriy etiladi, pirovardida mahalliy xomashyolar asosida 
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. Erkin iqtisodiy zonaning mazkur turi 
bugungi kunda Osiyoning 20 ga yaqin davlatida, Lotin Amerikasidagi aksariyat 
davlatlarda, shuningdek, Vengriya, Ruminiya, Buyuk Britaniya va AQShda 
uchraydi.
Mazkur Farmonga asosan erkin iqtisodiy zona mamlakatimizda ilk 
marotaba industrial-iqtisodiy zona ko‘rinishida tashkil etildi. Eng muhimi, 
uning hududidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi 
- zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik 
liniyalar hamda modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga
182
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlami keng 
ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilangan. Shu boisdan qonunning 
7-moddasida erkin industrial-iqtisodiy zona ham erkin ishlab chiqarish zonalar 
turlaridan biri sifatida nazarda tutildi. Qonunning “Erkin iqtisodiy zonaning 
boshqamv organlari” deb nomlanadigan 20-moddasida bu hudud faoliyati erkin 
iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi tomonidan muvofiqlashtirilishi hamda 
zona direksiyasi erkin iqtisodiy hududning operativ boshqamv organi ekanligi 
ko'rsatib o'tilgan. “Erkin iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi” nomli 21- 
moddasida esa ma’muriy kengash 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tuzilishi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. 
Ma'muriy kengashning vakolatlari qatoriga erkin iqtisodiy zonada joylashtirish 
uchun investorlar tanlovini amalga oshirish ham kiritilgan.
Investitsiyalami 
amalga 
oshirishda 
banklarning 
ko‘lamini 
kengaytirishga erishish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun zarur barcha 
huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu bilan birga qishloq 
xo'jaligi korxonalari tomonidan tuziladigan turli birlashmalar, jumladan 
agrofirmalar, 
kredit 
uyushmalari 
va 
boshqa 
shu 
kabilaming 
ham 
imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, bir nechta 
fermer xo‘jaliklari birikib agrofirma tashkil etishi ulaming investitsion 
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini investitsiyalash jarayoniga turli 
xildagi banklaming, investitsiya, lizing va sug‘urta kompaniyalarining, ishlab 
chiqarish konsemlarining, savdo va boshqa korxona hamda tashkilotlaming 
mablag'larini jalb etish lozim. Buning uchun ularga davlat hamda qishloq 
xo‘jaligi tomonidan ma’lum darajada iqtisodiy imtiyozlar yaratilishi zarur. 
Shundagina ular o‘z mablag‘larini qishloq xo‘jaligigayo‘naltirishi mumkin.
Qishloq xo'jaligiga xorijiy investitsiyalami jalb qilishda quyidagilarga 
e’tibor berish lozim:
- qishloq hududlarida investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish - avtomobil 
va temir yo'llari, uzluksiz elektr, gaz va suv ta'minoti, sifatli aloqa xizmati, 
banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa shu kabilar faoliyatini rivojlantirish 
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ulaming ishtirokini samarali 
yo‘lga qo'yish;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalari, 
shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasini shakllantirish va 
huquqiy bilimlarini oshirish - hududlarda konsalting, marketing va yuridik 
xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish;
- qishloq xo‘jaligida investitsiya takliflari va loyihalarining texnik-iqtisodiy 
asoslarini sifatli ishlab chiqishga e'tibor berish - tadbirkorlarga investitsiya 
loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat
183
www.ziyouz.com kutubxonasi


palatasi va boshqalar tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishini mahalliy 
hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish;
- xorijiy investorlami mamlakatimiz qishloq xo'jaligi to‘g‘risida 
batafsil ma'lumotlar bilan ta'minlashni tashkil etish - xorijiy investorlami 
to‘laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, 
turli bukletlar, hududiy matbuot nashrlari, xomashyo va mehnat salohiyati 
to‘g‘risidagi hamda yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma'lumotlar) bilan 
ta'minlash, 
maxsus veb-portal tashkil etish, shuningdek, investitsiya 
faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va respublika hududida hamda 
xorijiy mamlakatlarda taqdimotlar o‘tkazish.
Barcha manbalardan shakllanayotgan investitsiya mablag‘larini 
qishloq xo‘jaligida quyidagilarga sarflash maqsadga muvofiqdir:
■ 
foydalanilayotgan yerlaming unumdorligi yuksalishini ta’minlaydigan 
tadbirlar majmuasini bajarishga;
» 
yangi yerlami kompleks o‘zlashtirishga;
» 
tarmoqda fan va samarali texnologiyalami rivojlantirishga;
■ 
irrigatsiya, melioratsiya inshootlarini qurishga, mavjudlarining ishga 
yaroqliligini ta'minlash maqsadida ta’mirlashga;
» 
sug‘orishning zamonaviy, tejamkor usullarini joriy etishga;
» 
yangi, samarali traktorlami, mashinalami, kombaynlami sotib olish va 
mavjudlarini ta'mirlashga;
■ 
ishlab 
chiqarish 
bino-inshootlarini 
qurishga, 
mavjudlarini
ta'mirlashga;
» 
ko‘p yillik daraxtzorlar, bog‘zor, tokzorlar yaratishga;
■ 
mahsuldor chorva hayvonlarini talab darajasida ko'paytirishga;
» 
tarmoqni barcha ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash, ishlab 
chiqarishni 
kompleks mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirishni hamda 
elektrlashtirishni ta’minlashga;
■ 
mehnat resurslarining bilimini, malakasini yuksaltirishga;
■ 
ijtimoiy sohalami rivojlantirish va boshqa shu kabilarga.
Barcha yo'nalishlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan 
investitsiyalaming maqsadga muvofiq yo‘naltirilishi ta'minlanishi kerak. 
Shunda yalpi investitsiyalar sof investitsiyaga aylanadi. Ya'ni foydalanish 
mumkin boigan ishlab chiqarish resurslari ko‘payadi. Ulardan oqilona, 
samarali foydalanish natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va 
sof daromadi ortadi. Bu investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi yuksahshini 
ta’minlaydi.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qisqacha xulosalar
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish fondlari uchun sarflangan 
mablag‘lar investitsiya deyiladi. Ma’lum belgilariga qarab investitsiyalar 
turlarga ajratiladi.
Qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida 
ta'minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda.
Investitsiyalar 
tufayli 
tarmoqda 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg‘or 
texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalaming o‘z mablagiari 
hamda chetdan jalb etilayotgan m ablagiar evaziga amalga oshirilmoqda. 
Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan m ablagiar summasi 
ortib bormoqda.
Investitsiyalardan 
foydalanishning 
mutlaq 
hamda qiyosiy
samaradorligini tarmoq, korxona va yo'nalishlar bo'yicha aniqlash maqsadida 
muayyan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo‘jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy 
samaradorligi mavjud imkoniyatlar darajasida emas. Kelajakda investitsiyalarni 
talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini 
oshirish 
uchun 
investitsiyalar 
manbalarini 
kengaytirishga 
erishish,
investitsiyalar jalb etishda zarur infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy 
investitsiyalami keng jalb etish, investitsiyalardan maqsadga muvofiq, samarali 
foydalanishga erishish kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Investitsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Investitsiyaning kapital qo‘yilmadan qanday farqi bor?
3. Yalpi va sof investitsiya nima? Ular bir-biridan qaysi jihatlariga ko‘ra 
farqlanadi?
4. Investitsiyalar qanday turkumlashtiriladi?
5. Investitsiyalaming qanday manbalari mavjud?
6. Investitsiyalar qanday maqsadlarga sarflanadi?
7. Investitsiyalaming tarmoq va xo'jalik miqyosidagi mutlaq iqtisodiy 
samaradorligi qanday ko'rsatkichlaryordamida aniqlanadi?
8. Investitsiyalami joriy etishda erkin iqtisodiy zonalaming qanday ahamiyati 
bor?
9. Investitsion muhit nima?
10. Investitsiyalami qanday maqsadlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiq?
11. Qishloq xo'jaligiga investitsiyalami jalb etishning qanday yo'nalishlari 
mavjud?
185
www.ziyouz.com kutubxonasi


12. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalarni yanada 
kengroq jalb etish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə