Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Td =
SM
YJM
xl
00
Bunda: 
T d —
mahsulotning tovarlilik darajasi, foizda; 
S M —
sotilgan mahsulot miqdori, tonna;
Y JM -
yetishtirilgan jami mahsulot miqdori, tonna.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi turlicha bo'lishi 
mumkin. Ayrim texnika ekinlarini qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zida 
qayta ishlash yo‘lga qo'yilmaganligi sababli ulaming tovarlilik darajasi 100 
foizga teng bo‘ladi. Masalan, paxta xomashyosi, kanop va boshqalar. Ayrim 
mahsulotlar esa faqat ichki talablami qondirish maqsadida yetishtirilishi 
mumkin. Bunday hollarda ulaming tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan
chorva mollari uchun ozuqa sifatida yetishtirilgan yem-xashak va boshqalar.
Yalpi va tovar mahsulotlaming mamlakat, tarmoqlar hamda 
korxonalar iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi 
mahsulot hajmi, qiymati o‘sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 
ham o‘sishi ta'minlanadi. Korxonalar yalpi va tovar mahsulotining ko‘payishi 
ulaming iqtisodiyoti yuksalishini ta'minlaydi. Xo‘jalik yalpi mahsulotining, 
natural holdagi miqdori ko‘payishi tayyor mahsulot miqdori oshishiga sabab 
bo‘lib, ichki va tashqi talab to‘liqroq qondirilishiga imkoniyat yaratadi. 
Natijada 
sotiladigan mahsulot miqdori 
ortadi. 
Uni 
sotish 
evaziga 
korxonalarning pul daromadlari ko'payadi. Bu qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishining kengaytirilgan holda rivojlanishini, ishchi-xizmatchilaming esa
190
www.ziyouz.com kutubxonasi


moddiy rag'batlantirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham respublika 
hukumati qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdorini oshirishga, ulaming sifatini 
yaxshilab, raqobatbardorligini yuksaltirishga katta e'tibor bermoqda. Chunki 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chet davlatlarga sotish natijasida mamlakatning 
valyuta tushumi ortib bormoqda. Ulaming evaziga qishloq xo‘jaligi uchun 
zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalari, yangi texnikalar, ilg'or texnologiyalar 
sotib olinmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalar, samarali texnologiyaiar kiritilib
uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Tarmoqdagi ishchi- 
xizmatchilaming 
bilimlari, 
malakalari, 
tadbirkorlik 
qobiliyatlari 
yuksaltirilmoqda. Natijada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligining yalpi 
mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.
2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti 
yetishtirish 2007-yilga nisbatan 4,5 foizga, 2009-yilda esa qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2008-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
Mamalakatimiz viloyatlarining yalpi hududiy mahsulotida qishloq 
xo'jaligi tarmog‘ining salmog‘ida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda (9.1- 
jadval).
9.1-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə